Soliq xavfini boshqarish, soliq xavfi mavjud soliq to‘lovchilarni (soliq agentlarini) aniqlash va soliq tekshiruvlarini tashkil etish va o‘tkazish to‘G‘risida


Download 383.82 Kb.
Pdf ko'rish
bet13/72
Sana09.01.2022
Hajmi383.82 Kb.
#267685
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   72
Bog'liq
1-сон 07.01.2021. Soliq xavfini boshqarish, soliq xavfi mavjud soliq to‘lovchilarni (soliq agentlarini) aniqlash va soliq tekshiruvlarini tashkil etish va o‘tkazish to‘g‘risida

tafovutlarning  asosnomasi  —  soliq  to‘lovchi  tomonidan  taqdim  etiladigan  soliq  organining  talabnomasiga  javoban  aniqlangan

tafovutlarga asos bo‘ladigan tushuntirishlar va hujjatlar;



xronometraj ko‘zdan kechirish — ishlab chiqarishning (xizmatlar ko‘rsatishning) haqiqiy hajmlarini aniqlashga doir soliq nazorati

tadbiri.


xulosa  —  kameral  soliq  tekshiruvi  doirasida  amalga  oshirilgan  harakatlar,  soliq  tekshiruvini  o‘tkazish  uchun  asos  bo‘lgan

holatlarning  soliq  tekshiruvida  tasdig‘ini  topganligi  yoki  qisman  tasdig‘ini  topganligi  yoxud  tasdig‘ini  topmaganligi  to‘g‘risidagi

ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan tekshiruvni o‘tkazgan mansabdor shaxs tomonidan tekshiruv natijasi bo‘yicha tuziladigan hujjat.

4. Soliq tekshiruvlari doirasida hujjatlar almashish quyidagicha amalga oshiriladi:

soliq  to‘lovchiga  hujjatlar  elektron  shaklda  soliq  to‘lovchining  shaxsiy  kabinetiga  yuboriladi.  Yuborilgan  hujjatlar  soliq  to‘lovchi

tomonidan o‘qib chiqilganidan keyin, biroq ushbu hujjat jo‘natilgan sanadan e’tiboran uch kundan kechiktirmay olingan deb hisoblanadi;

soliq to‘lovchida soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti mavjud bo‘lmasa, hujjatlar buyurtma xat qilib pochta orqali yuboriladi va ular

jo‘natilganidan so‘ng besh kundan keyin olingan deb hisoblanadi;

hujjatlar soliq to‘lovchiga yoki uning vakiliga shaxsan mazkur hujjatlar olingan sana ko‘rsatilgan holda imzo qo‘ydirib topshirilishi

mumkin.



Download 383.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling