Soliq xavfini boshqarish, soliq xavfi mavjud soliq to‘lovchilarni (soliq agentlarini) aniqlash va soliq tekshiruvlarini tashkil etish va o‘tkazish to‘G‘risida
-§. Nazorat kassa texnikasi va hisob-kitob terminallari qo‘llanilishini tekshirish
Download 383.82 Kb. Pdf ko'rish
|
1-сон 07.01.2021. Soliq xavfini boshqarish, soliq xavfi mavjud soliq to‘lovchilarni (soliq agentlarini) aniqlash va soliq tekshiruvlarini tashkil etish va o‘tkazish to‘g‘risida
4-§. Nazorat kassa texnikasi va hisob-kitob terminallari qo‘llanilishini tekshirish
77. Nazorat-kassa texnikasi va hisob-kitob terminallari qo‘llanilishini tekshirish bevosita soliq to‘lovchi savdo yoki xizmatlar amalga oshirilayotgan joyda o‘tkaziladi. Nazorat-kassa texnikasi va hisob-kitob terminallari qo‘llanilishini tekshirish nazorat xaridini amalga oshirish yo‘li bilan ham o‘tkazilishi mumkin. 78. Nazorat-kassa texnikasi va (yoki) hisob-kitob terminallari qo‘llanilishi nazoratini amalga oshirishda, jumladan, quyidagilar tekshiriladi: soliq to‘lovchi tomonidan foydalanilayotgan nazorat-kassa texnikasi va hisob-kitob terminali tegishli qonun hujjatlari talablariga muvofiqligi; xaridorlarga nazorat-kassa texnikasi cheki yoki unga tenglashtirilgan boshqa hujjatlar berilishi; bank kartalari orqali to‘lovlar qabul qilinishi, xaridorlarga hisob-kitob terminallari cheki va nazorat-kassa texnikasi cheki berilishi; sotilayotgan tovarlar narxini hamda ko‘rsatilayotgan haqini naqd pul mablag‘lari yoki bank kartalar bo‘yicha to‘lash shakliga qarab ularni sun’iy ravishda oshirish yoki pasaytirish masalalari. 79. Nazorat xaridini amalga oshirishda quyidagi shaxslar jalb qilinishi mumkin: soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etilganligi to‘g‘risida murojaat qilgan jismoniy shaxs (yuridik shaxsning vakili); “xolis xaridor” xizmatini ko‘rsatuvchi yuridik shaxs ishchi-xodimlari; O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan belgilangan tartibda fuqarolik tusidagi shartnomalar asosida soliq organlari tomonidan jalb qilingan jismoniy shaxslar; Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi vakillari. Sayyor soliq tekshiruvini o‘tkazishda nazorat-kassa texnikasi va hisob-kitob terminallari qo‘llanilishi bo‘yicha ko‘rsatma berish uchun tovar yoki xizmatni xarid qilgan, tekshiruv natijasidan manfaatdor bo‘lmagan har qanday mustaqil voyaga yetgan va soliq nazoratini amalga oshirish uchun ahamiyatga ega holatlar o‘ziga ma’lum bo‘lgan shaxslar jalb qilinishi mumkin. 80. Sayyor soliq tekshiruvida soliq organlarining tekshiruvchi mansabdor shaxslari tomonidan nazorat xaridi jarayonini videotasvirga olish uchun videotasvirga olish moslamalaridan majburiy foydalanish sharti bilan mustaqil ravishda nazorat xaridi amalga oshirilishi mumkin. 81. Nazorat xaridini amalga oshirgan shaxslar sotib olingan tovarlarni nazorat xaridi yakunlanishi bilan soliq organining sayyor soliq tekshiruvini o‘tkazuvchi mansabdor shaxslariga topshirishi shart. 82. O‘tkazilgan nazorat xaridi natijasi bo‘yicha ushbu Nizomga 9-ilovaga muvofiq shaklda bayonnoma rasmiylashtiriladi va sayyor soliq tekshiruvini o‘tkazuvchi mansabdor shaxs, nazorat xaridini amalga oshirgan shaxs va tekshirilayotgan shaxs tomonidan imzolanadi. Nazorat xaridini o‘tkazish bayonnomasining bir nusxasi soliq to‘lovchiga bayonnoma nusxasini olganligini tasdiqlovchi imzo qo‘ydirgan holda beriladi. Bunda soliq to‘lovchi nazorat xaridini o‘tkazish bayonnomasiga imzo chekishdan va (yoki) uning nusxasini olishdan bosh tortgan hollarda, sayyor soliq tekshiruvini o‘tkazuvchi mansabdor shaxs tomonidan bayonnomaga bu haqida tegishli yozuv kiritiladi. 83. Nazorat xaridini o‘tkazishda naqd pul mablag‘lari va bank plastik kartalaridagi mablag‘lardan ham foydalanish mumkin. Nazorat xaridini o‘tkazishda foydalanish uchun naqd pul mablag‘lari Davlat soliq qo‘mitasining Moddiy yordam, ijtimoiy himoya, soliq organlarini rivojlantirish va ko‘zda tutilmagan xarajatlar maxsus jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan ajratiladi. Sayyor soliq tekshiruvini o‘tkazuvchi mansabdor shaxs nazorat xaridini o‘tkazish uchun naqd pul mablag‘larini tegishli soliq organi kassasidan oladi. Naqd pul mablag‘larini sayyor tekshiruvini o‘tkazish uchun mansabdor shaxsga berishda ularning qiymati, banknota seriyasi va raqamlari alohida varaqda qayd etilib, chiqim kassa orderiga ilova qilinadi. Mazkur varaq nusxasi sayyor soliq tekshiruvini o‘tkazuvchi mansabdor shaxsga beriladi. 84. Nazorat xaridi o‘tkazilib va o‘zaro hisob-kitoblar yakunlangach nazorat xaridini o‘tkazishda foydalanilgan pul mablag‘lari tekshirilgan soliq to‘lovchi (uning vakili) tomonidan sayyor soliq tekshiruvini o‘tkazuvchi mansabdor shaxsga qaytariladi, xarid qilingan tovarlar soliq to‘lovchiga (uning vakili) qaytarib berilishi shart, bundan qaytarish imkoni bo‘lmagan hamda qonun hujjatlariga muvofiq olib qo‘yilishi lozim bo‘lgan nazorat xaridi predmetlari mustasno. Sayyor soliq tekshiruvi yakunlangandan so‘ng nazorat xaridini o‘tkazishda foydalanish uchun olingan naqd pul mablag‘lari bir kun ichida tegishli soliq organi kassasiga to‘liq hajmda topshiriladi. Pul mablag‘larining qiymati, banknota seriyasi va raqamlari yozilgan varaq nusxasi kirim kassa orderiga ilova qilinadi. 85. Soliq organlariga nazorat-kassa texnikasi yoki hisob-kitob terminallarini qo‘llash bilan bog‘liq soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilishi haqida jismoniy shaxslardan tushgan murojaatlarga videoyozuvlar ilova qilinganda nazorat xaridini amalga oshirish talab qilinmaydi. Jismoniy shaxslardan tushgan videoyozuvlar ilova qilingan murojaatlarni ko‘rib chiqish natijalari soliq organi tomonidan sayyor soliq tekshiruvi natijasi bo‘yicha tuziladigan dalolatnomada aks ettiriladi, bunda ushbu Nizomning 82-bandida ko‘rsatib o‘tilgan bayonnoma tuzilmaydi. 86. Jismoniy shaxslar tomonidan soliq organlariga taqdim qilingan soliq to‘lovchilar tomonidan soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilishi to‘g‘risidagi videoyozuvlar quyidagi talablarga mos bo‘lishi kerak: videofaylning namoyish etish imkoniyati 720×480 pikseldan kam bo‘lmasligi; videoyozuv davomiyligi 30 sekunddan kam bo‘lmasligi va 10 daqiqadan oshmasligi; videoyozuv ma’lumotlarida sana va vaqt ko‘rsatilishi. Soliq organlari jismoniy shaxslar tomonidan amalga oshirilgan videotasvirlarni soliqqa oid huquqbuzarliklar holati aniqlangan kundan boshlab o‘n kundan kechiktirmay ko‘rib chiqish uchun qabul qiladi. O‘zgartirish kiritilgan videoyozuvlar ko‘rib chiqish uchun qabul qilinmaydi, bevosita soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilishi holatlarini aks ettirish yuzasidan hajmini qisqartirish maqsadida ajratib olingan hollar bundan mustasno. 87. Sayyor soliq tekshiruvi jarayonida soliq to‘lovchining kassasida mavjud naqd pul qoldig‘i sanoqdan o‘tkaziladi va ushbu Nizomga 10-ilovaga muvofiq shaklda naqd pul qoldig‘ini sanoqdan o‘tkazish dalolatnomasi tuziladi. Soliq to‘lovchining kassasidagi naqd pul qoldig‘i summasini nazorat-kassa texnikasida aks ettirilgan pul tushumlari summasi bilan solishtirish natijalari sayyor soliq tekshiruvi dalolatnomasiga kiritiladi. 88. Soliq to‘lovchi tomonidan boshqa soliq to‘lovchiga tegishli nazorat-kassa texnikasi yoki hisob-kitob terminallaridan foydalanish holati aniqlangan taqdirda, sayyor soliq tekshiruvi dalolatnomasida ularning rusumi va zavod raqami to‘g‘risidagi ma’lumot aks ettiriladi, shuningdek, xarid cheki ilova qilinadi. 89. Texnik talablarga javob bermaydigan nazorat-kassa texnikasi mavjudligi aniqlangan taqdirda, sayyor soliq tekshiruvini o‘tkazuvchi mansabdor shaxs tomonidan belgilangan tartibda bayonnoma tuziladi va ushbu nazorat-kassa texnikasi ekspertizadan o‘tkazish uchun vaqtincha olib qo‘yiladi.
Download 383.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling