Soliq tekshiruvlarini oʻtkazish va natijalarini koʻrib chiqish, tadbirkorlik subyektlarini ixtiyoriy tugatish va ularning faoliyatini toʻxtatish


Yuridik xizmat xodimi tomonidan oʻz huquqlarini amalga oshirish


Download 72 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/7
Sana31.01.2024
Hajmi72 Kb.
#1829331
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
56f7b1a8ab488374e27d216c9d479517

3.6. Yuridik xizmat xodimi tomonidan oʻz huquqlarini amalga oshirish 
va majburiyatlarini bajarishi sohasida: 
— tashkilotga kelib tushayotgan normativ-huquqiy hujjatlarni tanishish
xizmatda foydalanish va ularning tizimlashtirilgan hisobini yuritish uchun birinchi 
navbatda olayotganligi ahvolini oʻrganish; 
— rahbariyat tomonidan chaqiriladigan huquqiy masalalarga tegishli 
yigʻilishlar, kengashlar va majlislarda ishtirok etayotganligi ahvolini oʻrganish; 
— rahbariyat topshirigʻiga koʻra yoki tegishli tuzilma rahbarining roziligi 
bilan ularning xodimlarini normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlar 



loyihalarini tayyorlash uchun, huquqiy ishlarni amalga oshirish bilan bogʻliq 
boshqa tadbirlarga jalb qilganligi ahvolini oʻrganish; 
— qonunchilikka zid boʻlgan, qonunchilik texnikasi talablariga javob 
bermaydigan normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlar loyihalarini 
ijrochilariga puxta ishlash uchun qaytarayotganligi, oʻz eʼtirozlarini asoslagan 
holda, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish toʻgʻrisida huquqiy xulosalar berib, 
rahbariyat topshirigʻiga koʻra yoki oʻz tashabbusi bilan boshqa tuzilmalar bilan 
birgalikda ushbu loyihalarni puxta ishlanishida ishtirok etganligi ahvolini 
oʻrganish; 
— tashkilot tizimiga kiradigan tuzilmalarda tashkilot vakolatiga kiradigan 
masalalar boʻyicha qonun hujjatlariga rioya qilinishi masalalarini oʻrganganligi; 
tashkilot, shuningdek uning tizimiga kiradigan tuzilmalarning qonun 
hujjatlari bajarilishini taʼminlamayotgan yoxud ularni buzayotgan rahbarlari va 
xodimlarini javobgarlikka tortish haqida rahbariyatga takliflar kiritganligi ahvolini 
oʻrganish; 
tashkilotda, shuningdek uning tizimiga kiradigan tuzilmalarda yoki 
tashkilot tomonidan oʻtkaziladigan tekshirishlar, taftishlar va xatlovlarda
shuningdek ularning yakunlari boʻyicha hujjatlarni koʻrib chiqishda ishtirok 
etganligi hamda aniqlangan huquqbuzarliklar yuzasidan huquqiy xulosalar 
berganligi ahvolini oʻrganish; 
— tashkilotda, shuningdek uning tizimiga kiradigan tuzilmalarda qonun 
buzilishi holatlari aniqlanganligi toʻgʻrisida zudlik bilan toʻgʻridan-toʻgʻri yuqori 
turuvchi organga, Adliya vazirligiga (hududiy adliya organlariga) va boshqa 
huquqni muhofaza qiluvchi organlarga xabar berib borganligi ahvolini oʻrganiish. 
Izoh: oʻrganish davomida uning predmetiga oid boshqa normativ-huquqiy 
hujjatlar ham oʻrganilishi hamda zarur maʻlumotlar talab qilib olinishi mumkin. 

Download 72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling