Soliq va soliqqa tortish
Buxgalteriya schyotlarini turkumlanishi
Download 468.31 Kb. Pdf ko'rish
|
Rayxona 70 22 1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Asosiy aktiv schyotlarning ta’rifi
2.Buxgalteriya schyotlarini turkumlanishi.
Iqtisodiy mohiyatiga ko‘ra a)Asosiy schyotlar. Asosiy schyotlar mablag‘lar turlarining (aktiv) mavjudligi va harakati ustidan hamda ularning manbalarini (passiv) nazorat kilish uchun ishlatiladi. Barcha asosiy schyotlarda korxonalar mulkining hisobga olinishi amalga oshiriladi. Asosiy schyotlarning xususiyati shundan iboratki, agar ularda qoldiq mavjud bo‘lsa, ularning hammasi balans tarkibiga kiritiladi. O‘zining tuzilishi va kanday maqsadga mo‘ljallanganligiga qarab asosiy schyotlar asosiy aktiv, asosiy passiv schyotlarga bo‘linadi. 10 Asosiy aktiv schyotlarning ta’rifi Tartibga soluvchi schyotlar Tartibga soluvchi schyotlar mablag‘larning baholanishi yoki mablag‘lar manbalarining summalarini tuzatish (korrektivlash) uchun mo‘ljallangan. Bu erda tuzatish joriy buxgalteriya hisobi tizimidagi asosiy schyotlardan tashqari u bilan bog‘langan alohpda echyot kiritish va uning summasini mazkur ob’ektning kattakichikligini topish maqsadida asosiy schyotning summasidan ayirish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Tartibga soluvchi schyotlardan foydalanish hisob ob’ektlarini har tomonlama tavsiflovchi real hisob ma’lumotlarnni olish zaruriyatidan kelib chiqqan. Tartibga soluvchi schyotlar tegishli ob’ektlar bo‘yicha har bir ob’ektni ikki xil summada (baholanishda) aks ettiruvchi ikki ko‘rsatkichga ega bo‘lishlik imkoniyatini beradi. Tartibga soluvchi schyotlar kontrar, to‘ldiruvchi va kontrarto‘ldiruvchi schyotlarga bo‘linadi. 11 Kontrar schyotlar tartibga solinuvchi ob’ektlarning haqiqiy hajmini tartibga soluvchi summani ushbu ob’ektning dastlabki baholanishidan ayirib tashlash yo‘li bilan aniqlash uchun xizmat qiladi. Ularning ikki turi bo‘ladi: kontraktiv va kontrpassiv. Kontraktiv schyotlar asosiy aktiv schyotlarga qarama-qarshi qo‘yiladi va passiv hisoblanadi. Kontrpassiv schyotlar, aksincha, asosiy passiv schyotlarga qarama- qarshi qo‘yiladi va aktiv hisoblanadi. Kontraktiv schetga misol kilib «Asosiy vositalarning eskirishi» schyotini olish mumkin. Bu schyot yordamida olinadigan ko‘rsatkichlar xususiyatini aniqlash uchun u bilan bog‘liq bo‘lgan boshlang‘ich qoldiq summani «Asosiy vositalar» schyotini olamiz. Download 468.31 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling