Soliq va soliqqa tortish
Asosiy tayanch tushunchalar
Download 97.47 Kb.
|
Kenjayev iqtisod nazira mustaqil ish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Taklif
- Taklif qonuni
- Daromad samarasi
- Engel qonuni
Asosiy tayanch tushunchalar:
Talab – iste‘molchi ma‘lum vaqtda narxlarning har bir darajasida sotib olishga qodir bo’lgan tovarlar va xizmatlar miqdoridir. Talab egri chizig’i – narx va talabning hajmi o’rtasidagi teskari bog’liqlikni ko’rsatadigan tushunchadir. Talab qonuni – tovarlar narxi bilan uning sotib olinadigan miqdori o’rtasidagi teskari yoki qarama-qarshi bog’liqlikni ifodalaydi. Taklif – ishlab chiqaruvchi ma‘lum vaqtda ishlab chiqarishga qodir bo’lgan, narxning har bir darajasida bozorga sotishga chiqaradigan tovarlar miqdoridir. Taklif egri chizig’i – narx va taklifning hajmi o’rtasidagi to’g’ridan-to’g’ri bog’liqlikning grafikdagi tasviridir. Taklif qonuni – narx bilan sotishga chiqariladigan tovarlar miqdori o’rtasidagi bevosita yoki to’g’ridan-to’g’ri bog’liqlikni ifodalaydi. Taklif (talab)ning egiluvchanligi – narx bir foiz o’zgarganda talab necha foiz o’zgarishini ko’rsatadi. Bu talabning narx bo’yicha o’zgaruvchanligi ham deyiladi. Daromad samarasi – narx pasayganda iste‘molchi pul daromadlarining sotib olish layoqatining ortishidir. Talab miqdori va hajmi faqat narxga bog’liq bo’lib qolmasdan, bir qator omillar ham ta‘sir qiladi: 1. Iste‘molchilarning didi, ya‘ni tovarlar va xizmatlarni sotib olishga yoki olmaslikka moyilligi yoki moyil emasligidir. 2. Bozor iste‘molchilarning soni. 3. Iste‘molchilarning daromadlari 4. Bir-biriga bog’liq tovarlarning narxi 5. Kelajakda narx va daromadlarning o’zgarishi ehtimoli. Ana shu omillar o’zgarishi talab hajmining o’zgarishiga qanday ta‘sir ko’rsatishga harakat qilamiz: 1. Biron-bir tovarga iste‘molchining didida ijobiy o’zgarish ro’y bersa, narxning tegishli darajasida unga bo’lgan talab ortadi va aksincha bo’ladi. 2. Bozorda iste‘molchilar soni ko’paysa, talab ortadi, iste‘molchilarning soni kamaysa talab qisqaradi. Masalan, aloqa vositalarining takomillashuvi xalqaro moliyaviy bozor doirasini, undagi qimmatli qog’ozlarning oldi-sotdi jarayonlarida ishtirok etuvchilar sonini mislsiz kamaytiradi hamda aktsiya va obligatsiya kabi moliyaviy aktivlarga bo’lgan talabning o’sishiga olib keladi. Tug’ilish darajasining pasayishi bolalar bog’chasi va maktabga bo’lgan talabni kamaytiradi. 3. Pul daromadi o’zgarishining talab hajmiga ta‘siri boshqa omillarga qaraganda ancha murakkab. Daromad yuqori bo’lsa, iste‘molchilar yuqori sifatli tovarlarni xarid qiladilar va aksincha. Masalan, non, kartoshka o’rnida go’sht, asal va sut maxsulotlari xarid qilinadi. Daromadning o’zgarishi bilan talab miqdori to’g’ri bog’liqlikda o’zgaradigan tovarlar oliy toifali tovarlar deyiladi. Daromadlar o’zgarishi bilan talab miqdori teskari bog’liqlikda o’zgaradigan tovarlar past toifali tovarlar deyiladi. Iste‘molchilar daromadi va ular tomonidan sotib olinadigan tovarlar miqdori o’rtasidagi bog’liqlik nemis iqtisodchisi va statisti Ernst Engel (1821-1896) tomonidan chuqur tadqiq etilgan. Shunga ko’ra, iste‘molchi daromadi bilan u tomonidan sotib olinishi mumkin bo’lgan tovarlar miqdori o’rtasidagi o’zaro bog’liqlik Engel qonuni deyiladi. Haqiqatan ham, aholi daromadlari o’sib borishi bilan tovarlar ko’proq xarid qilinadi, daromadlar pasaysa (kamaysa) xarid qilish ham pasayadi. Past toifali tovarlar uchun Engel egri chizig’i pasayuvchi ko’rinishda bo’lib, daromadlar oshib borishi bilan iste‘molchilar ularni kamroq miqdorda sotib oladilar. Agar tovarning iste‘moli daromad darajasiga bog’liq bo’lmasa, u xolda Engel egri chizig’i tik holda bo’ladi. Download 97.47 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling