Soliq xavfini boshqarish, soliq xavfi mavjud soliq to‘lovchilarni (soliq agentlarini) aniqlash va soliq tekshiruvlarini tashkil etish va o‘tkazish to‘G‘risida


-bob. Sayyor soliq tekshiruvini tashkil etish va o‘tkazish tartibi


Download 383.82 Kb.
Pdf ko'rish
bet21/72
Sana09.01.2022
Hajmi383.82 Kb.
#267685
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   72
Bog'liq
1-сон 07.01.2021. Soliq xavfini boshqarish, soliq xavfi mavjud soliq to‘lovchilarni (soliq agentlarini) aniqlash va soliq tekshiruvlarini tashkil etish va o‘tkazish to‘g‘risida

5-bob. Sayyor soliq tekshiruvini tashkil etish va o‘tkazish tartibi

1-§. Sayyor soliq tekshiruvini tashkil etish

57. Sayyor soliq tekshiruvini o‘tkazish uchun quyidagilar asos bo‘ladi:

soliq xavfini boshqarish tizimi orqali aniqlangan, soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzish xavfi mavjudligi;

jismoniy yoki yuridik shaxslarning soliq yoxud valyuta to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilishi holatlari to‘g‘risidagi murojaatlari, shu

jumladan, tovarlar va xizmatlarning narxini asossiz oshirib yuborish holatlari to‘g‘risida, yo‘lovchilarni yengil avtotransport vositalari bilan

tashish bo‘yicha noqonuniy tadbirkorlik faoliyati;

ommaviy axborot vositalarida soliqqa va valyutaga oid huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ma’lumotlar e’lon qilinganda;

o‘tkazilayotgan  kameral  soliq  tekshiruvini  xolisona  amalga  oshirish  maqsadida  qo‘shimcha  ma’lumotlar  olish  zarurati  yuzaga

kelganda;

valyuta  operatsiyalari  amalga  oshirilishining  asoslanganligi  yuzasidan  monitoring  olib  borish  jarayonida  soliq  organi  yuborgan

so‘rovnomaga soliq to‘lovchi tomonidan hujjatlar yoki axborot taqdim etilmagan yoxud to‘liq taqdim etilmaganda;

sud,  huquqni  muhofaza  qiluvchi  organlar,  shuningdek,  boshqa  davlat  organlari  va  tashkilotlaridan  soliq  va  valyutaga  oid

huquqbuzarliklar to‘g‘risida dalolat beruvchi axborot tushganda.

58. Sayyor soliq tekshiruvi o‘n kundan ko‘p bo‘lmagan muddatda o‘tkaziladi.

59. Sayyor soliq tekshiruvi soliq organi rahbarining (o‘rinbosarining) buyrug‘i asosida o‘tkaziladi.

Sayyor  soliq  tekshiruvini  o‘tkazish  to‘g‘risidagi  buyruqda  soliq  to‘lovchining  nomi,  tekshiruvchi  shaxslarning  familiyasi,  ismi,

otasining ismi hamda lavozimi, tekshiruvlarni o‘tkazish muddati va maqsadlari, Tekshiruvlarni elektron ro‘yxatga olish yagona tizimidagi

ro‘yxatga olish raqami ko‘rsatiladi.

Davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan, noqonuniy faoliyat yuritayotgan jismoniy shaxslar faoliyati bo‘yicha sayyor soliq tekshiruvi o‘tkazish

to‘g‘risidagi  buyruqda  soliq  to‘lovchining  nomi  va  Tekshiruvlarni  elektron  ro‘yxatga  olish  yagona  tizimidagi  ro‘yxatga  olish  raqami

ko‘rsatilmaydi.

60. Agar sayyor soliq tekshiruvida soliq organining ikki yoki undan ortiq tekshiruvchi mansabdor shaxslari qatnashganda, buyruqda

familiyasi birinchi ko‘rsatilgan tekshiruvchi tekshirish jarayonini boshqarish va natijalarini umumlashtirishga javobgar shaxs hisoblanadi.

61. Sayyor soliq tekshiruvini tayinlash to‘g‘risidagi buyruqda ko‘rsatilgan sana ushbu tekshiruvni o‘tkazish muddatining boshlanishi

deb hisoblanadi.

62.  Sayyor  soliq  tekshiruvini  o‘tkazishda  soliq  to‘lovchilardan  sayyor  soliq  tekshiruvi  predmetiga  aloqador  bo‘lmagan  hujjatlarni

(axborotni) talab qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.

63.  Soliq  to‘lovchilar  tomonidan  savdo  va  xizmat  ko‘rsatish  qoidalariga  rioya  etilishi,  shu  jumladan,  ular  tomonidan  nazorat-kassa

texnikasi va hisob-kitob terminallari qo‘llanilishi bo‘yicha sayyor soliq tekshiruvlarini tashkil etish Davlat soliq qo‘mitasining “Soliq hamkor”

avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali amalga oshiriladi.

Fuqarolardan tushgan murojaatlar va o‘tkazilgan soliq tekshiruvlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar Davlat soliq qo‘mitasining axborotlarni

qayta ishlash markazi tizimida joylashtiriladi.

“Soliq hamkor” avtomatlashtirilgan axborot tizimini qayta ishlash, har yilgi saqlash va modernizatsiyalash Davlat soliq qo‘mitasining

Moddiy yordam, ijtimoiy himoya, soliq organlarini rivojlantirish va ko‘zda tutilmagan xarajatlar maxsus jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan

amalga oshiriladi.

64.  Soliq  to‘lovchilar  tomonidan  nazorat-kassa  texnikasi  va  hisob-kitob  terminallari  qo‘llanilishi  masalalari  bo‘yicha  sayyor  soliq

tekshiruvlari soliq organlari tomonidan xavfni boshqarish tizimi ma’lumotlaridan foydalangan holda choraklik reja-jadval asosida amalga

oshirilishi mumkin.

65.  Avtotransport  vositalarida  tashilayotgan  tovarlarga  belgilangan  tartibda  rasmiylashtirilgan  tovar-kuzatuv  hujjatlari

mavjudligining  sayyor  soliq  tekshiruvlari  soliq  organlari  mansabdor  shaxslari  tomonidan  blok-postlarda  huquqni  muhofaza  qiluvchi  va

boshqa  nazorat  organlari  bilan  hamkorlikda  amalga  oshiriladi.  Mazkur  tekshirishlar  soliq  organlari  tomonidan  O‘zbekiston  Respublikasi

Ichki ishlar vazirligi organlari hamda boshqa nazorat va huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan kelishgan holda amalga oshiriladi.

66. Sayyor soliq tekshiruvi jarayonida soliq organi mansabdor shaxslari ushbu Nizomning 6-bobi 3 va  6-paragraflarida  belgilangan

tartibda  soliq  to‘lovchining  binolarini  va  hududini  ko‘zdan  kechirishga  hamda  hujjatlar  va  buyumlarni  olib  qo‘yishga  haqli.  Mazkur




tadbirlar zarurat yuzaga kelganda xolislarni jalb qilgan holda amalga oshiriladi.


Download 383.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling