Soliq tekshiruvlarini oʻtkazish va natijalarini koʻrib chiqish, tadbirkorlik subyektlarini ixtiyoriy tugatish va ularning faoliyatini toʻxtatish


II. Tijorat tashkiloti (yuridik shaxs) va soliqlar va yigʻimlarni yuridik


Download 72 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/7
Sana31.01.2024
Hajmi72 Kb.
#1829331
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
56f7b1a8ab488374e27d216c9d479517

II. Tijorat tashkiloti (yuridik shaxs) va soliqlar va yigʻimlarni yuridik 
shaxslar uchun nazarda tutilgan tartibda toʻlaydigan yakka tartibdagi 
tadbirkorlarni ixtiyoriy tugatish jarayonida Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 
21-avgustdagi 704-son qarori talablariga rioya etilishini oʻrganish: 
— Soliq organi tomonidan belgilangan muddatda tijorat tashkilotining 
moliya-xoʻjalik faoliyatini tekshirishga (taftish qilishga) kirishilganligi; 
— Soliq organi tomonidan tekshirish oʻtkazish muddatlariga rioya 
qilinganligi; 
— Soliqlar va yigʻimlarni yuridik shaxslar uchun nazarda tutilgan tartibda 
toʻlaydigan yakka tartibdagi tadbirkorlarni ixtiyoriy tugatishda Nizom talablariga 
rioya etilganligi
— Ixtiyoriy tugatishning umumiy muddati davomida tegishli hujjatlar toʻliq 
taqdim etilmaganligi sababli ixtiyoriy tugatish toʻxtatilgan holatlar; 
— Ixtiyoriy tugatish toʻxtatilgan hollarda soliq organi tomonidan Nizomning 
18-bandi “a” kichik bandi uchinchi xatboshida belgilangan imtiyozlar bekor 
qilinganligi hamda tegishli toʻlovlar undirilganligi. 



III. Yuridik xizmat sohasidagi ishlarni tashkil etishda qonunchilik 
hujjatlari talablariga rioya etilishini oʻrganish: 
3.1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yuridik xizmat faoliyatini 
tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 19-yanvardagi 
PQ–2733-son qaroriga muvofiq yuridik xizmatni tashkil etish sohasida: 
— yuridik xizmat shtat birliklarini Vazirlar Mahkamasining 2017-yil
1-maydagi 250-son qarori bilan tasdiqlangan Yuridik xizmatlarni tashkil etishning 
minimal normativlari va mezonlariga muvofiq tashkil etilganligi ahvolini 
oʻrganish; 
— yuridik xizmatning shakli Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 1-maydagi 
250-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat organlari va tashkilotlarining yuridik 
xizmatlarini tashkil etish shakllariga muvofiqlashtirilganligi ahvolini oʻrganish; 
— yuridik xizmatlar xodimlari mehnatiga haq toʻlash boʻyicha lavozim 
razryadlarini Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 1-maydagi 250-sonli qarori bilan 
tasdiqlangan Yuridik xizmatlari xodimlari mehnatiga haq toʻlash boʻyicha lavozim 
razryadlariga muvofiqlashtirilganligi ahvolini oʻrganish; 
— yuridik xizmat xodimlarini lavozimga tayinlashda va lavozimdan ozod 
etishda belgilangan tartibda adliya organlari bilan kelishilganligi ahvolini 
oʻrganish; 
— yuridik xizmat xodimi lavozimiga birinchi marta tayinlangan shaxsni 
stajirovkadan oʻtkazishni soʻrab belgilangan tartibda va muddatlarda adliya 
organlariga murojaat etilganligi ahvolini oʻrganish; 
— yuridik 
xizmat 
xodimlari 
Vazirlar 
Mahkamasining 
2007-yil
22-noyabrdagi 244-son qarori bilan tasdiqlangan Yuridik xizmatlar xodimlarini 
attestatsiyadan oʻtkazish va ularning malakasini oshirish tartibi toʻgʻrisida nizomda 
belgilangan muddatlarda malakasini oshirganligi va attestatsiyadan oʻtganligi 
ahvolini oʻrganish; 
— yuridik xizmat xodimlariga martaba darajalarini berish yuzasidan adliya 
organlariga belgilangan tartibda murojaat qilinganligi ahvolini oʻrganish;
— martaba darajalariga ega boʻlgan yuridik xizmat xodimlariga belgilangan 
tartib va miqdorlarda martaba darajalari uchun qoʻshiladigan qoʻshimcha haq 
hamda uzoq muddat xizmat qilganligi uchun beriladigan har oylik ustama haqlar 
toʻlanayotganligi ahvolini oʻrganish. 
— yuridik xizmat xodimlarining har chorakda sudgacha va sud tartibida 
davlat organi va tashkiloti foydasiga hal qilingan nizolar yuzasidan undirilgan 
summaning 5 foizi, biroq eng kam oylik ish haqining 50 barobaridan koʻp 
boʻlmagan miqdorda mukofotlanayotganligi ahvolini oʻrganish; 



— yuridik xizmatlar xodimlarining ish joylari moddiy-texnika jihatidan 
minimal talablar asosida taʼminlanganligi ahvolini oʻrganish; 
— tegishli yil yakunlangandan soʻng, keyingi yilning 10-sanasiga qadar 
hamda har yili 1-iyunga qadar tegishli adliya organlariga yuridik xizmat xodimlari, 
shu jumladan yuridik xi3zmatdagi mavjud vakant oʻrinlar toʻgʻrisida axborot 
taqdim etilganligi ahvolini oʻrganish; 
— yuridik xizmatdagi mavjud vakant shtat birliklarini toʻldirish yuzasidan 
tegishli choralar koʻrilayotganligi, qanchadan buyon vakant boʻlib turganligi 
ahvolini oʻrganish; 

Download 72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling