Soliq xavfini boshqarish, soliq xavfi mavjud soliq to‘lovchilarni (soliq agentlarini) aniqlash va soliq tekshiruvlarini tashkil etish va o‘tkazish to‘G‘risida


-§. Kameral soliq tekshiruvda aniqlangan soliqqa oid huquqbuzarliklar bo‘yicha ish yuritish


Download 383.82 Kb.
Pdf ko'rish
bet20/72
Sana09.01.2022
Hajmi383.82 Kb.
#267685
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   72
Bog'liq
1-сон 07.01.2021. Soliq xavfini boshqarish, soliq xavfi mavjud soliq to‘lovchilarni (soliq agentlarini) aniqlash va soliq tekshiruvlarini tashkil etish va o‘tkazish to‘g‘risida

4-§. Kameral soliq tekshiruvda aniqlangan soliqqa oid huquqbuzarliklar bo‘yicha ish yuritish

44.  Agar  kameral  soliq  tekshiruvi  paytida  soliq  to‘lovchi  tomonidan  Soliq  kodeksining  28-bobiga  muvofiq  javobgarlik  belgilangan

soliqqa  oid  huquqbuzarlikning  sodir  etilganligi  holati  aniqlansa,  kameral  soliq  tekshiruvini  o‘tkazgan  mansabdor  shaxs  soliq  to‘g‘risidagi

qonun hujjatlari buzilganligi holatlarini qayd etuvchi dalolatnomani tuzadi.

45. Dalolatnoma ushbu Nizomga 8-ilovaga muvofiq shaklda soliqqa oid huquqbuzarlik holati aniqlangan kundan e’tiboran o‘n kun

ichida,  biroq  kameral  soliq  tekshiruvi  muddati  tugashi  kunidan  kechiktirmay  tuziladi.  Mazkur  dalolatnoma  ushbu  Nizomning  35-bandida

ko‘rsatilgan xulosa tuzilishidan oldin tuzilishi kerak.

Dalolatnoma kameral soliq tekshiruvini o‘tkazgan mansabdor shaxs va soliq to‘lovchi tomonidan imzolanadi.




46.  Kameral  soliq  tekshiruvini  o‘tkazgan  soliq  organi  rahbari  (rahbar  o‘rinbosari)  dalolatnomani  va  kameral  soliq  tekshiruvining

boshqa materiallarini ushbu dalolatnoma tuzilgan kundan e’tiboran o‘n kun o‘tgach, biroq o‘n besh kundan kechiktirmasdan ko‘rib chiqadi.

47. Soliq organi mansabdor shaxsi tomonidan soliq tekshiruvida olingan fotosuratlar, videoyozuvlar va tekshirishda olingan boshqa

materiallar xulosaga yoki soliqqa oid huquqbuzarlik dalolatnomasiga ilova qilinadi.

48.  Soliqqa  oid  huquqbuzarlik  to‘g‘risidagi  ishlar  Soliq  kodeksining  165-moddasi  yettinchi  —  o‘n  to‘qqizinchi  qismlarida  nazarda

tutilgan  tartibda  ko‘rib  chiqiladi,  Soliq  kodeksining  223  yoki  224-moddalarida  nazarda  tutilgan  soliqqa  oid  huquqbuzarliklar  bundan

mustasno va ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha qaror Soliq kodeksining 166-moddasida nazarda tutilgan tartibda qabul qilinadi.

Soliq kodeksining 223 yoki 224-moddalarida nazarda tutilgan soliqqa oid huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlar Soliq kodeksining 158-

moddasida nazarda  tutilgan  tartibda  ko‘rib  chiqiladi  va  ko‘rib  chiqish  natijalari  bo‘yicha  qaror  Soliq  kodeksining  159-moddasida  nazarda

tutilgan tartibda qabul qilinadi.

49.  Soliqqa  oid  huquqbuzarlik  to‘g‘risidagi  dalolatnoma  va  kameral  soliq  tekshiruvining  boshqa  materiallari  ko‘rib  chiqilganidan

keyin natijalari bo‘yicha besh kun ichida soliq organi rahbari (rahbar o‘rinbosari) quyidagilarni:

qo‘shimcha soliqlar va penya hisoblash yoki ularni rad etishni;

soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etganlik uchun soliq to‘lovchini javobgarlikka tortish yoki buni rad etishni nazarda tutuvchi qaror

qabul qiladi.

50.  Soliqqa  oid  huquqbuzarlik  sodir  etganlik  uchun  soliq  to‘lovchini  javobgarlikka  tortish  va  qo‘shimcha  soliqlarni  hisoblash

to‘g‘risidagi qaror, u qabul qilingan kundan keyin ikki kun ichida yuboriladi.

51.  Soliq  to‘lovchini  soliqqa  oid  huquqbuzarlik  uchun  javobgarlikka  tortish  to‘g‘risidagi  qaror  olingan  kundan  e’tiboran  o‘n  kun

muddatda  moliyaviy  sanksiyalar  summasi  ixtiyoriy  ravishda  to‘langanda  jarima  miqdori  Soliq  kodeksi  28-bobining  tegishli  moddasida

belgilangan miqdorga nisbatan ikki baravarga kamaytiriladi.

52. Soliq organining qarorining bajarilishi soliq organi va soliq to‘lovchi tomonidan soliq organining qarori olingan sanadan boshlab

bir oy muddat o‘tgach amalga oshiriladi.

53.  Soliq  to‘lovchi  kameral  soliq  tekshiruvi  natijalari  bo‘yicha  qabul  qilingan  qarorni  ixtiyoriy  bajarmagan  taqdirda,  soliq  qarzini

undirish Soliq kodeksining 120 — 124-moddalarida nazarda tutilgan tartibda soliq organi tomonidan mustaqil ravishda amalga oshiriladi.

54.  Soliq  organlari  tomonidan  o‘tkazilgan  kameral  soliq  tekshiruvi  natijasida  undirilgan  soliq,  penya  va  moliyaviy  jarimalar

summalarining 60 foizi davlat budjetiga, 40 foizi Davlat soliq qo‘mitasining Moddiy yordam, ijtimoiy himoya, soliq organlarini rivojlantirish

va ko‘zda tutilmagan xarajatlar maxsus jamg‘armasiga yo‘naltiriladi.

55.  Soliq  organining  kameral  soliq  tekshiruvi  natijalari  bo‘yicha  qabul  qilgan  qarori  ustidan  yuqori  turuvchi  soliq  organiga  yoki

sudga shikoyat qilish mumkin.

Davlat soliq qo‘mitasining qarori ustidan sudga shikoyat qilish mumkin.

56.  Yuqori  turuvchi  soliq  organiga  tushgan  shikoyatlarni  ko‘rib  chiqish  Soliq  kodeksining  30-bobida  belgilangan  tartibda  amalga

oshiriladi.




Download 383.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling