Soliq xavfini boshqarish, soliq xavfi mavjud soliq to‘lovchilarni (soliq agentlarini) aniqlash va soliq tekshiruvlarini tashkil etish va o‘tkazish to‘G‘risida


-§. Kameral soliq tekshiruvini o‘tkazish


Download 383.82 Kb.
Pdf ko'rish
bet18/72
Sana09.01.2022
Hajmi383.82 Kb.
#267685
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   72
Bog'liq
1-сон 07.01.2021. Soliq xavfini boshqarish, soliq xavfi mavjud soliq to‘lovchilarni (soliq agentlarini) aniqlash va soliq tekshiruvlarini tashkil etish va o‘tkazish to‘g‘risida

2-§. Kameral soliq tekshiruvini o‘tkazish

25.  Kameral  soliq  tekshiruvi  soliq  organi  rahbarining  (rahbar  o‘rinbosarining)  ushbu  Nizomga  4-ilovada  keltirilgan  shaklda

rasmiylashtiriladigan buyrug‘i asosida o‘tkaziladi.

26. Kameral soliq tekshiruvini o‘tkazish to‘g‘risidagi buyruq asosida faqat bitta soliq to‘lovchi tekshiruvdan o‘tkaziladi.

27. Kameral soliq tekshiruvini tayinlash to‘g‘risidagi buyruqda soliq to‘lovchining nomi va uning identifikatsiya raqami, tekshiruvchi

shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi va lavozimi, kameral soliq tekshiruvini o‘tkazish muddatlari, tekshirilayotgan davr ko‘rsatiladi.

28.  Kameral  soliq  tekshiruvida  soliq  organining  ikki  va  undan  ortiq  tekshiruvchi  mansabdor  shaxslari  qatnashganda,  tekshirish

jarayonini boshqarish va natijalarini umumlashtirishga buyruqda familiyasi birinchi ko‘rsatilgan tekshiruvchi javobgar shaxs hisoblanadi.

29.  Kameral  soliq  tekshiruvini  o‘tkazish  muddati  kameral  soliq  tekshiruvini  tayinlash  to‘g‘risidagi  buyruqda  ko‘rsatilgan  sanadan

boshlanadi.

Kameral soliq tekshiruvining umumiy muddati oltmish kundan oshishi mumkin emas.

30.  Kameral  soliq  tekshiruvi  davomida  soliq  organi  ushbu  Nizomga  5-ilovada  keltirilgan  muvofiq  shaklda  rasmiylashtirilgan

so‘rovnoma asosida soliq to‘lovchidan:

soliqlarni  hisoblab  chiqarish  uchun  asos  bo‘lgan  birlamchi  hujjatlarni,  buxgalteriya  hisobi  registrlarini  hamda  boshqa  hisob

hujjatlarini;

taqdim etilgan soliq hisoboti va hisob hujjatlariga doir tushuntirishlarni;

soliqlarni hisoblab chiqarish va to‘lash bilan bog‘liq boshqa axborotni talab qilib olishga haqli.

31.  So‘rovnomada  ko‘rsatilgan  hujjatlar  va  tushuntirishlar  soliq  to‘lovchi  tomonidan  soliq  organiga  so‘rovnoma  olingan  kundan

e’tiboran besh kun ichida taqdim etilishi kerak.

Hujjatlarni taqdim etish muddati soliq to‘lovchining hujjatlar taqdim etish uchun sabablari va zarur bo‘lgan muddatlari ko‘rsatilgan

arizasiga  ko‘ra  soliq  organi  tomonidan  uzaytirilishi  mumkin.  Bunda  ariza  soliq  to‘lovchi  tomonidan  soliq  organiga  so‘rovnoma  olingan

kundan e’tiboran keyingi kun davomida taqdim etiladi.

32.  Tekshirilayotgan  soliq  to‘lovchining  faoliyatiga  taalluqli  bo‘lgan  hujjatlarni  (axborotni)  uchinchi  shaxslardan  talab  qilib  olish

zarur  bo‘lgan  hollarda,  soliq  organlari  ushbu  hujjatlarni  (axborotni)  soliq  to‘lovchining  kontragentidan  yoki  hujjatlarga  (axborotga)  ega

bo‘lgan  boshqa  shaxslardan  talab  qilib  oladi.  Hujjatlarni  (axborotni)  uchinchi  shaxslardan  talab  qilib  olish  ushbu  Nizomning  6-bobi  5-

paragrafida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

33.  Kameral  soliq  tekshiruvini  o‘tkazish  uchun  soliq  to‘lovchi  tomonidan  hujjatlar  tasdiqlangan  ko‘chirma  nusxa  shaklida  taqdim

etiladi. Zarurat bo‘lgan hollarda soliq organi hujjatlarning asl nusxalari bilan tanishishga haqli.

34.  Agar  hujjatlar  oldin  soliq  organiga  asl  nusxalar  tarzida  taqdim  etilib,  keyinchalik  tekshirilayotgan  soliq  to‘lovchiga  qaytarilgan

bo‘lsa,  shuningdek,  soliq  organiga  taqdim  etilib,  bartaraf  etib  bo‘lmaydigan  kuch  holatlari  oqibatida  yo‘qotilgan  taqdirda,  hujjatlar

tekshirilayotgan soliq to‘lovchidan qayta talab qilib olinishi mumkin.

35.  Kameral  soliq  tekshiruvi  natijalari  bo‘yicha  tekshiruvni  o‘tkazuvchi  mansabdor  shaxs  ushbu  Nizomga  6-ilovada  keltirilgan

shaklga muvofiq xulosa tuzadi.

Xulosada  kameral  soliq  tekshiruvini  boshlash  tashabbusi  uchun  asos  bo‘lib  xizmat  qilgan  ma’lumotlar  ko‘rsatilib,  soliqqa  oid

huquqbuzarliklarning aniqlanganligi yoki aniqlanmaganligi, qisman tasdig‘ini topganligi yoki topmaganligi, soliq hisobotlaridagi tafovutlar

yoki xatolar bayon etiladi.

Shuningdek,  xulosada,  agar  bunday  harakatlar  kameral  soliq  tekshiruvi  doirasida  amalga  oshirilgan  bo‘lsa,  soliq  to‘lovchidan  yoki

uchinchi shaxslardan talab qilib olingan yoxud soliq to‘lovchining hududlarini va binolarini ko‘zdan kechirishda hamda o‘tkazilgan sayyor

soliq tekshiruvlarida olingan axborotni (hujjatlarni) o‘rganish va tahlil qilish natijalari ham ko‘rsatiladi.

36.  Kameral  soliq  tekshiruvi  yuzasidan  tuzilgan  xulosa  soliq  organi  rahbari  (rahbar  o‘rinbosari)  tomonidan  ikki  kun  ichida  ko‘rib

chiqiladi va tasdiqlanadi.

37.  Kameral  soliq  tekshiruvi  materiallari,  shu  jumladan,  soliqqa  oid  huquqbuzarliklar  to‘g‘risidagi  dalolatnoma,  tekshirish

yakunlariga ko‘ra tafovutlar aniqlanganligi yoki soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilishi mavjud emasligi to‘g‘risida tuzilgan xulosa Soliq

kodeksining 135-moddasi oltinchi qismiga muvofiq soliq organida ro‘yxatdan o‘tkazilishi kerak.




Download 383.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling