5. Soliq organlari soliq tekshiruvlarining quyidagi turlarini o‘tkazadi:
6. Kameral soliq tekshiruvi — soliq to‘lovchilar (soliq agentlari) tomonidan soliqlar va yig‘imlar (keyingi o‘rinlarda — soliqlar) to‘g‘ri
hisoblanishini, o‘z vaqtida va to‘liq budjet tizimiga to‘lanishini tekshirish maqsadida soliq to‘lovchi, soliq agentlari (keyingi o‘rinlarda —
soliq to‘lovchi deb yuritiladi) tomonidan taqdim etilgan soliq hisobotlarini va (yoki) soliq organida mavjud bo‘lgan soliq to‘lovchining
faoliyati to‘g‘risidagi boshqa ma’lumotlarni o‘rganish va tahlil qilish asosida soliq organi tomonidan o‘tkaziladigan tekshiruv hisoblanadi.
Qo‘shilgan qiymat solig‘ini qoplash bilan bog‘liq bo‘lgan kameral soliq tekshiruvi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
2020-yil 14-avgustdagi 489-son qarori bilan tasdiqlangan Qo‘shilgan qiymat solig‘i summasi o‘rnini qoplash tartibi to‘g‘risidagi nizom asosida
belgilanadi.
7. Sayyor soliq tekshiruvi — soliq organlari tomonidan soliqlarni hisoblab chiqarish va to‘lash sohasida soliq to‘lovchilarning ayrim
majburiyatlarini, shuningdek, soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida belgilangan boshqa majburiyatlarini bajarish bo‘yicha o‘tkaziladigan
tekshiruv bo‘lib, unda hisobga olish hujjatlarining, tovar-moddiy qimmatliklar va pul mablag‘lari harakatining, shuningdek, soliq
to‘lovchining faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa axborotning tahlili o‘tkaziladi.
8. Soliq auditi — soliq to‘lovchining (soliq agentining) muayyan davrdagi moliya va soliq hisobotlarining soliq to‘g‘risidagi qonun
hujjatlariga barcha jihatlardan muvofiqligi va haqqoniyligini, soliq solish maqsadlarida buxgalteriya hisobi va soliq solish maqsadlarida
hisobga olishda soliq majburiyatlarining to‘g‘ri shakllantirilishi va aks ettirilishini soliq organi tomonidan o‘tkaziladigan o‘rganish orqali
soliqlarni to‘g‘ri hisoblash va to‘lashning to‘g‘riligini tekshirishdir.
9. Sayyor soliq tekshiruvi va soliq auditi Tekshiruvlarni elektron ro‘yxatga olish yagona tizimi orqali O‘zbekiston Respublikasi
Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakilni xabardor qilgan
holda amalga oshiriladi, davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi jismoniy shaxslarni tekshirish bundan
mustasno.
Soliq to‘lovchilarda o‘tkazilgan tekshiruv natijalari soliq organlari tomonidan tekshiruv tugatilganidan keyin uch kun ichida
Tekshiruvlarni elektron ro‘yxatga olish yagona tizimiga kiritiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: