Soliq xavfini boshqarish, soliq xavfi mavjud soliq to‘lovchilarni (soliq agentlarini) aniqlash va soliq tekshiruvlarini tashkil etish va o‘tkazish to‘G‘risida


-§. Huquqni suiiste’mol qilgan yoki soxta bitimlarga asosan qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisobga oladigan, ammo to‘lamaydigan soliq


Download 383.82 Kb.
Pdf ko'rish
bet42/72
Sana09.01.2022
Hajmi383.82 Kb.
#267685
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   72
Bog'liq
1-сон 07.01.2021. Soliq xavfini boshqarish, soliq xavfi mavjud soliq to‘lovchilarni (soliq agentlarini) aniqlash va soliq tekshiruvlarini tashkil etish va o‘tkazish to‘g‘risida

9-§. Huquqni suiiste’mol qilgan yoki soxta bitimlarga asosan qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisobga oladigan, ammo to‘lamaydigan soliq

to‘lovchilarda tekshirishlarni amalga oshirish

240.  Soliq  auditini  o‘tkazish  jarayonida  soliq  to‘lovchining  maqsadi  asossiz  soliq  nafi  olishga  yoxud  to‘lanishi  lozim  bo‘lgan  soliq

summasini kamaytirishga qaratilgan operatsiyalarni amalga oshirish ekanligi aniqlangan taqdirda, bunday harakatlar huquqni suiiste’mol

qilish sifatida baholanadi.

Soliq  auditi  natijasida  soliq  to‘lovchi  tomonidan  qonun  hujjatlari  bilan  berilgan  huquq  suiiste’mol  qilinganligi  va  (yoki)  bitimning

soxtaligi, ya’ni qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisobga oladigan, ammo to‘lamaydigan korxonalar aniqlangan taqdirda, qo‘shilgan qiymat solig‘i

bo‘yicha soliq bazasi tovarlarning (xizmatlarning) bozor qiymatidan kelib chiqib aniqlanadi.

241.  Qo‘shilgan  qiymat  solig‘i  bo‘yicha  soliq  bazasini  aniqlash  maqsadida  tovarlarning  (xizmatlarning)  bozor  qiymati  deganda

tovarlarning  (xizmatlarning)  ehtimolga  eng  yaqin  va  adolatli  qiymati,  shu  jumladan,  vakolatli  organlar,  baholash  tashkilotlari  tomonidan

aniqlanadigan va (yoki) belgilangan, bu yoki boshqa tovar yoxud tovarlar (xizmatlar) bozorida realizatsiya qilinishi (ko‘rsatilishi) mumkin

bo‘lgan qiymat tushuniladi.

Soliq  organlari  QQS  to‘liq  hisoblanishini  nazorat  qilish  chog‘ida  bitimlar  (operatsiyalar)  bo‘yicha  tovarlarning  (xizmatlarning)

qiymati to‘g‘ri qo‘llanilganini quyidagilar asosida aniqlashi mumkin:

o‘zining narxga doir ma’lumotlari (prays-varaqlar);

axborot-narx agentliklari ma’lumotlari;

ommaviy axborot vositalaridan olingan ma’lumotlar;

Davlat soliq qo‘mitasi veb-saytida narxlar to‘g‘risida ma’lumotlar;

birja xabarlari;

O‘zbekiston  Respublikasi  Davlat  bojxona  qo‘mitasi  hamda  Investitsiyalar  va  tashqi  savdo  vazirligi  tomonidan  tuzilib,  har  oyda

ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinadigan import qilinadigan tovarlarga narx ma’lumotlari byulleteni;

statistika  organlarining  yoxud  qonun  hujjatlarida  belgilangan  hollarda  narxlarni  belgilash  uchun  normativlarni  belgilaydigan

vakolatli organlarning ma’lumotlari;

sayyor soliq tekshiruvlarida o‘tkazilgan xronometraj ko‘zdan kechirish ma’lumotlari.

O‘tkazilgan  soliq  auditi  materiallari  har  oyda  soliq  organining  vakolatli  bo‘linmasi  tomonidan  tahlil  qilinadi  va  umumlashtiriladi.

Soliq to‘lovchi tomonidan qonun hujjatlari bilan berilgan huquq suiiste’mol qilinganligi va (yoki) bitimning soxtaligi, ya’ni qo‘shilgan qiymat

solig‘ini  noqonuniy  ravishda  hisobga  olgan  soliq  to‘lovchilar  aniqlangan  taqdirda,  ushbu  ma’lumotlardan  keyinchalik  soliq  xavfini

boshqarish tizimida tahlil qilishda foydalaniladi.


Download 383.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling