Soliq tekshiruvlarini oʻtkazish va natijalarini koʻrib chiqish, tadbirkorlik subyektlarini ixtiyoriy tugatish va ularning faoliyatini toʻxtatish


Yuridik xizmat tomonidan davlat organlari va tashkilotlarining


Download 72 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/7
Sana31.01.2024
Hajmi72 Kb.
#1829331
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
56f7b1a8ab488374e27d216c9d479517

3.2. Yuridik xizmat tomonidan davlat organlari va tashkilotlarining 
huquqni qoʻllash faoliyatida qonun ustuvorligi va qonuniylikni taʼminlashni 
tashkil etish sohasida: 
— oʻz tashkilotida, shuningdek tegishli tuzilmalarda qonun buzilishlarini, 
ularning sabablari va shart-sharoitlarini bartaraf etish yuzasidan takliflar 
kiritilganligi, ushbu chora-tadbirlarni amalga oshirishda ishtirok etilganligi 
ahvolini oʻrganish; 
— tashkilot rahbariyatiga taqdim qilinadigan buyruqlar, farmoyishlar, 
shartnomalar va yuridik tusdagi boshqa hujjatlar loyihalarini ularning 
qonunchilikka muvofiqligi yuzasidan ekspertizadan oʻtkazilganligi, bunda 
loyihalarga yuridik xizmat tomonidan tashkilotning boshqa tarkibiy tuzilmalaridan 
(xodimlaridan) keyin viza qoʻyilganligi ahvolini oʻrganish; 
— jismoniy va yuridik shaxslarning huquq va erkinliklarini amalga 
oshirishga taʼsir etadigan tashkilotning qarorlari yuzasidan xulosalar berilganligi 
ahvolini oʻrganish; 
— mustaqil ravishda yoki boshqa tuzilmalar bilan birgalikda davlat organi 
va tashkilotining buyruqlari, farmoyishlari, shartnomalari va yuridik tusdagi 
boshqa hujjatlarini ishlab chiqish, ularga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish
shuningdek ularni oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida takliflar 
tayyorlanganligi ahvolini oʻrganish; 
— tashkilotda, shuningdek tegishli tuzilmalarda huquqni qoʻllash 
amaliyotini oʻrganganligi, tahlil qilganligi va uni takomillashtirish boʻyicha 
takliflar tayyorlaganligi va rahbariyatga kiritganligi ahvolini oʻrganish; 
— tashkilotning boshqa tuzilmalari bilan birgalikda davlat organi, tegishli 
tuzilmalar va ularning mansabdor shaxslari faoliyatida qonuniylikning buzilishi 
koʻrsatilgan arizalar, takliflar va shikoyatlarni koʻrib chiqishda ishtirok etganligi 
ahvolini oʻrganish; 



— tashkilotda boshqaruv tizimini takomillashtirish, tashkilot tizimiga 
kiradigan tuzilmalar va ularning mansabdor shaxslarining huquq va 
majburiyatlarini belgilash boʻyicha takliflar ishlab chiqishda ishtirok etganligi; 
— tashkilotda mehnat haqidagi qonunchilikka rioya etilishini taʼminlashda 
ishtiroki va tashkilotda mehnat haqidagi qonunchilikka rioya etilishi ahvoli, shu 
jumladan mehnat munosabatlarini tartibga soluvchi huquqiy hujjatlarni (mehnat 
shartnomasi, jamoa shartnomasi, jamoa bitimi va boshqalarni) ishlab chiqishda 
ishtirok etganligi ahvolini oʻrganish; 
— tashkilot rahbariyatiga tashkilot faoliyatida qonun ustuvorligi va 
qonuniylikni taʼminlash ahvoli yuzasidan hisobot taqdim etganligi ahvolini 
oʻrganish; 

Download 72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling