3-mavzu. Soliq munosabatlarining sub`ektlari, ularning xuquqlari va majburiyatlari
Soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni hisoblash hamda byudjetga to’lashda soliq to’lovchi sub’ektlarning huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi. Soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar ustidan soliq organlarining nazorati. Soliq nazorati usullari. Soliq tekshiruvlari. Soliq munosabatlarida yuridik javobgarlik masalalari. Soliqqa oid xuquqbuzarliklar uchun ma’muriy javobgarlik masalalari. Soliqqa oid qonunbuzarliklar uchun jinoiy javobgarlik masalalari. Soliq qonunchiligini buzilganida ko’riladigan moliyaviy choralar tartibi.
4-mavzu. Soliqlarning elementlari.
Soliq solish ob`ekti, soliq bazasi, soliq stavkasi, soliq davri, soliqni hisoblash chiqarish tartibi, soliq hisobotini taqdim etish tartibi, soliqni to`lash tartibi.
5-mavzu. Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’i.
Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’ining iqtisodiy mohiyati. Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’ining byudjet daromadlarida tutgan o’rni. Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’i to’lovchilari tarkibi. Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’ining soliq solish ob’ekti va bazasi. Soliqqa tortiladigan daromadni aniqlash tartibi.
Yuridik shaxslarning jami daromadlari tarkibi. Jami daromaddan chegirmalar. Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’i bo’yicha imtiyozlar. Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’i stavkalari. O’zi ishlab chiqargan tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni erkin almashtiriladigan valyutaga eksport qiluvchi korxonalarga soliq stavkalarining tabaqalanishi.
6-mavzu. QO’SHILGAN QIYMAT SOLIG’I
O’zbekistonda qo’shilgan qiymat solig’i joriy qilinishining iqtisodiy sabablari va ahamiyati. Qo’shilgan qiymat solig’i to’lovchilari tarkibi. Qo’shilgan qiymat solig’ining soliq solish ob’ekti va soliq solinadigan baza. Soliq ob’ektining tarkibi: tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning sotilishi bo’yicha aylanmalari; tovarlarning importi.
Qo’shilgan qiymat solig’i stavkalari. Nol darajali stavka bo’yicha soliq solish. Qo’shilgan qiymat solig’i bo’yicha imtiyozlar. Byudjetga to’lanadigan qo’shilgan qiymat solig’i summasini belgilash tartibi.
Do'stlaringiz bilan baham: |