Soliq to‘lovchilar va soliq solish obyekti. 237-modda. Soliq to‘lovchilar


Download 18.11 Kb.
bet1/4
Sana03.02.2023
Hajmi18.11 Kb.
#1155807
  1   2   3   4
Bog'liq
Qo\'shilgan qiymat solig\'i


Soliq to‘lovchilar va soliq solish obyekti.
237-modda. Soliq to‘lovchilar
O‘zbekiston Respublikasida tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi va tovarlarni realizatsiya qiluvchi quyidagilar qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lovchilar deb e’tirof etiladi:
1) O‘zbekiston Respublikasining yuridik shaxslari;
2) tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromadi soliq davrida bir milliard so‘mdan oshgan yoxud ixtiyoriy ravishda qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lashga o‘tgan yakka tartibdagi tadbirkorlar;
3) O‘zbekiston Respublikasi hududida tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qiluvchi chet el yuridik shaxslari, agar tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilish joyi deb O‘zbekiston Respublikasi e’tirof etilsa;
4) faoliyatni O‘zbekiston Respublikasida doimiy muassasalar orqali amalga oshiruvchi chet el yuridik shaxslari;
5) oddiy shirkat shartnomasi (birgalikdagi faoliyat to‘g‘risidagi shartnoma) doirasida amalga oshiriladigan faoliyat bo‘yicha — oddiy shirkatning ishlarini yuritish vazifasi zimmasiga yuklatilgan ishonchli shaxs – oddiy shirkatning ishtirokchisi;
6) O‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali tovarlarni olib o‘tuvchi shaxslar. Mazkur shaxslar bojxona to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lovchilar deb e’tirof etiladi.
Qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha soliq majburiyatlari ushbu bo‘limda belgilangan hollarda va tartibda soliq agentlari tomonidan bajariladi.
Quyidagilar soliq to‘lovchilar deb hisoblanmaydi, bundan ushbu moddaning birinchi qismi 6-bandida nazarda tutilgan hollar mustasno:
1) davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari — o‘z zimmasiga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish doirasida. Bunda davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoki O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga asosan qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lovchilar deb e’tirof etilishi mumkin;
2) aylanmadan olinadigan soliqni to‘lovchi shaxslar.
Soliq to‘lovchilar soliq organlarida qo‘shilgan qiymat solig‘ini (bundan buyon ushbu bo‘limda soliq deb yuritiladi) to‘lovchi sifatida maxsus ro‘yxatdan o‘tkazish hisobida turadi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan quyidagilarning tartibi belgilanadi:
soliq organlarida soliq to‘lovchi sifatida maxsus ro‘yxatga olish hisobiga qo‘yilganlik to‘g‘risidagi guvohnomani (bundan buyon ushbu bo‘limda guvohnoma deb yuritiladi) berish;
guvohnomaning amal qilishini to‘xtatib turish, qayta tiklash, tugatish yoki uni bekor qilish;
guvohnoma o‘z vaqtida berilmaganligi yoki uni berish rad etilganligi yoxud guvohnomaning amal qilishi to‘xtatib turilganligi, tugatilganligi yoki uning bekor qilinganligi, shuningdek o‘z vaqtida qayta tiklanmaganligi munosabati bilan soliq organining qarori ustidan shikoyat qilish;
soliq to‘lovchi sifatida maxsus ro‘yxatga olish hisobidan chiqarish.

Download 18.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling