Soliq siyosatining makraiqtisodiy samarasi. Soliq yuki, uni aniqlash tartibi


Soliqlarni yalpi talab va yalpi taklifga ta’siri


Download 33.48 Kb.
bet4/6
Sana13.05.2023
Hajmi33.48 Kb.
#1456354
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Mikroiqtisodiyot” fanidan kurs ishi mavzu Soliq yuki va uning o

4. Soliqlarni yalpi talab va yalpi taklifga ta’siri
Soliqlarning joriy qilinishi va mavjud soliq tizimiga o‘zgarishlar kiritilishi bevosita yoki bilvosita yalpi talab va yalpi taklifga ta’sir etadi. Tovar narxi qancha yuqori bo‘lsa, uni sotib olishga tayyor xaridorlar shuncha kam va uni ishlab chiqaruvchidar esa ko‘proq taklif qiladilar. Bozor muvozanati talab va taklif kesishgan nuqtada to‘xtaydi.
Talabning egiluvchanligi xaridorning taklif qilinayotgan tovarni sotish shartlariga bog‘liq ravishda (eng avvalo narxiga qarab) sotib olishga tayyorligi darajasini ko‘rsatadi. Xaridor­lar kelishuvga qanchalik ko‘p intilsalar, talab shunchalik kam egiluvchan bo‘ladi. Talab egiluvchan bo‘lmasa, sotuvchilar soliq yukini xaridorlar zimmasiga osongina o‘tkazib yuboradilar.
Talabning narx egiluvchanligi asosiy omillariga quyidagilar kiradi:
1. O‘rnini bosuvchi tovarlarning mavjud bo‘lishi. Agar bozor­da bir-birining o‘rnini bosuvchi tovarlar qancha ko‘p bo‘lsa, ta­lab ham shuncha egiluvchan bo‘ladi: xaridorda qimmat tovarlar­ning o‘rniga arzonrog‘ini sotib olish imkoniyati tug‘iladi. Lekin bozorda bir-birining o‘rnini bosadigan ne’matlar mavjud bo‘lmasa, xaridor belgilab qo‘yilgan narxga ko‘nishga majbur bo‘lib, bunday holatda talab egiluvchan bo‘lmaydi.
2. Tovarga ketgan xarajatlarning xaridor byudjetidagi ulushi. Ne’matlar qiymati xaridor byudjetida qanchalik katta o‘rin tutsa, unga talabning egiluvchanligi shunchalik yuqori bo‘ladi. Agar qalamning narxi 10 foiz ko‘tarilsa, unga talab sezilarli darajada pasaymasligi mumkin: qalamning narxi shu qadar kichikki, xaridor bu tovar narxi oshganini payqamasligi ham mumkin Lekin avtomobilning narxi 10 foiz oshsa (boshqa teng shartlar qatorida), talab ancha-muncha kamayib ketishi aniq: narxning mutlaq o‘sishi xaridorning «hamyoni» uchun haddan ziyod katta bo‘ladi.
3. Tovarning foydalilik darajasi. Kundalik ehtiyoj tovarlariga talab odatda egiluvchan bo‘lmaydi; ziynat buyumlariga talab esa egiluvchandir. Masalan, non, gugurt, tuzga talab an’anaviy egiluvchan sanalmaydi. Aksincha, qimmatbaho, ko‘ngilochar va shu kabi boshqa buyumlarga talab bir muncha egiluvchan bo‘ladi.
4. Vaqt omili. Xarid qilish xususidagi qarorga kelish uchun muddat qancha ko‘p bo‘lsa, talab ham shu qadar egiluvchan tus oladi. Xaridorlar yangi narxga moslashishlari uchun vaqt kerak: ularning didi va iste’mol texnologiyasi asta-sekin o‘zgarib boradi. Masalan, qimmatlashgan mol go‘shti o‘rniga ma’lum muddat mobaynida emish sifatida baliq va parrandalardan foydalaniladi. Mana, boshqa misol: 1970 yillarda g‘arb davlatlarida neft narxi ko‘tarilishi sababli eski texnologiyalarni energiyani tejaydigan yangi texnologiyalarga almashtirish jarayoni bir necha yil davom etdi, oqibat-natijada neft mahsulotlariga bo‘lgan talab keskin kamayib ketdi.
Tovarga talab qanchalik kam egiluvchan bo‘lsa soliqning katta qismi iste’molchilar zimmasiga tushadi, chunki bozordagi narx keskin ko‘tariladi. Buning aksicha, xaridorlar qimmatlashgan tovarlarni olishdan osongina voz kechsalar narx deyarli ko‘tarilmaydi va zararni sotuvchilarning o‘zlari qoplashga majburdirlar.
Taklifning egiluvchanligi sotish sharoiti o‘zgarganda taklif etilayotgan tovarlarning miqdorini sotuvchilarning ko‘paytirish yoki kamaytirish imkoniyatlarini belgilab beradi. Sotuvchilar kelishuvga qanchalik ko‘p intilsalar, bozor taklifi shunchalik kam egiluvchan bo‘ladi. Taklif egiluvchan bo‘lmaganida soliq yukini ma’lum darajada ishlab chiqaruvchilar o‘z zimmalariga olishga «rozi» bo‘ladilar.
Taklif egiluvchanligining asosiy omili tovar sotish sharoiti o‘zgarishiga munosabat bildirish uchun ishlab chiqaruvchi ixtiyorida mavjud bo‘lgan vaqt miqdoridir. Iqtisodiyotning tarmoqlari o‘rtasida resurslarni (ishchi kuchi, uskunalar, xom ashyo) qayta taqsimlash ma’lum muddatni talab etadi. Binobarin, tadbirkorlar ixtiyoridagi vaqt qancha ko‘p bo‘lsa, ular ishlab chiqarishning tuzilishini o‘zgargan bozor sharoitiga moslashtirish uchun shunchalik katta imkoniyatga ega bo‘ladilar hamda taklifning egiluvchanligi ham ortadi.
Egiluvchan taklifli vaziyatda bilvosita soliq joriy etilganda ishlab chiqaruvchilar mahsulot tayyorlash hajmini osongina qisqartirib, shu hisobdan bozorda narxni ko‘tarishlari ko‘rsatilgan. Bunday holatda soliq yukining katta qismi xaridor zimmasiga o‘tkaziladi. Aksincha, taklif egiluvchan bo‘lmaganida ishlab chiqaruvchilar mahsulot tayyorlash hajmini keskin darajada qisqartira olmaydilar va bozorda narx deyarli o‘zgarmaydi. Bunday holatda soliq to‘lovlarining asosiy qismini tadbirkorlarning o‘zlari qoplaydilar.  Shunday qilib, soliq narxning o‘sishi orqali iste’molchi zimmasiga o‘tishi mumkin. Soliqning iste’molchi zimmasiga o‘tkazilishi bozorning o‘ziga xos xususiyatlariga, bozor talabi va taklifiga bog‘liqdir. Agar tovarga talab barqaror bo‘lsa, ya’ni kam egiluvchan vaziyatlarda soliqlarni iste’molchilar zimmasiga mahsulot bahosini ko‘tarish yo‘li bilan o‘tkazishi mumkin. Agarda talab egiluvchan bo‘lsa, bahoni ko‘tarishga bo‘lgan intilish tovar hajmining, shunga tegishli ravishda ishlab chiqarish, foyda va soliq hajmlarining kamayib ketishiga olib keladi. Talabning egiluvchanligi soliqqa tortishni tartibga solib turuvchi va cheklaydigan omildir.

Download 33.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling