soliq hisobotidagi tafovutlar — soliq to‘lovchi tomonidan soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablariga muvofiq soliq hisobotlarida
aks ettirilishi lozim bo‘lgan ko‘rsatkichlar yoki ma’lumotlar bilan soliq hisobotida aks ettirilgan ko‘rsatkichlar yoki ma’lumotlar orasidagi
farq yoki nomuvofiqliklar;
soliq hisobotidagi xatolar — soliq to‘lovchi tomonidan soliq hisobotida noto‘g‘ri ma’lumotlar yoki ko‘rsatkichlar aks ettirilishi;
soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilishini videotasvirga olish — fuqarolar yoki soliq organlari mansabdor shaxslari
tomonidan videokamera va boshqa videoyozish qurilmalaridan foydalangan holda tasvirga olish yo‘li bilan olingan soliq to‘g‘risidagi qonun
hujjatlari buzilishi holatlari haqidagi videomateriallar;
talabnoma — kameral soliq tekshiruvi yakuni bilan taqdim etilgan soliq hisobotida tafovutlar va (yoki) xatolar aniqlanganda, soliq
hisobotiga tuzatishlar kiritish zarurligi haqida ko‘rsatma mavjud bo‘lgan, soliq organi tomonidan soliq to‘lovchiga yuboriladigan hujjat;
Do'stlaringiz bilan baham: |