Soliq xavfini boshqarish, soliq xavfi mavjud soliq to‘lovchilarni (soliq agentlarini) aniqlash va soliq tekshiruvlarini tashkil etish va o‘tkazish to‘G‘risida


Download 383.82 Kb.
Pdf ko'rish
bet29/72
Sana09.01.2022
Hajmi383.82 Kb.
#267685
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   72
Bog'liq
1-сон 07.01.2021. Soliq xavfini boshqarish, soliq xavfi mavjud soliq to‘lovchilarni (soliq agentlarini) aniqlash va soliq tekshiruvlarini tashkil etish va o‘tkazish to‘g‘risida

bajarilishini tekshirish

100. Soliq to‘lovchilarning to‘lov topshiriqnomalari va soliq organlarining inkasso topshiriqnomalari banklar tomonidan o‘z vaqtida

bajarilishini tekshirish quyidagilarni o‘z ichiga oladi, jumladan:

soliq to‘lovchining pul mablag‘lari hisobidan soliqni budjet tizimiga o‘tkazishga doir to‘lov topshiriqnomasi banklar tomonidan uning

bankdagi hisobvarag‘ida mavjud pul mablag‘lari hisobidan o‘z vaqtida bajarilishini tekshirish;

soliq  organining  soliqni  budjet  tizimiga  o‘tkazishga  doir  inkasso  topshiriqnomasi  banklar  tomonidan  soliq  to‘lovchining  bankdagi

hisobvarag‘ida mavjud pul mablag‘lari hisobidan o‘z vaqtida bajarilishini tekshirish.

101.  Tekshirishda  soliq  to‘lovchining  topshiriqnomalari  va  soliq  organining  inkasso  topshiriqnomalari  bank  tomonidan  fuqarolik

qonun hujjatlarida belgilangan navbat bo‘yicha bajarilishi o‘rganiladi, jumladan:

soliqdan  qarzdor  mijozning  bank  hisobvarag‘ida  pul  mablag‘lari  mavjud  bo‘lganda  soliq  organlarining  inkasso  topshiriqnomalari,

soliq to‘lovchilarning to‘lov topshiriqnomalari banklar tomonidan ijro qilinishini tekshirish;

soliq  to‘lovchining  hisobvaraqlaridagi  milliy  valyutadagi  mablag‘lar  to‘lanishi  lozim  bo‘lgan  talablarni  qondirish  uchun  yetarli

bo‘lmaganda soliq organlarining taqdimnomasiga asosan mijozlarining chet el valyutasidagi hisobvarag‘ida mavjud bo‘lgan mablag‘larning

inkasso  talabnomalarini  qondirish  uchun  yetarli  bo‘lgan  miqdordagi  qismi  bank  tomonidan  Respublika  valyuta  birjasiga  sotuvga

chiqarilganligini tekshirish;

mijozning pul mablag‘lari yetarli bo‘lmaganda tijorat banklari tomonidan ijro to‘lov hujjatlari bo‘yicha mutanosib ravishda hisobdan

chiqarish tartibiga rioya qilinayotganligini tekshirish.

102.  Soliq  organining  inkasso  topshiriqnomasi  hamda  soliq  to‘lovchilarning  to‘lov  topshiriqnomasi  tijorat  banklari  tomonidan

bajarilishini tekshirish natijalari sayyor soliq tekshiruvi dalolatnomasida aks ettiriladi.


Download 383.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling