Soliq va soliqlarning turlari, usullari !


Download 5.04 Kb.
Sana08.11.2023
Hajmi5.04 Kb.
#1756680
Bog'liq
soliq

  • Reja:
  • 1. Soliq o’zi nima ?
  • 2. Soliqlarning turlari
  • 3. QQS
  • www.arxiv.uz
  • Soliq, davlat yoki mahalliy boshqaruv faoliyatini taʼminlash uchun davlat organlari tomonidan tashkilot va jismoniy shaxslardan yigʻib olinadigan toʻlovga aytiladi. Davlat byudjeti daromadlar qismining asosiy manbai soliqlar hisoblanadi. Shuningdek, soliq iqtisodiy turkum sifatida, sof daromadning bir qismini budjetga jalb qilish shakli boʻlib, moliyaviy munosabatlarning tarkibiy qismini tashkil qiladi.
  • SOLIQLARNING TURLARI — O’zbekiston hududida olinadigan umumdavlat soliqlari, mahalliy soliqlar va yig’imlardan iborat.
  • 1. Umumdavlat soliqlarining tarkibiga yuridik shaxslardan olinadigan daromad (foyda) solig’i,
  • 2. jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i,
  • 3. qo’shilgan qiymat solig’i,
  • 4. aksizlar,
  • 5. yer osti boyliklaridan,
  • 6. suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq kabilar kiradi. 7. Mahalliy soliqlar va yig’imlar mol-mulk solig’i, yer solig’i,
  • 8. reklama solig’i,
  • 9. avtotransport vositalarini sotganlik uchun soliq
  • savdo-sotiq qilish huquqi uchun yig’im, shu jumladan,
  • ayrim turdagi mahsulotlarni sotish huquqini beruvchi litsenziya yig’imlari, yuridik shaxslarni, shuningdek, tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanuvchi jismoniy shaxslarni ro’yxatga olganlik uchun yig’im, avtotransport to’xtash joyidan foydalanganlik uchun yig’im, obodonlashtirish ishlari uchun yig’imlardan iboratdir.
  • Qoʻshilgan qiymat soligʻi (QQS) – umumdavlat soliq turi; ishlab chiqarish va muo-mala jarayonlarining barcha bosqichlarida yaratilgan qoʻshilgan qiymatning bir qismini davlat byudjetiga olish shakli. Tovar va xizmatlardan olinadigan bilvosita (egri) soliqlar tarkibiga kiradi.
  • Qoʻshilgan qiymat soligʻiga tortiladigan aylanma mablagʻ soliq obyektining turiga qarab, oʻziga xos usulda aniqlanadi. Masalan, ishlab chiqarilgan tovarlar yuklab joʻnatiladigan qismining qiymati, amalga oshirilgan qurilish, taʼmirlash, ilmiy tadqiqot, konstruktorlik, texnologik, qayta taʼmirlash va boshqa shunga oʻxshash ishlar qiymati Qoʻshilgan qiymat soligʻiga tortiladi. Xizmatlar koʻrsatilganda esa transport vositalari yordamida bajarilgan ishlar qiymati, ijara, vositachilik haqi, infratuzilma, reklama va boshqa xizmatlar qiymati shu soliq obyekti boʻladi. Aksiz toʻlanadigan tovarlarni Qoʻshilgan qiymat soligʻisga tortishda uning obyekti joʻnatilgan aylanmaga aksiz soligʻining qiymati qoʻshilgan holda aniqlanadi. Oʻzbekiston Respublikasida Qoʻshilgan qiymat soligʻi asosan, 12,0 % li stavka boʻyicha undiriladi. Shuningdek, ijtimoiy ahamiyatga ega boʻlgan ayrim oziq-ovqat tovarlari boʻyicha Qoʻshilgan qiymat soligʻi kamaytirilgan stavkalarda toʻlanishi mumkin. Stavkalar va bunday tovarlarning roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
  • Etiborlaring uchun rahmat !
  • www.arxiv.uz

Download 5.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling