Soliq tekshiruvlarini oʻtkazish va natijalarini koʻrib chiqish, tadbirkorlik subyektlarini ixtiyoriy tugatish va ularning faoliyatini toʻxtatish
Tashkilot xodimlarining huquqiy madaniyati va huquqiy
Download 72 Kb. Pdf ko'rish
|
56f7b1a8ab488374e27d216c9d479517
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3.5. Shartnomaviy-huquqiy va talabnoma-daʼvo ishlarini yuritish, tashkilotning mulkiy va boshqa manfaatlarini ishonchli himoya qilinishini
3.4. Tashkilot xodimlarining huquqiy madaniyati va huquqiy
savodxonligini oshirish, ularga qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun va ahamiyatini, shu jumladan zamonaviy axborot- kommunikatsiya texnologiyalari orqali yetkazish sohasida yuridik xizmat tomonidan: — tashkilot rahbariyati uchun qonunchilik masalalari boʻyicha tahliliy materiallar tayyorlaganligi ahvolini oʻrganish; — tashkilot, shuningdek uning tizimiga kiradigan tuzilmalar xodimlarining huquqiy bilimlarini oshirish tadbirlarini tashkil etish toʻgʻrisida takliflar kiritganligi, ushbu tadbirlarni oʻtkazishda ishtirok etganligi ahvolini oʻrganish; — tashkilot faoliyatiga tegishli qonunchilikni targʻib qilish ishlarini amalga oshirganligi ahvolini oʻrganish; — zudlik bilan tashkilot axborot xizmatiga tashkilot veb-saytiga joylashtirish maqsadida qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar va ularning mazmun va ahamiyati toʻgʻrisida maʼlumotlar kiritganligi ahvolini oʻrganish; — qonunchilikka kiritilgan oʻzgartirishlar haqidagi maʼlumotlarni, sud amaliyotini, Adliya vazirligining huquqiy ishlarga taalluqli koʻrsatmalarini tashkilot tizimiga kiradigan tuzilmalarga yetkazganligi ahvolini oʻrganish. 3.5. Shartnomaviy-huquqiy va talabnoma-daʼvo ishlarini yuritish, tashkilotning mulkiy va boshqa manfaatlarini ishonchli himoya qilinishini taʼminlash sohasida yuridik xizmat tomonidan: — tashkilotlar, shuningdek fuqarolar bilan nizolar vujudga kelganda, mustaqil yoki boshqa tarkibiy tuzilmalar bilan birgalikda ularni sudgacha hal etish choralarini koʻrganligi ahvolini oʻrganish; — boshqa tuzilmalar bilan birgalikda tashkilot tomonidan shartnomalarni tayyorlash va tuzish ishlarida ishtirok etganligi, ularning qonunchilikka muvofiqligini tekshirganligi hamda shartnomalar loyihalariga viza qoʻyganligi. Bunda loyihalarga yuridik xizmat tomonidan tashkilotning boshqa tarkibiy tuzilmalaridan (xodimlaridan) keyin viza qoʻyganligi ahvolini oʻrganish; 8 — shartnomalarni tuzish, bajarish, oʻzgartirish va bekor qilishning belgilangan tartibiga rioya etilishini nazorat qilganligi ahvolini oʻrganish; — tashkilotning manfaatlarini himoya qilish boʻyicha talabnomalar tayyorlashda va tashkilotga nisbatan bildirilgan talabnomalarni koʻrib chiqishda ishtirok etganligi, tashkilotda talabnomalar bildirish va ularni koʻrib chiqish tartibiga rioya etilishini nazorat qilayotganligi ahvolini oʻrganish; — tegishli tuzilmalar bilan birgalikda tashkilotning debitorlik va kreditorlik qarzlari ahvolini oʻrganib borganligi, ularning miqdorini kamaytirish choralarini koʻrayotganligi ahvolini oʻrganish; — shartnomaviy munosabatlardan kelib chiqadigan nizolar yuzasidan daʼvo ishlarini olib borganligi ahvolini oʻrganish; — tashkilotning mulkiy va boshqa manfaatlarini huquqiy himoya qilish uchun zarur boʻlgan hujjatlarni tayyorlashda hamda belgilangan tartibda sud majlislarida ishtirok etganligi ahvolini oʻrganish; — mulkni saqlash masalalari boʻyicha huquqiy tusdagi hujjatlar loyihalarining qonun hujjatlariga muvofiqligini tekshirayotganligi va ularni tayyorlashda ishtirok etganligi ahvolini oʻrganish; — boshqa tarkibiy tuzilmalar bilan birgalikda tashkilotda mulkning talon- toroj qilinishi, kamomad va noishlab chiqarish xarajatlarining kelib chiqishi sabablari va sharoitlarini tahlil qilayotganligi hamda ularni bartaraf etish choralarini koʻrganligi, mulkning talon-toroj qilinishi va kamomad holatlari boʻyicha materiallarni huquqni muhofaza qilish organlariga yuborish uchun rasmiylashtirganligi ahvolini oʻrganish; — moddiy boyliklar va pul mablagʻlarini hisobdan chiqarish toʻgʻrisidagi hujjatlar loyihalari, shuningdek qonun buzilishlari va suiisteʼmollar aniqlangan auditorlik tekshiruvlari va xatlovdan oʻtkazish dalolatnomalari boʻyicha huquqiy xulosalar berganligi ahvolini oʻrganiish. Download 72 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling