Soliq tekshiruvlarini oʻtkazish va natijalarini koʻrib chiqish, tadbirkorlik subyektlarini ixtiyoriy tugatish va ularning faoliyatini toʻxtatish
Download 72 Kb. Pdf ko'rish
|
56f7b1a8ab488374e27d216c9d479517
2. Sayyor soliq tekshiruvi boʻyicha:
2.1. Sayyor soliq tekshiruvi oʻtkazish toʻgʻrisidagi buyruqlarni qabul qilish va rasmiylashtirish talablariga rioya etilganligi, shu jumladan tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyalarining buyruqlari loyihalari 2022-yil 1-avgustdan tuman (shahar) Yuridik xizmat koʻrsatish markazlaridan huquqiy ekspertizadan oʻtkazilgan holda qabul qilinganligi; 2.2. Tekshirishlar oʻtkazilishi toʻgʻrisida Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish boʻyicha vakil belgilangan tartibda xabardor qilinganligini, bunda 2022-yil 1-noyabrdan boshlab tekshirishlar “Yagona davlat nazorati” axborot tizimida roʻyxatga olinganligi; 2.3. Tekshirish oʻtkazish toʻgʻrisidagi buyruqda koʻrsatilgan va bevosita tekshirish oʻtkazgan soliq organi xodimida tadbirkorlik subyektlari faoliyatini tekshirish huquqini beruvchi maxsus guvohnoma mavjudligi; 2.4. Soliq organi masʼul xodimlari tomonidan tekshiruv boshlanishidan oldin tadbirkorlik subyekti rahbari (rahbar vazifasini bajaruvchi shaxs)ga tekshiruvni oʻtkazishga asos boʻlgan hujjatlar (tekshiruv oʻtkazish kelishilganligi yoki vakolatli organ tekshiruv haqida xabardor etilganligini tasdiqlovchi hujjat nusxasi, nazorat qiluvchi organning tekshiruv oʻtkazish toʻgʻrisidagi buyrugʻi va tekshiruv dasturi) nusxalarini tilxat olgan holda taqdim qilinganligi, shuningdek, tilxatda tadbirkorlik subyekti rahbariga (rahbar vazifasini bajaruvchi shaxsga) uning soʻroviga koʻra Savdo-sanoat palatasining vakillari, soliq maslahatchilari, tarjimon va (yoki) advokatlarni jalb qilish huquqi mavjudligi tushuntirilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar kiritilganligi; 2.5. Soliq organining masʼul xodimlari tomonidan tadbirkorlik subyekti tomonidan taqdim etilgan Tekshiruvlarni roʻyxatga olish kitobi qonunchilikda belgilangan tartibda toʻldirilganligi; 2.6. Sayyor soliq tekshiruvi oʻtkazish muddatlariga rioya etilganligi (Soliq kodeksining 139, 141-142-moddlari); 3 2.7. Xronometraj koʻzdan kechirishni oʻtkazish tartib-qoidalariga rioya etilganligi; 2.8. Sayyor soliq tekshiruvi va soliq auditi jarayonida hujjatlar va (yoki) buyumlarni olib qoʻyish tartib-qoidalariga rioya etilganligi (Nizomning 108-114- bandlari hamda Soliq kodeksining 148-moddasi); 2.9. Sayyor soliq tekshiruvi natijalarini rasmiylashtirish tartib-qoidalariga rioya etilganligi (Nizomning 115-119-bandlari); 2.10. Sayyor soliq tekshiruvi materiallarini koʻrib chiqish tartibiga rioya etilganligi (Soliq kodeksining 158-moddasi); 2.11. Sayyor soliq tekshiruvi materiallarini koʻrib chiqish natijalari boʻyicha qaror qabul qilish tartib-qoidalariga rioya etilganligi (Soliq kodeksining 159-moddasi); 2.12. Oʻtkazilgan tekshiruv natijalari boʻyicha tuzilgan dalolatnoma, qayd etilgan qonunbuzilish holatlari va tekshiruv oʻtkazish haqida tadbirkorlik subyekti xabardor etilganligini tasdiqlovchi hujjatlar (pochta kvitansiyasi va elektron axborot tizimlarining maʼlumotlari) tekshiruv yakunlangandan soʻng hamda tadbirkorlik subyektiga nisbatan qoʻllanilgan taʼsir choralari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (yozma koʻrsatma, maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi bayonnoma, jarimalarni qoʻllash toʻgʻrisida qarorlar va sud qarorlari) mazkur choralar qoʻllanilgandan soʻng soliq organlari tomonidan Axborot tizimiga belgilangan muddatlarda kiritilganligi. Download 72 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling