Soliq tekshiruvlarini oʻtkazish va natijalarini koʻrib chiqish, tadbirkorlik subyektlarini ixtiyoriy tugatish va ularning faoliyatini toʻxtatish
Tashkilot tomonidan ishlab chiqilayotgan (qabul qilinayotgan)
Download 72 Kb. Pdf ko'rish
|
56f7b1a8ab488374e27d216c9d479517
3.3. Tashkilot tomonidan ishlab chiqilayotgan (qabul qilinayotgan)
normativ-huquqiy va boshqa hujjatlar loyihalarining qonunchilikka muvofiqligi ustidan nazoratni olib borish hamda tashkilot qonun ijodkorligi faoliyatida ishtirok etish, qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan takliflarni tayyorlash masalalarida uning tuzilmalari ishini muvofiqlashtirish sohasida yuridik xizmat tomonidan: — tashkilotning norma ijodkorligi faoliyatining joriy va istiqbolli rejalarini ishlab chiqqanligi yoki ularning ishlab chiqilishida, amalga oshirilishi va bajarilishini nazorat qilishda ishtirok etganligi havolini oʻrganish; — tashkilot vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqqanligi yoxud ishlab chiqishda ishtirok etganligi havolini oʻrganish; — ekspertizadan oʻtkazish yoki kelishish uchun taqdim etilgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini mustaqil yoki boshqa tuzilmalar bilan birgalikda huquqiy ekspertizadan oʻtkazganligi, ularning qonunchilikka, qonunchilik texnikasi qoidalariga, havola qiluvchi normalar qoʻllanilishining asosliligi va maqsadga muvofiqligi, shuningdek ularda korrupsiyaga sabab boʻladigan omillarning mavjud emasligi yuzasidan huquqiy xulosalar tayyorlaganligi ahvolini oʻrganish; — tizimli ravishda tashkilotining tegishli soha faoliyatidagi amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarning ularda korrupsiyaga sabab boʻladigan omillarni aniqlashga qaratilgan tahlilni oʻtkazganligi ahvolini oʻrganish; — tashkiloti faoliyati sohasida davlat boshqaruvini takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqishda ishtirok etganligi ahvolini oʻrganish; — tashkilotga kelib tushgan va oʻzi tomonidan chiqarilgan hujjatlar, shu jumladan normativ-huquqiy hujjatlarning tizimlashtirilgan hisobini belgilangan 7 talablarga muvofiq yuritganligi, ularning saqlanishini va nazorat holatida boʻlishini taʼminlaganligi ahvolini oʻrganish; — tashkilotning normativ-huquqiy hujjatlar fondini toʻldirish, shu jumladan fondni kodekslar, qonunlar, sharhlar, axborotnomalar va boshqa huquqiy nashrlar bilan butlash choralarini koʻrganligi, tashkilot rahbariyatiga huquqiy nashrlarga obuna boʻlish haqida takliflar kiritganligi ahvolini oʻrganish; — tashkilot vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha qonun hujjatlari toʻplamlarini nashr etishga tayyorlaganligi oʻrganish. Download 72 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling