Soliq xavfini boshqarish, soliq xavfi mavjud soliq to‘lovchilarni (soliq agentlarini) aniqlash va soliq tekshiruvlarini tashkil etish va o‘tkazish to‘G‘risida
-§. Hujjatlar va buyumlarni olib qo‘yish
Download 383.82 Kb. Pdf ko'rish
|
1-сон 07.01.2021. Soliq xavfini boshqarish, soliq xavfi mavjud soliq to‘lovchilarni (soliq agentlarini) aniqlash va soliq tekshiruvlarini tashkil etish va o‘tkazish to‘g‘risida
12-§. Hujjatlar va buyumlarni olib qo‘yish
108. Hujjatlar va (yoki) buyumlarni olib qo‘yish ular soliqqa oid huquqbuzarlik predmeti bo‘lgan hollarda sayyor soliq tekshiruvini o‘tkazuvchi mansabdor shaxs tomonidan qabul qilingan qaror asosida amalga oshirilishi mumkin. Mazkur qaror ushbu Nizomga 12-ilovaga muvofiq shaklda rasmiylashtiriladi. 109. Sayyor soliq tekshiruvi jarayonida hujjatlar va (yoki) buyumlarni tungi vaqtlarda (soat 23.00 dan 06.00 ga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘ida) olib qo‘yishga yo‘l qo‘yilmaydi. 110. Hujjatlar va buyumlarni olib qo‘yish xolislar hamda hujjatlari va buyumlarini olib qo‘yish amalga oshirilayotgan shaxslar ishtirokida o‘tkaziladi. Zarur bo‘lgan hollarda olib qo‘yishni amalga oshirishda ishtirok etish uchun mutaxassis taklif etiladi. 111. Hujjatlar va buyumlarni olib qo‘yish boshlanguniga qadar sayyor soliq tekshiruvini o‘tkazuvchi mansabdor shaxs soliq to‘lovchiga hujjatlar va buyumlarni olib qo‘yishni amalga oshirish to‘g‘risidagi qarorni taqdim etadi hamda uning huquq va majburiyatlarini tushuntiradi. Sayyor soliq tekshiruvida soliq to‘lovchining faoliyatining to‘xtab qolishiga olib keladigan hujjatlar va buyumlarni (nusxalari, shuningdek, asl nusxalari), shu jumladan elektron hujjatlari, predmetlarini (tovarlar, buyumlar, xomashyolar, materiallar va yarim tayyor mahsulotlar namunalari) olib qo‘yish faqat sud qarori asosida amalga oshiriladi. 112. Sayyor soliq tekshiruvini o‘tkazuvchi mansabdor shaxs hujjatlari va (yoki) buyumlari olib qo‘yilayotgan shaxsga ularni o‘z ixtiyori bilan topshirishni taklif etadi, taklif rad etilgan taqdirda esa — olib qo‘yishni majburiy tarzda amalga oshiradi. O‘ziga nisbatan olib qo‘yish amalga oshirilayotgan shaxs olib qo‘yilishi lozim bo‘lgan hujjatlar va buyumlar saqlanishi mumkin bo‘lgan binolarni yoki boshqa joylarni ochishdan bosh tortganda, sayyor soliq tekshiruvini o‘tkazuvchi mansabdor shaxs tambalarga, eshiklarga va boshqa buyumlarga zarurat sababli imkon qadar shikast yetkazmagan holda olib qo‘yishni mustaqil tarzda bajarishga haqli. 113. Sayyor soliq tekshiruvi jarayonida hujjatlar va buyumlarni olishda ushbu Nizomga 13-ilovaga muvofiq shaklda ikki nusxada hujjatlar va buyumlarni olib qo‘yish to‘g‘risida bayonnoma rasmiylashtiriladi. Hujjatlar va buyumlarni olib qo‘yish to‘g‘risidagi bayonnomaning bir nusxasi soliq to‘lovchiga imzo qo‘ydirib topshiriladi. Soliq to‘lovchi hujjatlar va buyumlarni olib qo‘yish to‘g‘risidagi bayonnomani imzolash va (yoki) olishdan bosh tortgan hollarda bu haqida bayonnomaga tegishli yozuv kiritiladi va soliq to‘lovchiga pochta orqali buyurtma xat bilan yuboriladi. 114. Soliq to‘lovchi talab qilingan hujjatlar va buyumlarni taqdim etishdan, binolarni yoki boshqa joylarni ochishdan bosh tortgan taqdirda, bu haqida sayyor soliq tekshiruvini o‘tkazuvchi mansabdor shaxs tomonidan tuzilgan hujjatlar va buyumlarni olib qo‘yish to‘g‘risida bayonnomada qayd etiladi. Soliq organlari tomonidan sayyor soliq tekshiruvi jarayonida olib qo‘yilgan buyumlarni hisobga olish, saqlash, baholash va sotish, shuningdek, yo‘q qilib tashlash O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat daromadiga o‘tkaziladigan mol-mulkni olib qo‘yish, sotish yoki yo‘q qilib tashlash tartibini takomillashtirish to‘g‘risida” 2009-yil 15-iyuldagi 200-son qarori bilan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Download 383.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling