Soliq xavfini boshqarish, soliq xavfi mavjud soliq to‘lovchilarni (soliq agentlarini) aniqlash va soliq tekshiruvlarini tashkil etish va o‘tkazish to‘G‘risida


-bob. Soliq auditini tashkil etish va o‘tkazish tartibi


Download 383.82 Kb.
Pdf ko'rish
bet34/72
Sana09.01.2022
Hajmi383.82 Kb.
#267685
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   72
Bog'liq
1-сон 07.01.2021. Soliq xavfini boshqarish, soliq xavfi mavjud soliq to‘lovchilarni (soliq agentlarini) aniqlash va soliq tekshiruvlarini tashkil etish va o‘tkazish to‘g‘risida

6-bob. Soliq auditini tashkil etish va o‘tkazish tartibi

1-§. Soliq auditini tashkil etish

122. Soliq auditi quyidagi soliq to‘lovchilarda o‘tkaziladi:

soliq tavakkalchiligining yuqori toifasiga mansub bo‘lgan;

kameral  soliq  tekshiruvi  natijasi  bo‘yicha  soliq  to‘lovchi  aniqlashtirilgan  soliq  hisobotini  taqdim  etmasa  (shu  jumladan,

aniqlashtirilgan  talabnomadan  keyin),  yoxud  aniqlangan  tafovutlar  bo‘yicha  asosnomalarni  taqdim  etmasa,  yoki  u  taqdim  etgan

asosnomalar yetarli emas deb topilgan hollarda;

ixtiyoriy tugatilayotgan yuridik shaxslarda (soliq maslahatchilari tashkilotlarining soliqlar bo‘yicha xulosalari mavjud bo‘lgan soliq

to‘lovchilar bundan mustasno);

soliq to‘lovchilarning jinoiy ishlar bo‘yicha moliya-xo‘jalik faoliyati taftish qilinishi doirasida;

faoliyatini  to‘xtatgan  yakka  tartibdagi  tadbirkorlar,  qat’iy  belgilangan  miqdorda  yoki  deklaratsiya  asosida  jismoniy  shaxslardan

daromad solig‘ini to‘laydiganlardan tashqari.

Davlat soliq xizmati organlarining mansabdor shaxslari nazorat qiluvchi va huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan faqat

soliq  va  valyuta  to‘g‘risidagi  qonun  hujjatlari  talablariga  rioya  qilishga  doir  tekshiruvlarni  o‘tkazish  uchun  haftasiga  16  ish  soatidan  ko‘p

bo‘lmagan muddatga jalb qilinishi mumkin.

123. Soliq organlari soliq auditi o‘tkazilishi boshlanishidan kamida o‘ttiz kalendar kun oldin soliq to‘lovchiga soliq auditi o‘tkazilishi

to‘g‘risida xabarnoma yuboradi.

Agar  soliqlarni  to‘lashdan  bo‘yin  tovlash  belgilari  mavjud  bo‘lsa,  soliq  organi  Davlat  soliq  qo‘mitasi  bilan  kelishgan  holda  soliq

to‘lovchini oldindan xabardor etmasdan soliq auditini boshlashga haqlidir.

124.  Soliq  auditini  o‘tkazish  uchun  soliq  organi  rahbarining  (rahbar  o‘rinbosarining)  buyrug‘i  soliq  to‘lovchi  tomonidan  taqdim

etilgan soliq hisobotlarini va (yoki) soliq to‘lovchining faoliyati to‘g‘risida soliq organida mavjud boshqa ma’lumotlarni o‘rganish va tahlil

qilish asosida soliq auditini o‘tkazish dasturi tayyorlangandan keyin chiqariladi.

Soliq auditini o‘tkazish to‘g‘risidagi buyruq bilan uni o‘tkazish dasturi ham tasdiqlanadi.

Jinoyat  ishi  yuzasidan  buyruq  tergovga  qadar  tekshiruvni  amalga  oshiruvchi  organ  mansabdor  shaxsining,  surishtiruvchining,

tergovchining, prokurorning qarori yoki sudning ajrimi soliq organiga tushgan kundan boshlab ikki ish kuni mobaynida chiqariladi.

125. Ixtiyoriy tugatilayotgan yuridik shaxslar va faoliyatini to‘xtatgan yakka tartibdagi tadbirkorlar bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazuvchi

organ tomonidan soliq organi xabardor qilingan kundan boshlab uch ish kuni mobaynida soliq auditini amalga oshirishga kirishiladi.

Doimiy  muassasa  orqali  faoliyatini  amalga  oshirayotgan  O‘zbekiston  Respublikasining  norezidentlarida  soliq  auditi  ularning

O‘zbekiston Respublikasi hududida faoliyati tugagan kundan boshlab uch ish kuni ichida boshlanishi lozim.

126. Soliq auditi soliq organi tomonidan amalga oshiriladi.

Soliq auditida ishtirok etish uchun Davlat soliq qo‘mitasi bilan kelishilgan holda boshqa soliq organlarining mansabdor shaxslari jalb

etilishi mumkin.

127. Soliq auditini o‘tkazish to‘g‘risidagi buyruqda quyidagilar ko‘rsatiladi:

soliq auditi o‘tkazish uchun asoslar.

soliq to‘lovchining nomi va identifikatsiya raqami;

soliq auditini o‘tkazuvchi shaxslarning familiyasi, ismi, otasining ismi va lavozimi;

soliq auditining maqsadi (tekshiriladigan bitta yoki bir nechta soliq turlari);

soliq auditini o‘tkazish muddati;

soliq auditi o‘tkazish davri;

Tekshiruvlarni elektron ro‘yxatga olish yagona tizimidagi ro‘yxatga olish raqami.

128.  Soliq  auditi  o‘tkazilayotgan  davrda  tekshirilayotgan  davrning  soliq  hisobotiga  soliq  to‘lovchi  tomonidan  o‘zgartirishlar  va

qo‘shimchalar kiritilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

Soliq auditini o‘tkazish muddati o‘tkazilgan soliq auditi to‘g‘risida dalolatnoma tuzilgan (imzolangan) kunda tugaydi.

Soliq  auditida  ikki  va  undan  ortiq  tekshiruvchilar  qatnashganda  tekshirish  jarayonini  boshqarish  va  natijalarini  umumlashtirish

maqsadida buyruqda birinchi ko‘rsatilgan tekshiruvchi guruh rahbari hisoblanadi.




Soliq  auditini  o‘tkazish  jarayonida  soliq  auditida  qatnashish  uchun  qo‘shimcha  ravishda  tekshiruvchi  xodimlar  jalb  etilishi,

tekshiruvchilar  almashtirilishi,  shuningdek,  tekshiruvchini  buyruqdan  chiqarish  zarurati  tug‘ilganda  oldingi  buyruqning  ro‘yxatga  olish

raqami va sanasi ko‘rsatilgan holda soliq organi rahbari (rahbar o‘rinbosari) tomonidan qo‘shimcha buyruq chiqariladi.

129.  Soliq  organi  soliq  auditi  boshlanishidan  oldin  soliq  to‘lovchiga  soliq  auditi  o‘tkazilishi  to‘g‘risida  ushbu  Nizomga  16-ilovaga

muvofiq shaklda xabarnoma yuboradi, bundan soliqdan bo‘yin tovlash belgilari mavjud bo‘lgan, ixtiyoriy tugatilayotgan yuridik shaxslar va

faoliyatini o‘z tashabbusi bilan to‘xtatgan yakka tartibdagi tadbirkorlar hamda jinoyat ishi doirasida taftish o‘tkaziladigan soliq to‘lovchilar

mustasno.

Xabarnomada  soliq  auditining  boshlanish  sanasi,  tekshirilishi  lozim  bo‘lgan  masalalarning  ro‘yxati,  zarur  hujjatlarning  dastlabki

ro‘yxati, shuningdek, soliq auditini o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan boshqa ma’lumotlar ko‘rsatiladi.

Soliq to‘lovchi soliq auditi boshlangunga qadar xabarnomada ko‘rsatilgan hujjatlar va ma’lumotlarni tayyorlab qo‘yishga majburdir.

130.  Soliq  to‘lovchiga  soliq  auditi  o‘tkazilishi  to‘g‘risidagi  xabarnoma  soliq  to‘lovchining  shaxsiy  kabineti  yoki  buyurtma  xat  qilib

pochta orqali yuboriladi.

131.  Soliq  auditi  faqat  Soliq  kodeksining  88-moddasida  belgilangan  da’vo  qilish  muddati  o‘tmagan  oxirgi  soliq  auditidan  keyingi

davrni qamrab olishi mumkin.

132.  Soliq  organlari  soliq  to‘lovchining  aynan  bitta  davr  uchun  aynan  bir  xil  soliqlar  bo‘yicha  bir  martadan  ortiq  soliq  auditini

o‘tkazishga  haqli  emas,  bundan  soliq  auditini  o‘tkazish  chog‘ida  soliq  organiga  ma’lum  bo‘lmagan  yangi  holatlar  aniqlangan  hollar

mustasno. Yangi holatlar aniqlangan taqdirda soliq organi takroriy soliq auditini tayinlashga haqli.

133. Soliq auditini o‘tkazish muddati o‘ttiz ish kunini tashkil qiladi, bundan ushbu Nizomning 134-bandida nazarda tutilgan holatlar

mustasno.

134. Quyidagi hollarda soliq auditini o‘tkazish muddati ikki oydan olti oygacha uzaytirilishi mumkin:

soliq  auditi  jarayonida  tekshirilishi  lozim  bo‘lgan  hujjatlar  hajmining  ko‘pligi  sababli  soliq  auditini  o‘tkazish  uchun  buyruqda

ko‘rsatilgan muddatning yetarli emasligi;

yaroqsiz  holga  kelgan  hujjatlarning  hamda  soliqlarni  hisoblab  chiqarish  bilan  bog‘liq  elektron  axborotni  saqlovchi  jismlar  qayta

tiklanishi;

mutaxassis fikri olinishi;

ekspert jalb qilinishi;

tabiiy ofat yoki boshqa favqulodda va bartaraf etib bo‘lmaydigan holatlar.

Soliq organining rahbari (rahbar o‘rinbosari) soliq auditi o‘tkazilishini quyidagi hollarda ham uzaytirishga haqli:

talab  qilingan  hujjatlar  (axborot)  besh  ish  kuni  ichida  taqdim  qilinmasligi  (uzaytirish  hujjatlar  talab  qilinayotgan  har  bir  shaxs

bo‘yicha ko‘pi bilan bir marta yo‘l qo‘yiladi);

chet el davlat organlaridan O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari doirasida axborot olinishi;

ekspertizalar o‘tkazish;

chet tilida taqdim etilgan hujjatlarni tarjima qilish.

135. Soliq auditini o‘tkazishning umumiy muddati olti oydan oshishi mumkin emas.

136.  Soliq  auditining  muddatini  uzaytirish  soliq  auditini  o‘tkazuvchi  shaxsning  iltimosnomasiga  asosan  amalga  oshiriladi.  Bunda

iltimosnoma soliq auditining muddati tugashidan besh ish kun oldin berilishi kerak.

137.  Soliq  auditining  muddati  uzaytirilganda  oldingi  buyruqning  ro‘yxatga  olish  raqami  va  sanasi  ko‘rsatilgan  holda  soliq  organi

rahbari (rahbar o‘rinbosari) tomonidan qo‘shimcha buyruq chiqariladi.

138. Soliq auditini o‘tkazish muddati soliq to‘lovchiga (soliq agentiga) soliq auditini tayinlash to‘g‘risidagi buyruq topshirilgan kunda

boshlanadi.

139.  Soliq  auditini  tayinlash  to‘g‘risidagi  buyruq  nusxasi  soliq  to‘lovchiga  yoki  uning  vakiliga  buyruqning  ikkinchi  nusxasiga  uni

olganligi to‘g‘risida imzo qo‘ydirgan holda topshiriladi.

Tekshiruv  boshlanishidan  oldin  tekshiruvni  amalga  oshiruvchi  mansabdor  shaxs  tomonidan  soliq  to‘lovchining  vakolatli  vakiliga

uning tekshiruvda ishtirok etish uchun yuridik xizmat vakillarini va (yoki) advokatni jalb etish yoki ularning ishtirokini rad etish huquqi

yozma shaklda tushuntirilib, bu haqida bayonnoma tuziladi. Bunda advokat xizmatlarini rad etganlik soliq to‘lovchi tomonidan advokatni

tekshiruvning keyingi bosqichlarida jalb etish uchun monelik qilmaydi.

Agar  soliq  to‘lovchi  ma’lum  qilgan  manzilida  joylashmaganligi  yoki  boshqa  sabablarga  ko‘ra  buyruqni  taqdim  qilishning  imkoni

bo‘lmaganda, buyruq elektron hujjat shaklida soliq to‘lovchining shaxsiy kabinetiga yuboriladi.

Soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti mavjud bo‘lmasa, buyruq nusxasi buyurtma xat qilib pochta orqali yuboriladi.

140. Soliq auditi natijalari soliq organlari tomonidan tekshiruv tamomlangandan keyin uch ish kun ichida Tekshiruvlarni elektron

ro‘yxatga olish yagona tizimiga kiritiladi.

141.  Soliq  auditini  soliq  to‘lovchining  hududida  o‘tkazishning  imkoni  bo‘lmaganida,  soliq  auditi  soliq  organi  joylashgan  joyda

o‘tkaziladi. Bunda soliq auditini o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan hujjatlar soliq to‘lovchi tomonidan soliq organiga taqdim etiladi.


Download 383.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling