Soliq xavfini boshqarish, soliq xavfi mavjud soliq to‘lovchilarni (soliq agentlarini) aniqlash va soliq tekshiruvlarini tashkil etish va o‘tkazish to‘G‘risida


Download 383.82 Kb.
Pdf ko'rish
bet16/72
Sana09.01.2022
Hajmi383.82 Kb.
#267685
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   72
Bog'liq
1-сон 07.01.2021. Soliq xavfini boshqarish, soliq xavfi mavjud soliq to‘lovchilarni (soliq agentlarini) aniqlash va soliq tekshiruvlarini tashkil etish va o‘tkazish to‘g‘risida

kameral soliq tekshiruvini o‘tkazishda:

ushbu Nizomning 6-bobi 3-paragrafida ko‘rsatilgan tartibda soliq to‘lovchining hududlari va binolarini ko‘zdan kechirish;

soliq tekshiruvlarini o‘tkazish chog‘ida soliq to‘lovchini yozma bildirish asosida soliq organiga u tomonidan soliqlarni to‘lash (ushlab

qolish va o‘tkazish) yuzasidan yoxud soliq tekshiruvi bilan bog‘liq ravishda tushuntirishlar berishga chaqirish;

tekshirilayotgan  soliq  to‘lovchining  faoliyatiga  taalluqli  bo‘lgan  hujjatlarni  (axborotni)  uchinchi  shaxslardan  talab  qilib  olish  zarur

bo‘lgan  hollarda  ushbu  hujjatlarni  (axborotni)  soliq  to‘lovchining  kontragentidan  yoki  hujjatlarga  (axborotga)  ega  bo‘lgan  boshqa

shaxslardan talab qilib olish;



tovarlarning  (xizmatlarning)  bitimdagi  narxi  bozor  narxidan  past  yoki  yuqori  bo‘lgan  hollarda,  tegishli  soliqlar  bo‘yicha  soliq

bazasiga tuzatish kiritish;

kameral soliq tekshiruvi jarayonida tekshirilayotgan soliq to‘lovchi tomonidan soliq organi talab qilgan hujjatlar so‘rovnoma olingan

kundan  e’tiboran  besh  kun  ichida  taqdim  etilmaganda,  Soliq  kodeksining  111-moddasiga  asosan  soliq  to‘lovchining  banklardagi

hisobvaraqlari bo‘yicha operatsiyalarini to‘xtatib turish to‘g‘risida qaror qabul qilish;

sayyor soliq tekshiruvini o‘tkazishda:

soliq  to‘lovchilar  tomonidan  aholi  bilan  hisob-kitoblarni  amalga  oshirishda  savdo  va  xizmat  ko‘rsatish  qoidalariga  rioya  etilishini,

shu jumladan, nazorat-kassa texnikasi va hisob-kitob terminallarining qo‘llanilishini tekshirish;

profilaktika tadbirlarini o‘tkazish;

soliq to‘lovchining tekshiruv bilan bog‘liq, shu jumladan, elektron axborot jismlarida saqlanadigan hisob hujjatlari va axborotni talab

qilib olish va o‘rganish;

soliq to‘lovchining hududlari va binolarini, shuningdek, hujjatlar va buyumlarini, shu jumladan, soliq to‘lovchi daromad olish uchun

foydalanadigan  yoxud  soliq  solish  obyektlarini  saqlash  bilan  bog‘liq  joylarni  ushbu  Nizomning  6-bobi  3-paragrafida  belgilangan  tartibda

ko‘zdan kechirish;

videotasvirga olish moslamalaridan majburiy foydalangan holda mustaqil ravishda nazorat xaridini amalga oshirish;

asosiy vositalar, tovar-moddiy boyliklar, pul mablag‘lari va hisob-kitoblarni inventarizatsiyadan o‘tkazish;

soliq solish obyektlari va soliq solish bilan bog‘liq obyektlar hisobga qo‘yilishi ustidan soliq nazoratini amalga oshirish;

xronometraj ko‘zdan kechirishni o‘tkazish;

sotilayotgan tovarlar narxini va ko‘rsatilayotgan xizmatlar haqini sun’iy ravishda oshirish yoki pasaytirishni tekshirish;

soliq to‘lovchi ishchi-xodimlari haqiqiy sonining ularning soliq hisobotidagi aks ettirilgan soniga muvofiqligini tekshirish;

bozorlar,  savdo  komplekslari  hududlarida  va  ularga  tutash  bo‘lgan  avtotransport  vositalarini  vaqtincha  saqlash  joylarida  soliq

to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini tekshirish;

yer qa’ridan foydalanuvchi soliq to‘lovchilar tomonidan haqiqatda qazib olingan foydali qazilmalar hajmini tekshirish;

banklar  tomonidan  soliq  to‘lovchilarning  to‘lov  topshiriqnomalari  va  soliq  organlarining  inkasso  topshiriqnomalari  o‘z  vaqtida

bajarilishini tekshirish;

valyutani  tartibga  solish  to‘g‘risidagi  qonun  hujjatlariga  rezidentlar  va  norezidentlar  tomonidan  rioya  etilishi  yuzasidan

tekshiruvlarni amalga oshirish;

aktivlar va majburiyatlarni inventarizatsiyadan o‘tkazish;

avtotransport  vositalarida  tashilayotgan  tovarlarga  belgilangan  tartibda  rasmiylashtirilgan  tovar-kuzatuv  hujjatlari  mavjudligini

tekshirish;

soliq auditini o‘tkazishda:

ko‘rsatilgan  obyektlar  to‘g‘risidagi  aniq  ma’lumotlarning  tekshirilayotgan  shaxs  tomonidan  taqdim  etilgan  hujjatlarga  asoslangan

ma’lumotlarga  muvofiqligini  aniqlash  maqsadida  tekshirilayotgan  shaxsning  tadbirkorlik  faoliyatini  amalga  oshirish  uchun

foydalaniladigan hududlarini yoki binosini yoxud soliq solish obyektlarini ko‘zdan kechirish;

tekshirilayotgan shaxsdan soliq tekshiruvi uchun zarur bo‘lgan hujjatlarni talab qilib olish;

soliq tekshiruvlarini o‘tkazuvchi shaxs soliq to‘lovchining faoliyatiga taalluqli hujjatlarga (axborotga) ega bo‘lgan kontragentdan yoki

boshqa shaxslardan ushbu hujjatlarni (axborotni) talab qilib olish;

soliqlarni  hisoblab  chiqarish  bilan  bog‘liq  hujjatlarni,  buyumlarni  va  elektron  axborot  saqlovchi  jismlarni  (soliqqa  oid  axborotni

saqlovchi moslamalar, shu jumladan, kompyuterning qattiq diski, noutbuklar va boshqalar) Soliq kodeksining 148-moddasida  belgilangan

tartibda olib qo‘yish;

agar bitimning narxi tovarlarning (xizmatlarning) bozor qiymatidan past yoki yuqori bo‘lsa, tegishli soliqlar bo‘yicha soliq bazasiga

tuzatish kiritish.

Soliq organlari qonunga muvofiq boshqa huquqlarni ham amalga oshirishi mumkin.

20. Soliq tekshiruvlarini o‘tkazishda soliq organlari mansabdor shaxslari quyidagilarga majbur:



sayyor soliq tekshiruvini o‘tkazishda:

soliq to‘lovchiga o‘z xizmat guvohnomasini ko‘rsatish;

soliq to‘lovchini soliq tekshiruvi maqsadi, uning huquqlari va majburiyatlari bilan tanishtirish;

soliq tekshiruvini tayinlash to‘g‘risidagi buyruqning bir nusxasini soliq to‘lovchiga taqdim etishi;

o‘tkazilgan soliq tekshiruvi natijalari bo‘yicha soliq tekshiruvi dalolatnomasini tuzish va bir nusxasini soliq to‘lovchiga taqdim etish;

o‘tkazilgan soliq tekshiruvlarining natijalari tekshiruv tamomlangandan keyin uch kun ichida Tekshiruvlarni elektron ro‘yxatga olish

yagona tizimiga kiritilishini ta’minlash;

soliq auditi boshlangunga qadar:

soliq to‘lovchini yoki uning vakilini soliq tekshiruvi maqsadi bilan tanishtirish, unga o‘z xizmat guvohnomasi ko‘rsatish;

soliq tekshiruvini tayinlash to‘g‘risidagi buyruqning bir nusxasini soliq to‘lovchiga taqdim etish;

soliq to‘lovchining huquq va majburiyatlarini tushuntirish.

Soliq organlari mansabdor shaxslarining zimmasida qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin.


Download 383.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling