Soliq xavfini boshqarish, soliq xavfi mavjud soliq to‘lovchilarni (soliq agentlarini) aniqlash va soliq tekshiruvlarini tashkil etish va o‘tkazish to‘G‘risida
-bob. Soliq tekshiruvlari ishtirokchilari, ularning huquqlari va majburiyatlari
Download 383.82 Kb. Pdf ko'rish
|
1-сон 07.01.2021. Soliq xavfini boshqarish, soliq xavfi mavjud soliq to‘lovchilarni (soliq agentlarini) aniqlash va soliq tekshiruvlarini tashkil etish va o‘tkazish to‘g‘risida
3-bob. Soliq tekshiruvlari ishtirokchilari, ularning huquqlari va majburiyatlari
10. Soliq tekshiruvini o‘tkazuvchi soliq organining mansabdor shaxsi, soliq to‘lovchi va uning vakillari soliq tekshiruvining ishtirokchilari hisoblanadi. 11. Soliq tekshiruvlariga zarur hollarda O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining (keyingi o‘rinlarda — Soliq kodeksi) 149 — 153- moddalarida belgilangan tartibda guvoh, ekspert, mutaxassis, tarjimon va xolislar jalb etilishi, shuningdek, ekspertiza tayinlanishi mumkin. 12. Ekspert, mutaxassis va tarjimonni jalb qilish uchun soliq organi tomonidan tegishli davlat organlari va tashkilotlariga murojaat qilinadi. Mustaqil ekspert, mutaxassis va tarjimonlar shartnoma asosida soliq organining mablag‘lari hisobidan jalb qilinishi mumkin, mablag‘ ajratish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi (keyingi o‘rinlarda — Davlat soliq qo‘mitasi) tomonidan tasdiqlanadi. 13. Soliq nazoratini amalga oshirish uchun ahamiyatga ega biror-bir holatlar o‘ziga ma’lum bo‘lgan har qanday voyaga yetgan jismoniy shaxs ko‘rsatmalar berish uchun guvoh sifatida chaqirilishi mumkin. Soliq tekshiruvi davomida ko‘rsatmalar olishdan avval soliq organining mansabdor shaxsi guvohni ko‘rsatmalar berishni rad etganlik yoki bundan bosh tortganlik yoxud bila turib yolg‘on ko‘rsatmalar berganlik uchun javobgarlik to‘g‘risida ogohlantiradi. Guvohning ko‘rsatmalari ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq shaklda tuziladigan bayonnomada qayd etiladi. 14. Ekspertiza tayinlash to‘g‘risidagi qaror soliq organining rahbari (rahbar o‘rinbosari) tomonidan ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shaklda soliq tekshiruvini o‘tkazadigan soliq organi mansabdor shaxsining iltimosnomasi asosida qabul qilinadi. 15. Soliq tekshiruvini o‘tkazuvchi soliq organining mansabdor shaxsi soliq to‘lovchini ekspertiza tayinlanganligi to‘g‘risidagi qaror bilan tanishtiradi va huquqlarini tushuntirib, bu haqida ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq shaklda bayonnoma tuzadi. 16. Soliq organlari mansabdor shaxslari sayyor soliq tekshiruvida xolis sifatida ishtirok etishiga yo‘l qo‘yilmaydi. 17. Soliq tekshiruvlarini o‘tkazishda soliq to‘lovchilar quyidagi huquqlarga ega: soliq organlari mansabdor shaxslarining tekshiruv masalalariga aloqasi bo‘lmagan talablarini bajarmaslik; soliq tekshiruvlarini o‘tkazishda shaxsan yoki o‘z vakili orqali ishtirok etish; soliq tekshiruvini amalga oshiruvchi soliq organlariga soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining ijrosiga taalluqli masalalar bo‘yicha tushuntirishlar berish; soliq to‘lovchi talab qilib olinayotgan hujjatlarni soliq organiga taqdim etmaslikka haqli, agar ushbu hujjatlar yoki ularning nusxalari oldin soliq organlariga oldingi o‘tkazilgan kameral yoki sayyor soliq tekshiruvlarida yoxud soliq monitoringini o‘tkazish jarayonida taqdim etilgan bo‘lsa; ekspertni rad etish va ekspertni o‘zi ko‘rsatgan shaxslar orasidan tayinlash to‘g‘risida iltimos qilish; soliq organi mansabdor shaxsining ruxsati bilan ekspertiza o‘tkazishda ishtirok etish va ekspertga tushuntirishlar berish, ekspertning xulosasi bilan tanishish; soliq tekshiruvi materiallari bilan tanishish va tekshiruv dalolatnomasini olish; soliq organlari mansabdor shaxslarining noqonuniy xatti-harakatlari yuzasidan shikoyat qilish; kameral soliq tekshiruvi natijasi bo‘yicha talabnomada ko‘rsatilgan tafovutlarning asosnomasi sifatida soliq maslahatchilari tashkilotining xulosasini taqdim etish. Sayyor soliq tekshiruvlari yoki soliq auditini o‘tkazishda soliq to‘lovchilar quyidagi hollarda soliq organi mansabdor shaxslarini soliq tekshiruvini o‘tkazish uchun hududga va joylarga qo‘ymaslikka haqli, agar: sayyor soliq tekshiruvini o‘tkazish to‘g‘risidagi buyruq belgilangan tartibda rasmiylashtirilmagan va buyruq nusxasi soliq to‘lovchiga berilmagan bo‘lsa, soliq to‘lovchi uni olishdan bosh tortgan hollar bundan mustasno; tekshiruvchi mansabdor shaxs tekshiruvni tayinlash to‘g‘risidagi buyruqda ko‘rsatilmagan, o‘z xizmat guvohnomasini ko‘rsatmagan bo‘lsa;
soliq tekshiruvini o‘tkazishning buyruqda ko‘rsatilgan muddatlari boshlanmagan yoki o‘tib ketgan bo‘lsa. Soliq to‘lovchilar qonun hujjatlarida belgilangan boshqa huquqlarga ham ega. 18. Soliq tekshiruvlarini o‘tkazishda soliq to‘lovchilarning majburiyatlari: soliq organlarining tekshirish bilan bog‘liq qonuniy talablarini bajarish, ular mansabdor shaxslarining qonuniy faoliyatiga to‘sqinlik qilmaslik. tekshiruvni o‘tkazayotgan soliq organlarining mansabdor shaxslariga tekshiruv bilan bog‘liq, shu jumladan, elektron axborot jismlarida saqlanadigan, hujjatlar va axborotni o‘rganish hamda tahlil qilish imkoniyatini ta’minlash; tekshiruvni o‘tkazuvchi mansabdor shaxsning talabiga ko‘ra soliq to‘lovchi elektron shaklda tuzilgan hujjatlarning qog‘ozdagi ko‘chirma nusxalarini taqdim etishi shart, elektron hisobvaraq-fakturalarning axborot tizimida ro‘yxatga olingan elektron hisobvaraq- fakturalar bundan mustasno; kameral soliq tekshiruvi natijalari bo‘yicha talabnoma olingan kundan boshlab o‘n kun muddatda tegishli soliqlar bo‘yicha aniqlashtirilgan soliq hisobotini yoxud aniqlangan tafovutlarning asoslarini tasdiqlovchi hujjatlar bilan taqdim etish; soliq auditi boshlangunga qadar soliq auditini o‘tkazish to‘g‘risidagi xabarnomada ko‘rsatilgan hujjatlar va ma’lumotlarni tayyorlab qo‘yish.
Soliq to‘lovchilar qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarni ham olishi mumkin. 19. Soliq tekshiruvlarini o‘tkazishda soliq organlari mansabdor shaxslarining huquqlari: Download 383.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling