Soliq va soliqqa tortish“ fani


Download 140 Kb.
bet1/9
Sana29.04.2023
Hajmi140 Kb.
#1400984
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
O\'quv dasturi Soliq va soliqqa tortish 2022-23 Menejment


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA
MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
FARG’ONA POLITEXNIKA INSTITUTI





TASDIQLAYMAN”
FarPI rektori
O’.R.Salomov
___________________
2022-yil “____” ______

Soliq va soliqqa tortish“




FANINING O’QUV DASTURI

Bilim sohasi:


200000 – Ijtimoiy soxa, iqtisod va huquq

Ta’lim sohasi:




230000 – Iqtisod

Mutaxassislik:




60411200 – Menejment (tarmoqlar bo'yicha)




Farg’ona-2022


Fan/modul kodi
TaxT36

O‘quv yili
2022-2023

Semestr
4

ECTS-kreditlar
6

Fan/modul turi: Tanlov

Ta’lim tili:
O‘zbek

Xaftadagi dars soatlari:
6

1

Fan nomi

Auditoriya mashg’ulotlari (soat)

Mustaqil ta’lim (soat)

Jami yuklama (soat)

Soliq va soliqqa tortish

72

102

180

2



Fаnning аhаmiyati. “Soliq va soliqqa tortish” fani iqtisodiyot subyektlari faoliyati bo‘yicha boshqaruv qarorlarini qabul qilishda soliqlar va soliqqa oid masalalar bilan muntazam to‘qnashadigan malakali mutaxassislarning ma’lum ko‘nikmalarini hosil qilishlarida muhim ahamiyat kasb etadi.
“Soliq va soliqqa tortish” fani mustaqil kurs sifatida Menejment ta’lim yo‘nalishida ta’lim olayotgan studentlarga 4 semestrda o‘qitiladi. Ushbu fanni o‘zlashtirish mobaynida talabalar soliqlarning iqtisodiy kategoriya nuqtayi nazaridan mohiyatini, soliq siyosatini, soliq obyekti va subyektlarini, soliq stavkasi va imtiyozlari kabilarni o‘rganadilar. Menejment ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlarni tayyorlash o‘quv rejasida “Soliq va soliqqa tortish” o‘quv fani “tanlov fani” sifatida umumkasbiy fanlar turkumiga kiritilgan. Dastur O’zbekiston Respublikasi Davlat ta’lim standarti Menejment ta’lim yo’nalishi bo’yicha bakalavr tayyorlash mazmuni va saviyasining majburiy minimumiga bo’lgan talablarga muvofiq tuzilgan.


O’quv fanining maqsadi va vazifalari.
“Soliq va soliqqa tortish” fanini o‘qitishdan maqsad, talabalarni O‘zbekiston Respublikasining soliq va soliqqa tortish tizimi bilan yaqindan tanishtirib, ularning iqtisodiy bilimlarini chuqurlashtirish, xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini samarali boshqarishda olgan bilimlarini amaliy qo‘llay olish ko‘nikmalarini hosil qilishga qaratilgan.
Fan oldiga qo‘yilgan vazifalar asosan talabalarni soliq turlarini, soliq obyektlari, subyektlari, soliqni hisoblash yo‘llarini, uni undirish usullari, imtiyozlari, soliq organlariga hisob-kitoblarni taqdim etish tartibi, Davlat soliq xizmati organlarining tarkibiy tuzilmasi va boshqaruv tizimi, xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatida soliqlar bo‘yicha xarajatlarini tahlil qilish hamda ularni optimallashtirishga qaratilgan samarali boshqaruv qarorlarini qabul qilishni o‘rgatishdan iboratdir.
“Soliq va soliqqa tortish” fani mazkur sohada erishilgan asosiy yutuqlar, muammolar va uning rivojlanish istiqbollari haqida tasavvur hosil qilish, soliqlar va soliqqa tortish bo‘yicha maxsus bilimlarni, kasb faoliyati ko‘nikmalari va uquvlarini shakllantirishga qaratilgan. Shu bilan bir qatorda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan soliq islohotlarining tadrijiy rivojlanishi va Prezidentimiz tomonidan chiqarilayotgan farmon va qarorlarning ma’no-mohiyatini talabalar ongiga singdirishdan iboratdir.
Ta’lim natijalari va talablar

Download 140 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling