5-§. Soliq to‘lovchi ishchi-xodimlarining haqiqiy soni va soliq hisobotidagi aks ettirilgan ishchi-xodimlar soniga muvofiqligini
tekshirish
90. Sayyor soliq tekshiruvi doirasida soliq to‘lovchi — yuridik shaxslar ishchi-xodimlarining haqiqiy soni va soliq hisobotdagi aks
ettirilgan ishchi-xodimlar soniga muvofiqligi tekshiruvi amalga oshirilishi mumkin. Mazkur tekshiruv quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
soliq to‘lovchining haqiqatda faoliyat yuritayotgan ishchi-xodimlari sonini aniqlash va ushbu Nizomga 11-ilovaga muvofiq shaklda
bayonnoma tuzish;
tekshiruvda aniqlangan soliq to‘lovchining haqiqatda faoliyat yuritayotgan ishchi-xodimlari oxirgi hisobot davri uchun soliq
organiga taqdim etgan soliq hisobotlarida aks ettirilgan ishchi-xodimlar bilan solishtiriladi;
soliq hisobotlarida mavjud bo‘lmagan ishchi-xodimlardan ularning ishlash davri hamda olayotgan daromadlari summasi (ish haqi)
to‘g‘risida yozma ravishda tushuntirishlar olinadi.
91. Soliq to‘lovchi ishchi-xodimlarining haqiqiy soni va soliq hisobotida aks ettirilgan ishchi-xodimlar soniga muvofiqligi tekshiruvi
natijalari sayyor soliq tekshiruvi dalolatnomasida aks ettiriladi.
92. Yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan yollangan xodimlar bilan mehnat shartnomalari va (yoki) yollangan xodimni hisobga
qo‘yish kartochkalari mavjud bo‘lmagan holatlar aniqlanganda, ushbu qoidabuzarliklar sayyor soliq tekshiruvi dalolatnomasida aks
ettiriladi.
6-§. Bozorlar, savdo komplekslari va ularga tutash bo‘lgan avtotransport vositalarining to‘xtash joylarida soliq to‘g‘risidagi qonun
Do'stlaringiz bilan baham: |