Soliq tekshiruvlarini oʻtkazish va natijalarini koʻrib chiqish, tadbirkorlik subyektlarini ixtiyoriy tugatish va ularning faoliyatini toʻxtatish


Download 72 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/7
Sana31.01.2024
Hajmi72 Kb.
#1829331
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
56f7b1a8ab488374e27d216c9d479517



Namangan viloyat adliya
boshqarmasi boshligʻining 
2023-yil -fevraldagi 
___
-um-son buyrugʻiga 
2-ILOVA
 
Soliq tekshiruvlarini oʻtkazish va natijalarini koʻrib chiqish, tadbirkorlik 
subyektlarini ixtiyoriy tugatish va ularning faoliyatini toʻxtatish, yuridik 
xizmat sohasidagi ishlarni tashkil etish va davlat xizmatlari koʻrsatishda 
qonunchilik hujjatlari talablariga rioya etilishi ahvoli va huquqni 
qoʻllash amaliyotini oʻrganish oʻrganish boʻyicha 
S A V O L N O M A 
I. Soliq tekshiruvlarini oʻtkazish va natijalarini koʻrib chiqishda 
huquqni qoʻllash amaliyotini oʻrganish: 
1. Kameral soliq tekshiruvi boʻyicha: 
— Tekshirish oʻtkazish toʻrisidagi buyruqlarni qabul qilish va 
rasmiylashtirish talablariga rioya etilganligi, shu jumladan tuman (shahar) davlat 
soliq inspeksiyalarining buyruqlari loyihalari 2022-yil 1-avgustdan tuman (shahar) 
Yuridik xizmat koʻrsatish markazlaridan huquqiy ekspertizadan oʻtkazilgan holda 
qabul qilinganligi
1.2. Kameral soliq tekshiruvi oʻtkazishning umumiy muddatiga rioya 
etilganligi (Nizomning 29 va 39-bandlari)
1.3. Kameral 
soliq 
tekshiruvi 
natijalari 
boʻyicha 
Nizomning
6-ilovasiga muvofiq shaklda xulosa tuzilganligi va soliq organi rahbari (rahbar 
oʻrinbosari) tomonidan belgilangan muddatda koʻrib chiqilib, tasdiqlanganligi
1.4. Kameral soliq tekshiruvi natijalari boʻyicha tasdiqlangan xulosaga koʻra 
soliq hisobotidagi tafovutlar yoki xatolar aniqlangan holatlar yuzasidan soliq 
organi tomonidan belgilangan muddatda soliq hisobotlariga tuzatishlar kiritish 
toʻgʻrisida talabnoma, tafovutlar yoki xatolar aniqlanmagan boʻlsa, xabarnoma 
yuborilganligi (Nizomning 38-bandi)
1.5. Kameral soliq tekshiruvi paytida soliq toʻlovchi tomonidan Soliq 
kodeksining 28-bobiga muvofiq javobgarlik belgilangan soliqqa oid 
huquqbuzarlikning sodir etilganligi holati aniqlangan taqdirda, belgilangan 
muddatda va tartibda dalolatnoma tuzilganligi, taraflar tomonidan imzolanganligi 
va soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etgan shaxsga topshirilganligi (Soliq 
kodeksining 165-moddasi va Nizomning 44-45-bandlari)
1.6. Kameral soliq tekshiruvini oʻtkazgan soliq organi rahbari (rahbar 
oʻrinbosari) tomonidan dalolatnoma va kameral soliq tekshiruvining boshqa 
materiallari belgilangan tartib va muddatlarda koʻrib chiqilganligi, shu jumladan 



soliq organi tekshiruv dalolatnomasi koʻrib chiqiladigan sana, vaqt va joy 
toʻgʻrisida soliq toʻlovchini xabardor qilganligi (Soliq kodeksining 165-moddasi va 
Nizomning 46-49-bandlari)
1.7. Soliq organi tomonidan dalolatnomani koʻrib chiqish chogʻida 
bayonnoma yuritilganligi, dalolatnomani va unga ilova qilingan hujjatlar va 
materiallarni koʻrib chiqish yakunlari boʻyicha belgilangan muddatda qaror qabul 
qilinganligi, qarorni rasmiylashtirish talablariga va uni yuborish muddatlariga rioya 
etilganligi (Soliq kodeksining 166-moddasi va Nizomning 49-50-bandlari)

Download 72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling