Soliq va soliqqa tortish“ fani
Mazkur fan bo’yicha bakalavr
Download 140 Kb.
|
O\'quv dasturi Soliq va soliqqa tortish 2022-23 Menejment
- Bu sahifa navigatsiya:
- Asosiy nazariy qism (ma’ruza mashg’ulotlari) II.I. Fan tarkibiga quyidagi mavzular kiradi: FANNING NAZARIY MASHG’ULOTLARI MAZMUNI.
Mazkur fan bo’yicha bakalavr:
“Soliq va soliqqa tortish” fanini o‘zlashtirish jarayonida talaba: - soliqlar va soliqqa tortish tizimining nazariy va huquqiy asoslari; - soliqlarning asosiy funksiyalari va soliqqa tortish usullari; - soliqlarning davlat byudjeti daromadlarini shakllantirishdagi o‘rni va ahamiyati; - Davlat soliq xizmati organlarining tarkibiy tuzilmasi va boshqaruv tizimi haqida tasavvurga ega bo‘lishi; - soliqlar elementlari va soliq munosabatlari subyektlari tushunchalari; - soliq munosabatlari subyektlarining huquq va majburiyatlari; - soliq imtiyozlari va ularni iqtisodiyotga ta’sirini tahlil qilish; - xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatida soliqlarga oid harajatlarni aniqlashni bilishi va ulardan foydalana olishi; - xo‘jalik subyektlari faoliyatida soliq rejimlarini to‘g‘ri tanlash; - soliq majburiyatlarini bajarishda elektron xizmatlar portalidan samarali foydalanish; - xo‘jalik yurituvchi subyektlar moliyaviy va iqtisodiy faoliyatida soliqlar bo‘yicha xarajatlarni optimallashtirish yuzasidan samarali boshqaruv qarorlarini qabul qilish; - moliyaviy natijalar va ularga soliqlarga oid ta’sir etuvchi omillarni hisoblash va tahlil qilish bo‘yicha ko‘nikmalar hamda malakaga ega bo‘lishi kerak. Shuningdek talaba Jamoada ishlash, kasbga oid mustaqil va tanqidiy fikrlash, muloqot madaniyati va xulosa chiqarish, fan topshiriqlarini vaqtida bajarish, jamlash va taqdim etish, berilgan mavzu bo‘yicha ma’lumotlarni izlab topish, taqdimot tayyorlash va uni o‘tkazish ko‘nikmalariga ega bo‘ladi. Asosiy nazariy qism (ma’ruza mashg’ulotlari) II.I. Fan tarkibiga quyidagi mavzular kiradi: FANNING NAZARIY MASHG’ULOTLARI MAZMUNI. 1-mavzu. Soliq va soliqqa tortish fanining predmeti, maqsad va vazifalari. “Soliqlar va soliqqa tortish” fanining maqsadi, predmeti va vazifalari. Fanning amaldagi soliqlar va soliqqa tortish tizimi bilan tanishtirishga qaratilganligi. Fanning asosiy maqsadi soliq turlari, soliqlarga tenglashtirilgan to’lovlar va ularning o’ziga xos jihatlari bo’yicha, hamda soliq funktsiyalari, tamoyillari va soliq elementlari haqida talabalarda ko’nikmalar hosil qilishdan iborat ekanligi.Soliqlarning iqtisodiy moxiyati va ahamiyati, hamda ularning iqtisodiyotda tutgan o’rni haqida. Mazkur fanni o’rganish jarayonida turli pedagogik texnologiyalardan faol usul, prezentatsiya, ishbilarmon o’yinlar, aqliy hujum va boshqa usullardan foydalanish. Shu bilan bir qatorda induktsiya va deduktsiya, tahlil va sintez, statistik jadvallar orqali fanning asosiy mohiyati ifoda etib berish. Download 140 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling