Soliq xavfini boshqarish, soliq xavfi mavjud soliq to‘lovchilarni (soliq agentlarini) aniqlash va soliq tekshiruvlarini tashkil etish va o‘tkazish to‘G‘risida


-§. Sayyor soliq tekshiruvi natijalarini rasmiylashtirish


Download 383.82 Kb.
Pdf ko'rish
bet33/72
Sana09.01.2022
Hajmi383.82 Kb.
#267685
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   72
Bog'liq
1-сон 07.01.2021. Soliq xavfini boshqarish, soliq xavfi mavjud soliq to‘lovchilarni (soliq agentlarini) aniqlash va soliq tekshiruvlarini tashkil etish va o‘tkazish to‘g‘risida

13-§. Sayyor soliq tekshiruvi natijalarini rasmiylashtirish

115.  Sayyor  soliq  tekshiruvida  soliq  to‘lovchi  tomonidan  sayyor  soliq  tekshiruvini  o‘tkazuvchi  mansabdor  shaxsning  hududi  va

binolariga  kirishiga  to‘sqinlik  qilingan  taqdirda,  sayyor  soliq  tekshiruvini  o‘tkazuvchi  mansabdor  shaxs  tomonidan  ushbu  Nizomga  14-

ilovaga muvofiq shaklda dalolatnoma tuziladi.

Bunday dalolatnoma asosida soliq organi tekshirilayotgan shaxs to‘g‘risida o‘zida mavjud bo‘lgan ma’lumotlar yoki xuddi shunday

soliq to‘lovchilar to‘g‘risidagi ma’lumotlar asosida to‘lanishi lozim bo‘lgan soliq summasini mustaqil tarzda aniqlashga haqli. Dalolatnoma

sayyor soliq tekshiruvini o‘tkazuvchi mansabdor shaxs va tekshirilayotgan shaxs tomonidan imzolanadi. Tekshirilayotgan shaxs ko‘rsatilgan

dalolatnomani imzolashni rad etgan taqdirda, mazkur dalolatnomaga bu haqida tegishli yozuv kiritiladi.

116. Sayyor soliq tekshiruvi natijalari bo‘yicha sayyor soliq tekshiruvini o‘tkazuvchi mansabdor shaxs tomonidan ushbu Nizomga 15-

ilovaga muvofiq shaklda sayyor soliq tekshiruvi dalolatnomasi tuziladi.

117.  Sayyor  soliq  tekshiruvi  dalolatnomasi  ikki  nusxada  tuziladi  va  soliq  organi  mansabdor  shaxslari  hamda  soliq  to‘lovchi

tomonidan imzolanadi.

Sayyor  soliq  tekshiruvi  dalolatnomasining  bir  nusxasi  soliq  to‘lovchiga  dalolatnoma  bilan  tanishib  chiqib,  uni  olganligi  va  sanasi

ko‘rsatilgan imzosi orqali topshiriladi.

118. Soliq to‘lovchi sayyor soliq tekshiruvi dalolatnomasini olishdan bosh tortganda, soliq tekshiruvi dalolatnomasiga tegishli yozuv

kiritiladi va uning bir nusxasi soliq to‘lovchiga soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti yoki pochta orqali buyurtma xat bilan yuboriladi.

119. Sayyor soliq tekshiruvi dalolatnomasi soliq to‘lovchiga topshirilgan kun yoki unga yuborilgan kun soliq tekshiruvi yakunlangan

kun hisoblanadi.

120. Sayyor soliq tekshiruvini o‘tkazish uchun asos bo‘lgan hujjatlarning nusxalari, tekshiruv davomida rasmiylashtirilgan hujjatlar,

ekspert va mutaxassislar xulosalari, sayyor soliq tekshiruvi davomida olingan materiallar, shuningdek, sayyor soliq tekshiruvi doirasidagi

harakatlarning bajarilishini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar sayyor soliq tekshiruvi dalolatnomasiga ilova qilinadi.

121.  Sayyor  soliq  tekshiruvi  davomida  soliq  to‘g‘risidagi  qonun  hujjatlarining  buzilishi  holatlari  aniqlangan  taqdirda,  aniqlangan

soliqqa oid huquqbuzarliklar bo‘yicha ish yuritish Soliq kodeksida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Bunda moliyaviy sanksiyalar Soliq

kodeksining 28 va 29-boblarida nazarda tutilgan miqdorlarda belgilanadi va pul undirish (jarimalar) tarzida qo‘llaniladi.




Download 383.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling