Soliq to‘lovchilar va soliq solish obyekti. 237-modda. Soliq to‘lovchilar


-modda. Tovarlarni realizatsiya qilish joyi


Download 18.11 Kb.
bet3/4
Sana03.02.2023
Hajmi18.11 Kb.
#1155807
1   2   3   4
Bog'liq
Qo\'shilgan qiymat solig\'i

240-modda. Tovarlarni realizatsiya qilish joyi
Quyidagi shartlardan hech bo‘lmaganda bittasi bajarilgan taqdirda, O‘zbekiston Respublikasi hududi tovarlarni realizatsiya qilish joyi deb e’tirof etiladi:

  1. tovar O‘zbekiston Respublikasi hududida turgan bo‘lsa va bitim natijasida uning hududidan tashqariga chiqarilmaydigan bo‘lsa;

  2. tovar jo‘natish yoki transportda tashish boshlangan paytda O‘zbekiston Respublikasi hududida turgan bo‘lsa.

241-modda. Xizmatlarni realizatsiya qilish joyi
Agar ushbu moddada boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, basharti bunday xizmatlarning xaridori O‘zbekiston Respublikasi hududida faoliyatni amalga oshirsa yoki tursa, O‘zbekiston Respublikasi hududi xizmatlarni realizatsiya qilish joyi deb e’tirof etiladi.
247-modda. Soliq bazasini aniqlashning umumiy qoidalari
Tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishda soliq bazasi soliq to‘lovchi tomonidan ushbu bobga muvofiq o‘zi ishlab chiqargan yoki olgan tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishning o‘ziga xos xususiyatlariga qarab aniqlanadi.
Tovarlarni O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirishda soliq bazasi soliq to‘lovchi tomonidan ushbu bobga va bojxona to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq aniqlanadi.
Soliq bazasini aniqlash chog‘ida tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan tushum soliq to‘lovchining ushbu tovarlarga (xizmatlarga) pulda va (yoki) natura shakllaridagi to‘lov, shu jumladan qimmatli qog‘ozlar bilan haq to‘lash sifatida olingan barcha daromadlaridan kelib chiqqan holda hisobga olinadi.
Soliq bazasini aniqlash chog‘ida soliq to‘lovchining chet el valyutasida ifodalangan tushumi (xarajatlari) ushbu Kodeksning 242-moddasida belgilangan tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilish bo‘yicha aylanma amalga oshirilgan sanada O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan kurs bo‘yicha milliy valyutada qayta hisoblab chiqiladi.
Agar sotuvchi va xaridor o‘rtasidagi shartnomada tovarlarga (xizmatlarga) chet el valyutasida belgilangan summaga teng bo‘lgan summadagi milliy valyutada haq to‘lash nazarda tutilgan bo‘lsa hamda bunda realizatsiya qilingan tovarlarga (xizmatlarga) haq to‘langan sana ularni realizatsiya qilish bo‘yicha ushbu Kodeksning 242-moddasiga muvofiq aniqlanadigan aylanma amalga oshirilgan sanaga to‘g‘ri kelmasa, mazkur sanalarda chet el valyutasi kurslaridagi farq tufayli yuzaga kelgan tushum summasidagi ijobiy yoki salbiy farq soliq bazasini belgilashda hisobga olinmaydi. Bunday ijobiy yoki salbiy farq ushbu Kodeksning XII bo‘limiga muvofiq boshqa daromadlar yoki boshqa xarajatlar tarkibida sotuvchi tomonidan hisobga olinishi lozim.

Download 18.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling