Soliq to‘lovchilar va soliq solish obyekti. 237-modda. Soliq to‘lovchilar
Download 18.11 Kb.
|
Qo\'shilgan qiymat solig\'i
- Bu sahifa navigatsiya:
- 239-modda. Tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilish bo‘yicha aylanma.
238-modda. Soliq solish obyekti
Quyidagilar soliq solish obyektidir: 1) realizatsiya qilish joyi O‘zbekiston Respublikasi bo‘lgan tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilish bo‘yicha aylanma; 2) O‘zbekiston Respublikasi hududiga tovarlarni olib kirish. Faoliyatni O‘zbekiston Respublikasida doimiy muassasa orqali amalga oshiruvchi chet el yuridik shaxslari tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilish bo‘yicha aylanmani bunday doimiy muassasaning faoliyatidan kelib chiqqan holda belgilaydi. Quyidagilar soliq solish obyekti hisoblanmaydi: 1) yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan o‘z tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lmagan shaxsiy (oilaviy) mol-mulkni realizatsiya qilish; 2) yuridik shaxs qayta tashkil etilayotganda uning mol-mulkini huquqiy vorisga (huquqiy vorislarga) o‘tkazish; 3) ishonchli boshqaruvning muassisi tomonidan mol-mulkni ishonchli boshqaruvchiga berish va ishonchli boshqaruv shartnomasining amal qilish muddati tugagan taqdirda, ishonchli boshqaruvchining o‘zi ishonchli boshqaruvga berilgan mol-mulkni qaytarishi; 4) milliy valyuta yoki chet el valyutasi muomalasi bilan bog‘liq operatsiyalarni amalga oshirish (bundan numizmatika maqsadlari mustasno). 239-modda. Tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilish bo‘yicha aylanma. Tovarlarni realizatsiya qilish bo‘yicha aylanma quyidagilardan iborat: 1) tovarga bo‘lgan mulk huquqini pullik asosda, shu jumladan tovarning qarz shartnomasi bo‘yicha o‘tkazish; 2) tovarni bepul berish, bundan shunday berish iqtisodiy jihatdan o‘zini oqlaydigan hollar mustasno; 3) mol-mulkni moliyaviy ijaraga (lizingga) berish; 4) tovarni bo‘lib-bo‘lib to‘lash shartlari asosida berish. Tovarni realizatsiya qilishdan farq qiluvchi har qanday faoliyat, shu jumladan quyidagilar xizmatlarni realizatsiya qilish bo‘yicha aylanma deb e’tirof etiladi: pullik asosda xizmatlar ko‘rsatish; bepul xizmatlar ko‘rsatish, shu jumladan mol-mulkni soliq to‘lovchining bepul foydalanishi uchun berish, bundan shunday xizmatlarni ko‘rsatish iqtisodiy jihatdan o‘zini oqlaydigan hollar mustasno. Tovarlarni bepul berish yoki bepul xizmatlar ko‘rsatish quyidagi shartlardan hech bo‘lmaganda biriga rioya etilganda iqtisodiy jihatdan o‘zini oqlaydi deb e’tirof etiladi: daromad olishga qaratilgan faoliyatni amalga oshirish maqsadida ishlab chiqarilgan bo‘lsa; shunday tadbirkorlik faoliyatini saqlash yoki rivojlantirish uchun zarur bo‘lsa va xarajatlarning tadbirkorlik faoliyati bilan bog‘liqligi asoslantirilgan bo‘lsa; qonunchilikning qoidalaridan kelib chiqsa. Download 18.11 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling