Soliq huquqi
Soliq solish obyektlari va soliq solish bilan bog‘liq obyektlarning hisobini yuritish
Download 409.63 Kb.
|
Солиқ ҳуқуқидан модул-Akayeva M.
2. Soliq solish obyektlari va soliq solish bilan bog‘liq obyektlarning hisobini yuritish.
Soliq va boshqa majburiy to‘lovning har bir turi bo‘yicha soliq solish obyekti hamda soliq solish bilan bog‘liq obyektlar soliq qonunchiligiga muvofiq belgilanadi. Soliq to‘lovchi tomonidan hisob hujjatlari yo‘qotilgan yoki yo‘q qilingan taqdirda davlat soliq xizmati organlari budjetga va davlat maqsadli jamg‘armalariga to‘lanishi kerak bo‘lgan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar summasini soliq to‘lovchi to‘g‘risida, shuningdek shunga o‘xshash boshqa soliq to‘lovchilar to‘g‘risida o‘zlarida mavjud bo‘lgan ma’lumotlar asosida O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilanadigan tartibda hisob-kitob qilish orqali aniqlashi mumkin. Soliq kodeksida soliq solishning turli tartibi nazarda tutilgan faoliyat turlarini amalga oshirayotgan soliq to‘lovchilar soliq solish obyektlari va soliq solish bilan bog‘liq obyektlarning alohida-alohida hisobini yuritishlari shart. Soliq solish obyektlari va soliq solish bilan bog‘liq obyektlarning alohida-alohida hisobi soliq to‘lovchilar tomonidan buxgalteriya hisobi ma’lumotlari asosida yuritiladi. Faoliyatning muayyan turiga taalluqli barcha daromadlar va xarajatlar tegishli hisob hujjatlari bilan tasdiqlanishi kerak. Soliq solish obyektlari va soliq solish bilan bog‘liq obyektlarning alohida-alohida hisobi mutanosib usul yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri hisobga olish usuli orqali yuritilishi mumkin. Soliq solish obyektlari va soliq solish bilan bog‘liq obyektlarning alohida-alohida hisobini yuritish usuli yuridik shaxsning butun kalendar yilga mo‘ljallangan hisob siyosati bilan belgilanadi hamda yil mobaynida o‘zgartirilishi mumkin emas. Hisobga olishning mutanosib usulida daromadlar, xarajatlar va soliq solishning boshqa obyektlari yoki soliq solish bilan bog‘liq obyektlar realizatsiya qilishdan olingan sof tushumning umumiy summasidagi faoliyatning muayyan turlari bo‘yicha realizatsiya qilishdan olingan sof tushum ulushiga mutanosib tarzda shu muayyan faoliyat turiga kiritiladi. To‘g‘ridan-to‘g‘ri hisobga olish usuli qo‘llanilganda daromadlar, xarajatlar va soliq solishning boshqa obyektlari yoki soliq solish bilan bog‘liq obyektlar faoliyatning qaysi turi amalga oshirilishi bilan bog‘liq bo‘lsa, shu turga kiritiladi. Bunda faoliyatning biron turiga kiritish mumkin bo‘lmagan daromadlar, xarajatlar va soliq solishning boshqa obyektlari yoki soliq solish bilan bog‘liq obyektlar hisobga olishning mutanosib usuli orqali faoliyatning muayyan turiga kiritiladi. Download 409.63 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling