Soliq va soliqqa tortish
Kontraktiv schyotlar ta’rifi
Download 468.31 Kb. Pdf ko'rish
|
Rayxona 70 22 1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kontrpassiv schyotlarning ta’rifi
Kontraktiv schyotlar ta’rifi
SHartli belgilar: A - tartibga solinuvchi moddaning boshlang‘ich qiymati B - boshlang‘ich baholanishdan ayirib tashlanadigan tartibga soluvchi moddaning summasi V - tartibga solinadigan moddaning haqikiy summasi. Kontraktiv schyotlar tarkibiga 0200 «Asosiy vositalarning eskirishini hisobga oluvchi schyotlar», 0500 «Nomoddiy aktivlar amortizatsiyasini hisobga oluvchi schyotlar», 2980 «Savdo ustamasi», 4910 «Dargumon qarzlar bo‘yicha rezerv» schyotlari kiradi. Kontrpassiv schyotlar katoriga yangi schyotlar rejasi bo‘yicha 8600 «Sotib olingan o‘z aksiyalari», 9040 «Sotilgan tovarni qaytarish» va 9050 «Xaridor va buyurtmachilarga berilgan chegirmalar» schyotlari kiritilgan. 12 Kontrpassiv schyotlarining tuzilishini 8600 «Sotib olingan xususiy aksiyalar hisobi schyotlari» misolida ko‘rib chihamiz. Bu schyot 8310 «Oddiy aksiyalar» va 8320 «Imtiyozli aksiyalar» schyotlariga nisbatan kontrpassiv bo‘lib aksioner jamiyatining aksiyadorlik kapitalini kamayishini ko‘rsatadi va balansda ko‘rsatiladigan ustav kapitalining umumiy jamidan chegiriladigan summa hisoblanadi. Kontrpassiv schyotlarning ta’rifi SHartli belgilar: G - tartibga solinuvchi moddaning boshlang‘ich summasi D - boshlang‘ich summadan ayirib tashlanadigan tartibga soluvchi moddaning summasi E - tartibga solinuvchi moddaning haqikiy summasi Schyotlarni tayinlanishi va tarkibiga ko‘ra turkumlanishi. Yig‘ib taqsimlovchi schyotlar. Taqsimlovchi schyotlar korxonvalarining ba’zi xarajatlari ustidan nazorat qilish va ulariing to‘g‘ri taqsimlanishini ta’minlash (shu jumladan, ayrim faoliyat tannarxini ham aniqlash) uchun taynilangan. Yig‘ib-taqsimlovchi schyotlar u yoki bu xo‘jalik jarayonlari bo‘yicha xarajatlarni, ularni keyiichalik taqsimlash maqsadida yig‘ish uchun qo‘llaniladi. Ular aktiv schyotlardir, chunki ularda mablag‘lar (xarajatlar) harakati hisobga olinadi. Bu schyotlarda yigiladigan summalar mazkur ob’ekt bo‘yicha barcha xarajatlar hisobga olinadigan schyotlarga o‘tkaziladi (hisobdan chiqariladi). Yig‘ib 13 taqsimlovchi schyotlar ikki sababdan zarurdir: eng avvalo, ba’zi xarajatlarni bir nechta ob’ektlar o‘rtasida taqsimlash kerak bo‘ladi. Bular egri (bilvosita) xarajatlar bo‘lib, ularga umumishlab chiqarish xarajatlari kiradi. Bu erda biz «Umumishlab chiqarish xarajatlari» schyotini mukammal ko‘rib chiqamiz. Uning debetida umuman ishlab chiqarishga xizmat qilish va uni boshqarish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar yig‘iladi. Kreditida esa ularning summalari tegishli xarajatlarga kiritish maqsadida, faoliyat turlari bo‘yicha schyotlarga o‘tkaziladi (hisobdan chiqariladi). Bunda umumishlab chiqarish xarajatlarining katta qismi «Asosiy ishlab chiqarish» schyotiga o‘tkaziladi, ya’ni mahsulot tannarxiga kiritiladi. Umumishlab chiqarish xarajatlari hisobot davrining oxirida hisobdan chiqariladi va taqsimlanadi, bunda debetda yig‘ilgan hamma summa hisobdan chiqarilib, hisobot davrining oxiriga hech qanday qoldiq bo‘lmaydi. Download 468.31 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling