3-§. Kameral soliq tekshiruvi natijalari bo‘yicha talabnomani yuborish
38. Kameral soliq tekshiruvi natijalari bo‘yicha tasdiqlangan xulosaga ko‘ra soliq hisobotidagi tafovutlar yoki xatolar aniqlangan
holatlar yuzasidan soliq organi tomonidan ikki kun muddatda soliq to‘lovchiga ularni bartaraf etish to‘g‘risida ushbu Nizomga 7-ilovaga
muvofiq shaklda talabnoma yuboriladi.
Talabnoma yuborilgan sana kameral soliq tekshiruvi tugatilgan sana hisoblanadi. Taqdim etilgan soliq hisobotlarini o‘rganish va
tahlil qilish natijalari bo‘yicha tafovutlar yoki xatolar aniqlanmagan bo‘lsa ham kameral soliq tekshiruvi yakunlangan deb hisoblanadi va bu
haqida soliq organi tomonidan soliq to‘lovchining shaxsiy kabinetiga tegishli xabarnoma yuboriladi.
39. Soliq to‘lovchi talabnoma olingan kundan boshlab o‘n kun muddatda tegishli soliqlar bo‘yicha aniqlashtirilgan soliq hisobotini
yoxud aniqlangan tafovutlarning asoslarini tasdiqlovchi hujjatlar bilan soliq organiga taqdim etishi shart.
40. Soliq to‘lovchi talabnomada ko‘rsatilgan tafovutlarning asosnomasi sifatida soliq maslahatchilari tashkilotining xulosasini taqdim
etishga haqli. Ushbu asosnomani soliq to‘lovchining nomidan soliq maslahatchilari tashkiloti mustaqil ravishda soliq to‘lovchi bilan tuzilgan
shartnomaga asosan taqdim etishi mumkin.
41. Soliq to‘lovchining taqdim etgan asosnomasi tegishli hujjatlar (asosnomalar) olingan kundan e’tiboran o‘n besh kun ichida soliq
organining rahbari (rahbari o‘rinbosari) tomonidan ko‘rib chiqiladi.
42. Aniqlangan tafovutlar bo‘yicha taqdim etilgan asosnomalarga to‘liq yoki qisman rozilik berilgan taqdirda, soliq organi oldin
yuborilgan talabnoma bekor qilinganligi to‘g‘risidagi bildirish xatini yoxud soliq hisobotiga tuzatishlar kiritish to‘g‘risidagi aniqlashtirilgan
talabnomani uch kun ichida soliq to‘lovchiga yuboradi.
43. Agar soliq to‘lovchi aniqlashtirilgan soliq hisobotini taqdim etmasa yoki aniqlangan tafovutlar bo‘yicha asosnomalarni taqdim
etmasa yoxud taqdim etgan asosnomalar yetarli emas deb topilsa soliq organi soliq to‘lovchiga soliq auditini tayinlashga haqli. Bunda soliq
auditi ushbu Nizomning 6-bobida belgilangan tartibda o‘tkaziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |