Soliq nazorati


-modda. Soliq monitoringini muddatidan oldin tugatish


Download 216.09 Kb.
bet35/39
Sana18.06.2023
Hajmi216.09 Kb.
#1557893
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   39
Bog'liq
beknazar 1111111

172-modda. Soliq monitoringini muddatidan oldin tugatish Soliq monitoringi quyidagi hollarda muddatidan oldin tugatiladi: 1) axborotga doir hamkorlik reglamenti yuridik shaxs tomonidan ijro etilmaganda, agar bunday ijro etmaslik soliq monitoringini o‘tkazish uchun to‘siq bo‘lgan bo‘lsa; 2) soliq organi tomonidan soliq monitoringini o‘tkazish chog‘ida yuridik shaxs tomonidan ishonchli bo‘lmagan axborot taqdim etilganligi fakti aniqlanganda; 3) soliq monitoringini o‘tkazish jarayonida ushbu Kodeksning 173-moddasida nazarda tutilgan tartibda hujjatlar (axborot), tushuntirishlar soliq organiga muntazam ravishda (ikki marta va undan ortiq) taqdim etilmaganda. Soliq organi ushbu moddaning 1-bandida nazarda tutilgan holatlar aniqlangan kundan e’tiboran o‘n kun ichida, lekin soliq monitoringi o‘tkazilayotgan davrdan keyingi yilning 1-iyunidan kechiktirmay yuridik shaxsni soliq monitoringini muddatidan oldin tugatish to‘g‘risida yozma shaklda xabardor qiladi. 173-modda. Soliq monitoringini o‘tkazish tartibi Soliq monitoringi soliq organining vakolatli mansabdor shaxslari tomonidan o‘z xizmat majburiyatlariga muvofiq soliq organi joylashgan yer bo‘yicha o‘tkaziladi. Agar soliq monitoringini o‘tkazish chog‘ida taqdim etilgan hujjatlardagi ma’lumotlar o‘rtasida ziddiyatlar yoki yuridik shaxs tomonidan taqdim etilgan hamda soliq organida mavjud bo‘lgan ma’lumotlar o‘rtasida nomuvofiqliklar aniqlansa, soliq organi bu haqda zarur tushuntirishlar berish yoki tegishli tuzatishlar kiritish talabi bilan yuridik shaxsga xabar qiladi. Bunday tushuntirishlar yuridik shaxs tomonidan talabnoma olingan kundan e’tiboran besh kun ichida taqdim etiladi, tuzatishlar esa o‘n kun davomida kiritiladi. Agar taqdim etilgan tushuntirishlar ko‘rib chiqilganidan keyin yoki ular mavjud bo‘lmagan taqdirda soliq organi soliqlar yoki yig‘imlar noto‘g‘ri hisoblab chiqarilganligi (ushlab qolinganligi), to‘liq yoki o‘z vaqtida to‘lanmaganligi (o‘tkazilmaganligi) to‘g‘risida dalolat beruvchi faktni aniqlasa, soliq organi ushbu Kodeksning 174-moddasida nazarda tutilgan tartibda asoslantirilgan fikrini tuzishi shart. Soliq monitoringi o‘tkazilayotganda soliq organi soliqlar va yig‘imlar to‘g‘ri hisoblab chiqarilganligi (ushlab qolinganligi), to‘liq va o‘z vaqtida to‘langanligi (o‘tkazilganligi) bilan bog‘liq bo‘lgan zarur hujjatlarni (axborotni), tushuntirishlarni yuridik shaxsdan talab qilib olishga haqlidir. Talab qilinadigan hujjatlar (axborot) va tushuntirishlar soliq organiga shaxsan yoki vakil orqali taqdim etilishi, pochta orqali buyurtma xat bilan yuborilishi, telekommunikatsiya aloqa kanallari orqali, soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti orqali elektron shaklda topshirilishi yoki axborotga doir hamkorlik reglamentida nazarda tutilgan tartibda berilishi mumkin.

  • 172-modda. Soliq monitoringini muddatidan oldin tugatish Soliq monitoringi quyidagi hollarda muddatidan oldin tugatiladi: 1) axborotga doir hamkorlik reglamenti yuridik shaxs tomonidan ijro etilmaganda, agar bunday ijro etmaslik soliq monitoringini o‘tkazish uchun to‘siq bo‘lgan bo‘lsa; 2) soliq organi tomonidan soliq monitoringini o‘tkazish chog‘ida yuridik shaxs tomonidan ishonchli bo‘lmagan axborot taqdim etilganligi fakti aniqlanganda; 3) soliq monitoringini o‘tkazish jarayonida ushbu Kodeksning 173-moddasida nazarda tutilgan tartibda hujjatlar (axborot), tushuntirishlar soliq organiga muntazam ravishda (ikki marta va undan ortiq) taqdim etilmaganda. Soliq organi ushbu moddaning 1-bandida nazarda tutilgan holatlar aniqlangan kundan e’tiboran o‘n kun ichida, lekin soliq monitoringi o‘tkazilayotgan davrdan keyingi yilning 1-iyunidan kechiktirmay yuridik shaxsni soliq monitoringini muddatidan oldin tugatish to‘g‘risida yozma shaklda xabardor qiladi. 173-modda. Soliq monitoringini o‘tkazish tartibi Soliq monitoringi soliq organining vakolatli mansabdor shaxslari tomonidan o‘z xizmat majburiyatlariga muvofiq soliq organi joylashgan yer bo‘yicha o‘tkaziladi. Agar soliq monitoringini o‘tkazish chog‘ida taqdim etilgan hujjatlardagi ma’lumotlar o‘rtasida ziddiyatlar yoki yuridik shaxs tomonidan taqdim etilgan hamda soliq organida mavjud bo‘lgan ma’lumotlar o‘rtasida nomuvofiqliklar aniqlansa, soliq organi bu haqda zarur tushuntirishlar berish yoki tegishli tuzatishlar kiritish talabi bilan yuridik shaxsga xabar qiladi. Bunday tushuntirishlar yuridik shaxs tomonidan talabnoma olingan kundan e’tiboran besh kun ichida taqdim etiladi, tuzatishlar esa o‘n kun davomida kiritiladi. Agar taqdim etilgan tushuntirishlar ko‘rib chiqilganidan keyin yoki ular mavjud bo‘lmagan taqdirda soliq organi soliqlar yoki yig‘imlar noto‘g‘ri hisoblab chiqarilganligi (ushlab qolinganligi), to‘liq yoki o‘z vaqtida to‘lanmaganligi (o‘tkazilmaganligi) to‘g‘risida dalolat beruvchi faktni aniqlasa, soliq organi ushbu Kodeksning 174-moddasida nazarda tutilgan tartibda asoslantirilgan fikrini tuzishi shart. Soliq monitoringi o‘tkazilayotganda soliq organi soliqlar va yig‘imlar to‘g‘ri hisoblab chiqarilganligi (ushlab qolinganligi), to‘liq va o‘z vaqtida to‘langanligi (o‘tkazilganligi) bilan bog‘liq bo‘lgan zarur hujjatlarni (axborotni), tushuntirishlarni yuridik shaxsdan talab qilib olishga haqlidir. Talab qilinadigan hujjatlar (axborot) va tushuntirishlar soliq organiga shaxsan yoki vakil orqali taqdim etilishi, pochta orqali buyurtma xat bilan yuborilishi, telekommunikatsiya aloqa kanallari orqali, soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti orqali elektron shaklda topshirilishi yoki axborotga doir hamkorlik reglamentida nazarda tutilgan tartibda berilishi mumkin.

Download 216.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling