Soliq kodeksi haqida ma’lumot. O’zbekiston Respublikasi yangi Soliq kodeksi


Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i


Download 190.5 Kb.
bet13/16
Sana20.10.2023
Hajmi190.5 Kb.
#1711987
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
soliq

Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i
Soliq to‘lovchilar safi, soliq stavkalari, soliqni hisoblab chiqarish tartibi, shuningdek shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisob varaqlariga 0,1 foiz ajratmalar va soliq hisobotini taqdim etish muddati saqlab qolinmoqda.
Soliqqa tortilmaydigan daromadlar tarkibi quyidagilar hisobiga kengaytirilmoqda:

  • yosh oila bo‘lgan er-xotinning olgan ipoteka kreditlarini hamda ular bo‘yicha hisoblangan foizlarni to‘lashga yo‘naltirilgan ish haqiga va boshqa daromadlar;

  • soliq to‘lovchining professional va oliy ta’lim tashkilotlarida o‘qish uchun tijorat banklari tomonidan ajratilgan ta’lim kreditlariga (foizlari bilan) qoplashga yo‘naltirilgan ish haqi summalari va boshqa daromadlari;

  • soliq to‘lovchining uy-joylarni talabalarga ijaraga berishdan olingan daromadlari;

  • soliq to‘lovchining soliq davri davomida bazaviy hisoblash miqdorining 8-baravarigacha bo‘lgan miqdordagi xalqaro tashkilotlarga a’zolik badallari hamda qayta tayyorlash va malaka oshirish uchun nodavlat ta’lim tashkilotlariga yo‘naltirgan ish haqi summalari va boshqa daromadlari.

Ijtimoiy soliq
Soliq to‘lovchilar ro‘yxati, soliq stavkalari, soliqni hisoblab chiqarish tartibi hamda soliq hisobotlarini taqdim etish muddatlari saqlab qolinmoqda.
“Hunarmand” uyushmasi a’zosi bo‘lgan hunarmandchilik faoliyati subyektlari ijtimoiy soliqni har oyda to‘lashdan bir yilda bir marotaba bazaviy hisoblash miqdorining bir barobaridan kam bo‘lmagan miqdorda majburiy to‘lovlarni to‘lashga o‘tkazilmoqda.
2022-yil 1-yanvardan 2023-yil 1-yanvarga qadar respublika tumanlarida (Toshkent shahri bundan mustasno) faoliyat yurituvchi yakka tartibdagi tadbirkorlik subyektlari uchun belgilangan ijtimoiy soliq stavkasi bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi miqdorida belgilanmoqda.
Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq bo‘yicha
Soliq to‘lovchilar ro‘yxati, shuningdek, yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni hisoblash va to‘lash tartibi saqlanib qolinmoqda.
Mol-mulk solig‘ini hisoblab chiqarishda bino va inshootlar bo‘yicha soliq bazasi (liniyali obyektlar va tugallanmagan qurilish obyektlari bundan mustasno) bu obyektlarga 1 kvadrat metr uchun mutlaq miqdorda belgilangan minimal qiymatdan past bo‘lishi mumkin emasligi bo‘yicha quyidagi miqdordagi tartib kiritilmoqda:

  • Toshkent shahrida – 2 500 000 so‘m;

  • Nukus shahrida va viloyat markazlarida – 1 500 000 so‘m;

  • boshqa shaharlarda va qishloq joylarda – 1 000 000 so‘m.

Bunda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi va xalq deputatlari viloyatlar Kengashlari belgilangan minimal qiymatga, tumanlarning iqtisodiy rivojlanishiga qarab 0,5 gacha bo‘lgan kamaytiruvchi koeffitsiyent kiritishi mumkin.
Agar obyektning 1 kvadrat metri qiymati belgilangan minimal qiymatdan past bo‘lsa, soliq to‘lovchi ko‘chmas mulk obyektlari qiymatini mustaqil baholashni amalga oshirish uchun baholovchilarni jalb etishga haqli. Bunda mustaqil baholash natijalari soliq bazasi sifatida e’tirof etiladi.
Agar baholash natijalari qiymati 1 kvadrat metr uchun belgilangan minimal qiymatdan ko‘p bo‘lib chiqsa, ushbu holda soliq to‘lovchilar soliqni hisoblab chiqish maqsadida, 1 kvadrat metr uchun belgilangan minimal qiymatni qo‘llash huquqiga ega.

Download 190.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling