Soliq stavkalari


Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i va ijtimoiy soliq


Download 55.94 Kb.
bet3/7
Sana27.10.2023
Hajmi55.94 Kb.
#1726620
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
foyda solig\'i stavkalari 2023

Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i va ijtimoiy soliq 
Soliq to‘lovchilarning toifasi, soliqlarning stavkalari, soliqlarni hisoblab chiqarish va to‘lash (shu jumladan, shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga 0,1 foiz o‘tkazish) tartibi saqlab qolinmoqda.
Jismoniy shaxslar o‘z daromadlarini ipoteka kreditlarini so‘ndirishga yo‘naltirganda, bir vaqtning o‘zida turar joy qiymati (bugungi kunga kelib 300 mln so‘m) bo‘yicha talabni bekor qilgan holda, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i bo‘yicha soliq solinmaydigan daromad summasi 15 mln so‘mdan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 80 baravarigacha (yoki 73,6 mln so‘m) oshirilmoqda.
2023-yilning 1-aprelidan boshlab jismoniy shaxslarning hayotini uzoq muddatga sug‘urtalash haqini to‘lashga yo‘naltiriladigan jismoniy shaxslarning daromadlari qismida jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i bo‘yicha imtiyozlar bekor qilinmoqda.
Qat’iy belgilangan miqdorlarda soliqni to‘lovchi jismoniy shaxslar uchun jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i stavkasi 10 foizga indeksatsiya qilinmoqda.
Keyingi yilning 15-fevralidan kechiktirmay belgilanadigan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i va ijtimoiy soliq bo‘yicha yillik soliq hisobotini taqdim etish muddatlariga o‘zgartirish kiritildi.
2022-yil yakunlariga ko‘ra yillik soliq hisobotini 2023-yilning 15-fevralidan kechiktirmay taqdim etish zarur.
Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini hisoblab chiqarish maqsadida jismoniy shaxslar uchun belgilangan ijara to‘lovining eng kam stavkalari 10 foizga indeksatsiya qilinmoqda.
Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq
2023-yilda quyidagilar saqlab qolinmoqda:

  • soliq bazasini, shuningdek 1 kv.m uchun mutlaq miqdorda belgilangan eng kam qiymat miqdorlarini belgilash tartibi;

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi va xalq deputatlari viloyatlar Kengashlarining ko‘chmas mulk obyektlarining belgilangan eng kam qiymatiga, tumanlarning iqtisodiy rivojlanishiga qarab, 0,5 gacha bo‘lgan kamaytiruvchi koeffitsiyentni belgilash huquqi;

  • soliq bazasiga nisbatan 1,5 foiz miqdoridagi soliq stavkasi.

Soliq kodeksining 415-moddasi to‘rtinchi qismida nazarda tutilgan obyektlar bo‘yicha belgilangan pasaytirilgan soliq stavkasini bazaviy soliq stavkasiga, 2023-yilda uni 0,5 foizdan 0,6 foizgacha oshirish yo‘li bilan, bosqichma-bosqich yetkazish davom ettiriladi. 
Yuridik shaxslar uchun pasaytirilgan soliq stavkasi 2020-yildan boshlab ilgari soliq imtiyozlari berilgan obyektlar bo‘yicha joriy etilgan edi.
2022-yilning 1-iyulidan boshlab qonunchilikda yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqning oshirilgan stavkalarini belgilash yo‘li bilan ta’sir choralari qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan obyektlarga soliq solish tartibi bekor qilindi.

Download 55.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling