Soliq xavfini boshqarish, soliq xavfi mavjud soliq to‘lovchilarni (soliq agentlarini) aniqlash va soliq tekshiruvlarini tashkil etish va o‘tkazish to‘G‘risida


-bob. Soliq xavfini tahlil qilish tartibi


Download 383.82 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/72
Sana09.01.2022
Hajmi383.82 Kb.
#267685
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   72
Bog'liq
1-сон 07.01.2021. Soliq xavfini boshqarish, soliq xavfi mavjud soliq to‘lovchilarni (soliq agentlarini) aniqlash va soliq tekshiruvlarini tashkil etish va o‘tkazish to‘g‘risida

2-bob. Soliq xavfini tahlil qilish tartibi

5. Soliq xavfini tahlil qilish va natijalarini baholash dasturiy mahsulotni qo‘llash orqali amalga oshiriladi.

6.  Soliq  xavfini  tahlil  qilish  maqsadida  ushbu  Nizomning  7-bandida  nazarda  tutilgan  manbalardan  olingan  ma’lumotlar  asosida

quyidagi ko‘rsatkichlardan foydalaniladi:

xarajatlar va daromadlar miqdori, ularning dinamikasi, soliq majburiyatlari o‘z vaqtida bajarilishi, joriy soliq davrida hisoblangan

soliqlarning avvalgi soliq davrlarida hisoblangan soliqlar miqdoriga muvofiqligi (kamayishi, ko‘payishi);

davlat organlari va tashkilotlar tomonidan soliq organlariga taqdim etilgan ma’lumotlardagi ko‘rsatkichlarning soliq to‘lovchilarning

soliq va moliyaviy hisobotlaridagi ko‘rsatkichlariga muvofiqligi;

foydalanilgan soliq imtiyozlarining soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiqligi;

sof  foydaning  sof  tushumga  (tovarlar  va  xizmatlar  realizatsiya  qilishda  olingan  daromad  aksiz  va  qo‘shilgan  qiymat  solig‘isiz

hisoblangan  summa)  nisbati  sifatida  aniqlanadigan  rentabellik  ko‘rsatkichi  hamda  sof  foydaning  xarajatlarga  nisbati  kabi  rentabellik

ko‘rsatkichi.

7. Soliq xavfi quyidagi manbalardan olingan ma’lumotlar asosida tahlil qilinadi:

soliq to‘lovchilar tomonidan taqdim etilgan soliq va moliyaviy hisobotlar, shuningdek, soliq to‘lovchilarning shaxsiy kartochkalarida

aks ettirilgan ma’lumotlar;

O‘zbekiston  Respublikasining  Soliq  kodeksi  (keyingi  o‘rinlarda  —  Soliq  kodeksi),  O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  “Yashirin

iqtisodiyotni  qisqartirish  va  soliq  organlari  faoliyati  samaradorligini  oshirish  bo‘yicha  tashkiliy  chora-tadbirlar  to‘g‘risida”  2020-yil  30-

oktabrdagi  PF-6098-son  Farmoni  hamda  “O‘zbekiston  Respublikasi  davlat  soliq  xizmati  idoralari  axborot-kommunikatsiya  tizimi  faoliyati

samaradorligini  yanada  oshirish  chora-tadbirlari  to‘g‘risida”  2012-yil  30-oktabrdagi  PQ-1843-son  qaroriga  asosan  davlat  organlari,

muassasalar va tashkilotlar tomonidan soliq organlariga taqdim etilgan ma’lumotlar;

xorijiy mamlakatlarning vakolatli organlari tomonidan o‘zaro axborot almashish borasida tuzilgan bitimlar doirasida taqdim etilgan

ma’lumotlar;

ommaviy axborot vositalaridan olingan ma’lumotlar;

o‘tkazilgan soliq tekshiruvlari materiallaridagi ma’lumotlar;

sud  va  huquqni  muhofaza  qiluvchi  organlar  tomonidan  soliqqa  oid  huquqbuzarliklar  bo‘yicha  aniqlangan  ma’lumotlar  (hukm,

qaror, ajrim, hal qiluv qarori va boshqa hujjatlar);

soliqqa oid huquqbuzarlik faktlari to‘g‘risida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari;

statistika organlaridan olingan ma’lumotlar;

qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalardan olingan ma’lumotlar.


Download 383.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling