Soliq kodeksi haqida ma’lumot. O’zbekiston Respublikasi yangi Soliq kodeksi


Jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘i


Download 190.5 Kb.
bet14/16
Sana20.10.2023
Hajmi190.5 Kb.
#1711987
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
soliq

Jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘i
Turar joy fondi obyektlariga, shuningdek, ko‘p kvartirali uylarga uzviy bog‘liq bo‘lgan avtomashina turar joylariga 2021-yilda amal qilgan soliq stavkalari 1,1 baravarga indeksatsiya qilinmoqda.
Bunga jismoniy shaxslar uchun ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organlar tomonidan 2018-yilda belgilangan soliq solish obyektlarining (soliq bazasining) kadastr qiymatining miqdori saqlab qolinganligi sabab bo‘lmoqda.
2022-yilda jismoniy shaxslar uchun 2018-yilda belgilangan kadastr qiymatidan kelib chiqqan holda hisoblangan soliq miqdori, 2021-yil uchun hisoblangan soliq miqdoridan 1,3 baravardan ortiq bo‘lishi mumkin emas.
Tadbirkorlik faoliyati uchun yoxud yuridik shaxsga yoki yakka tartibdagi tadbirkorga ijaraga berishda foydalaniladigan soliq solish obyektlari, shuningdek, tadbirkorlik faoliyati va daromad olish uchun mo‘ljallangan, yashash uchun mo‘ljallanmagan ko‘chmas mulk obyektlarini soliqqa tortish tartibi ushbu obyektlarga yuridik shaxslar uchun belgilangan mol-mulk solig‘ini qo‘llagan holda (1,5 foiz) saqlanib qolinmoqda.
Qonun hujjatlari bilan yuridik shaxslar uchun nazarda tutilgan oshirilgan soliq stavkalarini o‘rnatish yo‘li bilan ta’sir choralari ko‘rilishi mumkin bo‘lgan obyektlarni soliqqa tortish tartibi saqlab qolinmoqda.
Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘idan ozod etish nazarda tutilmoqda.
Ushbu imtiyoz yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar uchun ular yigirma uch yoshga to‘lgunga qadar davlat tomonidan ajratilgan turar joy xonalariga tatbiq etiladi.
Yer solig‘i bo‘yicha
Yuridik va jismoniy shaxslardan yer solig‘ini hisoblash va to‘lash tartibi, shuningdek, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar uchun qishloq xo‘jaligi yerlarining normativ qiymatiga nisbatan 0,95 foiz miqdorida belgilangan soliq stavkasi saqlab qolinmoqda.
Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlar uchun 2021-yilda amalda bo‘lgan yer solig‘ining bazaviy stavkalari o‘rtacha 1,07 baravarga indeksatsiya qilinmoqda.
Bunda soliq stavkalarining aniq miqdorini mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan bazaviy stavkalar asosida tumanning iqtisodiy rivojlanishi va nufuzidan kelib chiqib oshiruvchi va kamaytiruvchi koeffitsiyentlarni qo‘llagan holda aniqlash tartibi saqlab qolinmoqda.
Soliq yukining keskin oshishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida 2022-yilda jismoniy shaxslar (tadbirkorlik faoliyatida foydalaniladigan yer uchastkalaridan tashqari) uchun hisoblangan soliq summasi 2021-yilda hisoblangan soliq summasining 1,3 baravaridan oshmasligi lozimligi belgilandi.

Download 190.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling