Soliq kodeksi haqida ma’lumot. O’zbekiston Respublikasi yangi Soliq kodeksi
Download 190.5 Kb.
|
soliq
- Bu sahifa navigatsiya:
- Soliq stavkasi
Naflilik tamoyili — turli shaxslardan, ularning soliqlar hisobiga moliyalashtiriladigan dasturlardan foydalanishi darajasiga qarab turlicha soliq undirilishi kerakligini bildiradi.
Toʻlovga layoqatlilik tamoyili — soliq miqdori soliq toʻlovchining boyligi va daromadlari darajasiga mos kelishi zarur. Boshqacha aytganda, soliq solish daromadlarning adolatli taqsimlanishini taqozo qilishi zarur. Adolatlilik tamoyili — daromadlari va hukumat dasturlaridan foydalanish darajasi boʻyicha teng boʻlgan kishilar teng miqdorda soliq toʻlashi zarur. Soliq boʻyicha imtiyozlar qonunchilik bitimlarida belgilangan tartib va sharoitlar asosida oʻrnatiladi. Amaliyotda soliq imtiyozlarining quyidagi turlari keng tarqalgan: — obʼektlarning soliq olinmaydigan eng kam darajasini belgilash; — soliq toʻlashdan alohida shaxs yoki maʼlum guruhlarni (masalan, urush fahriylarini) ozod qilish; — soliq darajasi stavkasini pasaytirish; — soliq olinadigan summadan chegirish; — soliqli kredit (soliq olishni kechiktirish yoki soliq summasini maʼlum miqdorga kamaytirish).va uni hizmat qiladi Soliq stavkasi — soliq obyektining muayyan birligiga nisbatan undiriladigan soliq miqdori; pul summasi hisobida undiriladi. Masalan, ish haqi yoki foydaning pulda hisoblangan miqdori, yerning ga hisobidagi sathiga nisbatan hisoblangan soliq. Soliq stavkasi qonun yoʻli bilan turli usulda belgilanadi: qatʼiy yoki proporsional belgilangan stavkalar — soliq obyekti miqdoriga nisbatan oʻzgarmaydigan bir xil ulushda undiriladi. Masalan, Oʻzbekistonda korxonalar molmulkidan undiriladigan soliq 4% qilib belgilangan, ushbu Soliq stavkasi obyekt qiymati (molmulk qiymati)ning maʼlum ulushiga teng (4%) boʻladi; progressiv soliq stavkasi — soliq obyekti miqdoriga qarab ortib boruvchi stavkalar. Oʻzbekistonda soliq qonunchiligiga koʻra eng kam ish haqining 5 barobariga teng qismiga 13%, undan 10 marta oshgan qismiga 21% Soliq stavkasi belgilangan va daromad miqdorining ortib borishi bilan Soliq stavkasi ham oshib boradi (2004, 1 yanvar). Regressiv soliq stavkasi — daromadlarning oʻsishi bilan stavkalar miqdori kamayib boradi. Jahon mamlakatlari amaliyotida kamdankam, asosan, qazib oluvchi tarmoklarda qoʻllanadi. Nolli soliq stavkasi — eksportga moʻljallangan tovarlar i.ch.ni ragʻbatlantirishda qoʻllaniladi. Masalan, toʻlangan qoʻshilgan qiymat soligʻi summasi boshqa tovarlar tushumi boʻyicha olinadigan qoʻshilgan qiymat soligʻi summasidan chegirib kamaytiriladi. Bunday Soliq stavkasini qoʻllash iqtisodiyotning rivojlanishiga ijobiy taʼsir etadi. Download 190.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling