Soliq xavfini boshqarish, soliq xavfi mavjud soliq to‘lovchilarni (soliq agentlarini) aniqlash va soliq tekshiruvlarini tashkil etish va o‘tkazish to‘G‘risida


-§. Inventarizatsiyani o‘tkazish tartibi


Download 383.82 Kb.
Pdf ko'rish
bet40/72
Sana09.01.2022
Hajmi383.82 Kb.
#267685
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   72
Bog'liq
1-сон 07.01.2021. Soliq xavfini boshqarish, soliq xavfi mavjud soliq to‘lovchilarni (soliq agentlarini) aniqlash va soliq tekshiruvlarini tashkil etish va o‘tkazish to‘g‘risida

7-§. Inventarizatsiyani o‘tkazish tartibi

175.  Tekshirilayotgan  soliq  to‘lovchida  soliq  auditini  o‘tkazish  jarayonida  soliq  organlarining  mansabdor  shaxslari  mol-mulkning

haqiqatda  mavjudligini  aniqlash,  haqiqatda  mavjud  mol-mulkni  buxgalteriya  hisobi  ma’lumotlari  bilan  qiyoslash,  majburiyatlar  hisobda

to‘g‘ri aks ettirilganligi yuzasidan inventarizatsiya tayinlash va o‘tkazish huquqiga ega.

176. Joylashgan joyi va barcha turdagi moliyaviy majburiyatlaridan qat’i nazar, soliq to‘lovchining barcha mol-mulki inventarizatsiya

qilinishi kerak.

Shuningdek, ishlab chiqarish zaxiralari va soliq to‘lovchiga qarashli bo‘lmagan, biroq buxgalteriya hisobida qayd etilgan (mas’uliyatli

saqlashda  bo‘lgan,  ijaraga  olingan,  qayta  ishlash  uchun  olingan)  boshqa  turdagi  mol-mulk,  shuningdek,  biror-bir  sababga  ko‘ra  hisobga

olinmagan mol-mulk inventarizatsiya qilinishi lozim.

177. Inventarizatsiyani o‘tkazish uchun soliq organi rahbari ushbu Nizomga 23-ilovaga muvofiq shaklda buyruq chiqaradi, unda uni

amalga oshirish uchun asoslar va maxsus inventarizatsiya komissiyasining tarkibi, shu jumladan, soliq organlarining mansabdor shaxslari,

jalb qilingan mutaxassislar va soliq to‘lovchining ishchi-xodimlari (kelishilgan xolda) ko‘rsatiladi.

178. Maxsus inventarizatsiya komissiyasi a’zolari quyidagilar uchun javobgar:

a) inventarizatsiyani o‘z vaqtida o‘tkazish va uni o‘tkazish tartibiga rioya qilishga;

b) hisob-kitoblarda tekshirilayotgan asosiy vositalar, tovar-moddiy boyliklar, pul mablag‘lari va vositalarning haqiqatdagi qoldiqlari

to‘g‘risidagi ma’lumotlar ro‘yxatga to‘liq va aniq qayd etilishiga;

v)  tovar-moddiy  boyliklarning  ular  narxi  belgilanadigan  farqlovchi  belgilari  (turi,  navi,  rusumi,  hajmi,  preyskurant  bo‘yicha  tartib

raqami, artikuli va h.k.) ro‘yxatda to‘g‘ri ko‘rsatilishiga;

g) belgilangan tartibga muvofiq inventarizatsiya materiallari to‘g‘ri va o‘z vaqtida rasmiylashtirilishiga.

Mol-mulkning  haqiqatda  mavjudligini  tekshirishni  boshlashdan  oldin  inventarizatsiya  komissiyasi  inventarizatsiya  paytidagi  eng

so‘nggi kirim-chiqim hujjatlarini yoki moddiy vositalar va pul mablag‘lari harakati to‘g‘risidagi hisobotlarni olishi kerak.



Soliq  to‘lovchining  mansabdor  shaxsi  hisobotlarga  ilova  qilingan  barcha  kirim-chiqim  hujjatlariga  “inventarizatsiyagacha  ...da

(sana)”  deb  ko‘rsatgan  holda  viza  qo‘yadi,  bu  esa  hisob  ma’lumotlari  bo‘yicha  inventarizatsiyani  boshlash  paytida  mol-mulk  qoldiqlarini

aniqlash uchun asos bo‘lib xizmat qilishi lozim.

Soliq to‘lovchining moddiy javobgar shaxslari inventarizatsiya boshlanishiga qadar mol-mulkka doir barcha kirim-chiqim hujjatlari

buxgalteriya yoki komissiyaga topshirilgani va ular javobgarligiga olingan barcha boyliklar kirim qilingani, chiqib ketganlari esa chiqimga

hisobdan  o‘chirilgani  to‘g‘risida  tilxat  beradilar.  Mol-mulkni  sotib  olishga  hisobot  beriladigan  summalari  yoki  uni  olish  uchun

ishonchnomalari bo‘lgan shaxslar ham shunday tilxat beradilar.

179.  Agar  mol-mulkni  inventarizatsiya  qilish  bir  necha  kun  mobaynida  o‘tkazilsa,  moddiy  boyliklar  saqlanayotgan  xona  maxsus

inventarizatsiya  komissiyasi  ketayotganida  muhrlanishi  kerak.  Maxsus  inventarizatsiya  komissiyalari  ishida  tanaffus  bo‘lganda  (tushlik

vaqti, tunda, boshqa sabablarga ko‘ra) ro‘yxatlar inventarizatsiya o‘tkazilayotgan yopiq xonadagi yashikda (javon, seyfda) saqlanishi shart.

180. Tovar-moddiy boyliklarning haqiqatda mavjudligini tekshirishga kirishishdan oldin maxsus inventarizatsiya komissiyasi:

yordamchi binolar, yerto‘lalar va boyliklar saqlanadigan, alohida kirish-chiqish eshiklari bo‘lgan boshqa joylarni plombalashi;

og‘irlikni  o‘lchaydigan  barcha  asboblar  sozlanganini  tekshirishi  va  ularni  tamg‘alashning  belgilangan  muddatlariga  rioya  qilishi

shart.


181.  To‘satdan  o‘tkaziladigan  inventarizatsiyada  barcha  tovar-moddiy  boyliklar  maxsus  inventarizatsiya  komissiyasi  hozirligida,

qolgan  hollarda  esa  —  oldindan  tayyorlab  qo‘yiladi.  Boyliklar  guruhlarga  bo‘linishi,  navlarga  ajratilishi  va  ular  miqdorini  sanash  uchun

qulay bo‘lgan ma’lum tartibda nomlari, navlari, hajmlari bo‘yicha joylashtirilishi kerak.

182. Asosiy vositalar, xomashyo, materiallar, tayyor mahsulot, tovarlar, pul mablag‘lari va boshqa boyliklarni inventarizatsiya qilish

ularning har bir joylashgan joyi va ana shu boyliklarni saqlayotgan javobgar shaxs bo‘yicha o‘tkaziladi.

Haqiqatdagi  qoldiqlarni  tekshirish  soliq  to‘lovchining  moddiy  javobgar  shaxslarining  (kassirlar,  xo‘jalik,  savdo  korxonasi,

omborxona, tayyorlov punkti va hokazolar mudirlari) albatta ishtirok etishi bilan amalga oshiriladi.

Inventarizatsiya paytida boyliklarning mavjudligi albatta sanash, tarozida tortish, o‘lchash yo‘li bilan aniqlanadi.

Etkazib  beruvchining  ochilmagan  o‘ramida  saqlanayotgan  materiallar  va  tovarlar  bo‘yicha  ushbu  boyliklar  miqdori,  istisno

tariqasida, hujjatlar asosida, ushbu boyliklar bir qismini albatta naturada (tanlab olib) tekshirish bilan aniqlanishi mumkin. Qoplanmagan

mahsulotlar  og‘irligi  (yoki  hajmi)ni  o‘lchash  va  texnik  hisob-kitoblar  asosida  aniqlashga  yo‘l  qo‘yiladi;  o‘lchash  dalolatnomalari  va  hisob-

kitoblar  ro‘yxatga  ilova  qilinadi.  Tarozida  tortiladigan  ko‘p  miqdordagi  tovarlarni  inventarizatsiya  qilish  tarozida  tortish  qaydnomalarini

ishchi inventarizatsiya komissiyasining a’zolaridan biri va moddiy javobgar shaxs yuritadi. Ish kuni oxirida (yoki tarozida tortish tugagach)

ana  shu  qaydnomalar  ma’lumotlari  solishtiriladi  va  chiqarilgan  yakun  inventarizatsiya  ro‘yxatiga  qayd  etiladi.  Tarozida  tortish

qaydnomalari ro‘yxatga ilova qilinadi.

183.  Inventarizatsiya  qilinadigan  boyliklar  va  obyektlarning  nomlari  va  ularning  miqdori  ro‘yxatlarda  nomenklatura  bo‘yicha  va

hisobda qabul qilingan o‘lchov birliklarida ko‘rsatiladi.

184.  Ro‘yxatlarga  maxsus  inventarizatsiya  komissiyasining  barcha  a’zolari  va  moddiy  javobgar  shaxslar  imzo  chekadilar.  Ro‘yxat

oxirida  moddiy  javobgar  shaxslar  komissiya  boyliklarni  ularning  hozirligida  tekshirganini,  komissiya  a’zolariga  nisbatan  hech  qanday

da’volar yo‘qligi va ro‘yxatda sanalgan boyliklar mas’uliyatli saqlashga qabul qilinganini tasdiqlaydigan tilxatga imzo chekadilar.

Boyliklarning haqiqatda mavjudligini tekshirish paytida moddiy javobgar shaxslar o‘zgargan taqdirda boyliklarni qabul qilgan shaxs

inventarizatsiya ro‘yxatlariga ularni olganligi, topshirgan shaxslar esa ularni topshirganligi xususida imzo chekadilar.

Xo‘jalikka tegishli bo‘lmagan, biroq unda joylashgan boyliklarga alohida ro‘yxatlar tuziladi.

185.  Inventarizatsiya  ro‘yxatlari  texnik  vositalar,  axborot  tizimi  va  axborot  texnologiyalaridan  foydalangan  holda  hamda  qo‘lda

to‘ldirilishi mumkin.

186.  Maxsus  inventarzatsiya  komissiyasi  tovar-moddiy  boyliklarni  inventarizatsiya  qilish  bilan  bir  vaqtda  xo‘jalik  yurituvchi

subyektning  buxgalteriyasi  tegishli  barcha  schyotlar  bo‘yicha  yozuvlarni  korrespondensiyalanuvchi  schyotlar  bilan  qiyoslagan  holda

tekshirishi kerak.

Masalan, asosiy vositalar bo‘yicha (kapital mablag‘larning tegishli schyotlari bilan solishtirilgan holda) foydalanishga qabul qilingan

barcha obyektlar hisobga olingan-olinmagani; tovar-moddiy boyliklar bo‘yicha — barcha kelib tushgan boyliklar kirim qilingan-qilinmagani,

chiqib ketganlari esa hisobdan o‘chirilgani va unda aks ettirilgani, tugallanmagan ishlab chiqarish bo‘yicha — barcha xarajatlar chiqarilgan

mahsulotga hisobdan o‘chirilgan-o‘chirilmagani va hokazolar aniqlanishi zarur.

187.  Asosiy  vositalarni  inventarizatsiya  qilishdan  o‘tkazayotganda  komissiya  majburiy  tartibda  obyektlarni  naturada  ko‘zdan

kechiradi  va  inventarizatsiya  ro‘yxatlariga  ularning  to‘liq  nomi,  vazifasi,  inventar  raqamlari  va  asosiy  texnik  yoki  foydalanish

ko‘rsatkichlarini qayd etadi.

Hisobga  qabul  qilinmagan  obyektlar,  shuningdek,  hisob  registrlarida  ularni  tavsiflaydigan  ma’lumotlar  bo‘lmagan  yoki  noto‘g‘ri

ma’lumotlar ko‘rsatilgan obyektlar aniqlangan taqdirda, komissiya inventarizatsiya ro‘yxatiga ana shu obyektlar bo‘yicha yetishmaydigan

yoki  to‘g‘ri  ma’lumotlarni  va  texnik  ko‘rsatkichlarni  kiritishi  kerak,  masalan:  binolar  bo‘yicha  —  ularning  vazifasi,  ularni  qurishda

ishlatilgan asosiy materiallar, hajmi (tashqi yoki ichki tomondan o‘lchab), maydoni (umumiy foydali maydoni), qavatlar soni (yerto‘la, yarim

yerto‘la  va  hokazolarsiz),  qurilgan  yili  va  hokazolar;  kanallar  bo‘yicha  —  uzunligi,  chuqurligi  va  eni  (tubi  va  yuzasi  bo‘yicha),  sun’iy

inshootlar, tubi va yonlarini mahkamlash materiallari, ko‘priklar bo‘yicha — joylashgan joyi, materiallar turi va asosiy o‘lchamlari; yo‘llar

bo‘yicha — yo‘l turi (tosh yo‘l, profilli yo‘l), uzunligi, qoplash materiallari va mashina qatnaydigan eni va hokazolar ko‘rsatilishi kerak.

Inventarizatsiyada aniqlangan hisobga olinmagan obyektlarni baholash joriy qiymat bo‘yicha o‘tkazilishi, eskirish esa obyektlarning

haqiqiy  texnik  holati  bo‘yicha  belgilanishi,  bunda  baholash  va  eskirish  to‘g‘risidagi  ma’lumotlar  tegishli  dalolatnomalar  bilan

rasmiylashtirilishi kerak.

Maxsus  inventarizatsiya  komissiyasi  inventarizatsiya  vaqtida  aniqlangan  hisobga  olinmagan  obyektlar  qachon  va  kimning

farmoyishi bilan barpo etilganini, ularni barpo etish xarajatlari hisobdan chiqarilganini aniqlashi va buni bayonnomada aks ettirishi shart.

Asosiy vositalar ro‘yxatga obyektning asosiy vazifasiga muvofiq nomlari bo‘yicha qayd etiladi. Agar obyekt tiklangan, ta’mirlangan,

kengaytirilgan  yoki  qayta  jihozlangan  va  buning  oqibatida  uning  asosiy  vazifasi  o‘zgargan  bo‘lsa,  u  ro‘yxatga  yangi  vazifasiga  muvofiq

keladigan nom bilan kiritiladi.

Agar maxsus inventarizatsiya komissiyasi kapital tusda qilingan ishlar (qavat qurish, yangi xonalar qurish va hokazolar) yoki imorat

va inshootlarni qisman tugatish (ayrim konstruktiv unsurlarni buzish) buxgalteriya hisobida aks ettirilmagan deb topsa, u tegishli hujjatlar

bo‘yicha  obyekt  dastlabki  qiymatining  ko‘payish  yoki  kamayish  summasini  aniqlashi  va  ro‘yxatda  qilingan  o‘zgarishlar  to‘g‘risidagi

ma’lumotlarni keltirishi kerak.

188. Mashinalar, uskunalar va kuch qurilmalari inventarizatsiya ro‘yxatlariga yakka tartibda, inventar raqami, tayyorlagan zavodi,

chiqarilgan yili, vazifasi, quvvatlari va hokazolar ko‘rsatilgan holda kiritiladi.

Bir  vaqtda  bir  sex  yoki  bo‘limga  joylashtirilgan  va  guruh  hisobining  namunaviy  inventar  varaqchasida  qayd  etiladigan  bir  xil

qiymatdagi  xo‘jalik  anjomlari,  asboblar,  dastgohlar  va  hokazo  bir  turdagi  buyumlar  inventarizatsiya  ro‘yxatlarida  nomlari  bo‘yicha

keltirilib, ushbu buyumlar miqdori ko‘rsatiladi.

Asosiy vositalarning inventar obyektlariga berilgan raqamlar, qoidaga ko‘ra, o‘zgarmasligi kerak. Obyektlar o‘zlarining texnik-ishlab

chiqarish vazifasiga ko‘ra kiritilishi kerak bo‘lgan asosiy vositalar guruhidan boshqa guruhga xato ravishda kiritilgan hollarda, shuningdek,

noto‘g‘ri raqam qo‘yilganligi aniqlangan hollarda raqamlar o‘zgartirilishi mumkin.

189.  Foydalanishga  yaroqsiz  va  tiklab  bo‘lmaydigan  asosiy  vositalar  inventarizatsiya  ro‘yxatiga  kiritilmaydi.  Ana  shu  obyektlarga

inventarizatsiya  komissiyasi  alohida  ro‘yxat  tuzib,  ularni  foydalanishga  topshirish  vaqti  va  ushbu  obyektlarni  yaroqsiz  holga  keltirgan




sabablar  (shikastlanish,  to‘liq  eskirish  va  hokazolar)  ko‘rsatiladi.  Bunday  obyektlarni  hisobdan  chiqarish  umumiy  belgilangan  tartibda

amalga oshiriladi.

190.  O‘zining  asosiy  vositalarini  inventarizatsiya  qilish  bilan  bir  qatorda  ijaraga  olingan  va  mas’uliyatli  saqlashda  bo‘lgan  asosiy

vositalar ham tekshiriladi.

Ko‘rsatilgan obyektlar bo‘yicha alohida ro‘yxat tuziladi, unda ana shu obyektlar mas’uliyatli saqlash yoki ijaraga qabul qilinganligini

tasdiqlaydigan hujjatlarga havola beriladi.

191. Nomoddiy aktivlarni inventarizatsiya qilishda quyidagilar tekshirilishi zarur:

soliq to‘lovchining ulardan foydalanishga doir huquqlarini tasdiqlaydigan hujjatlarning mavjudligi;

nomoddiy aktivlar balansda to‘g‘ri va o‘z vaqtida aks ettirilganligi.

192. Moliyaviy qo‘yilmalarni inventarizatsiya qilishda qimmatli qog‘ozlarga doir haqiqatdagi xarajatlar va boshqa soliq to‘lovchining

ustav kapitallari, shuningdek, boshqa soliq to‘lovchilarga berilgan qarzlar tekshiriladi.

193. Qimmatli qog‘ozlarning haqiqatda mavjudligi tekshirilganda quyidagilar aniqlanadi:

qimmatli qog‘ozlar to‘g‘ri rasmiylashtirilgani;

qimmatli qog‘ozlar butligi;

qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha olingan daromadlarning buxgalteriya hisobida o‘z vaqtida va to‘liq aks ettirilishi.

194.  Soliq  to‘lovchida  qimmatli  qog‘ozlar  saqlanganida  ularni  inventarizatsiya  qilish  kassadagi  pul  mablag‘larini  inventarizatsiya

qilish bilan bir vaqtda o‘tkaziladi.

195.  Qimmatli  qog‘ozlarni  inventarizatsiya  qilish  alohida  emitentlar  bo‘yicha  o‘tkazilib,  dalolatnomada  nomi,  seriyasi,  raqami,

nominal va haqiqiy qiymati, uzish muddatlari va umumiy summasi ko‘rsatiladi.

196.  Maxsus  tashkilotlarga  (depozitariy  bank  —  qimmatli  qog‘ozlarni  saqlaydigan  maxsus  joy  va  h.k.)  saqlash  uchun  topshirilgan

qimmatli  qog‘ozlarni  inventarizatsiya  qilish  soliq  to‘lovchining  buxgalteriya  hisobida  tegishli  schyotlarida  qayd  etilgan  summalar

qoldiqlarini ushbu maxsus tashkilotlar ko‘chirmalari ma’lumotlari bilan solishtirishdan iborat bo‘ladi.

197. Boshqa tashkilotlarning ustav kapitallariga moliyaviy qo‘yilmalar, shuningdek, boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlarga berilgan

qarzlar inventarizatsiya paytida hujjatlar bilan tasdiqlanishi kerak.

198.  Tovar-moddiy  boyliklarni  inventarizatsiya  qilish,  qoidaga  ko‘ra,  mazkur  xonada  boyliklarning  joylashish  tartibida  bajarilishi

kerak. Inventarizatsiya vaqtida bir turdagi tovar-moddiy boyliklardan boshqasiga tartibsiz o‘tishga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi.

Tovar-moddiy  boyliklar  turli  alohida  xonalarda  bitta  moddiy  javobgar  shaxsda  saqlanganda  inventarizatsiya  qilish  saqlash  joylari

bo‘yicha ketma-ketlikda o‘tkaziladi. Boyliklar tekshirilganidan keyin xona eshigi plombalanadi va komissiya ishlash uchun keyingi xonaga

o‘tadi.

199.  Tovar-moddiy  boyliklar  inventarizatsiya  ro‘yxatiga  har  bir  nom  bo‘yicha  kiritiladi,  bunda  nomenklatura  raqami,  turi,  guruhi,

artikuli, navi va miqdori ko‘rsatiladi.

200. Maxsus inventarizatsiya komissiyasi raisi yoki uning topshirig‘iga ko‘ra komissiya a’zolari ombor (omborxona) mudiri va boshqa

moddiy javobgar shaxslar hozirligida tovar-moddiy boyliklarning haqiqatda mavjudligini ularni albatta sanash, tarozida tortish yoki qayta

o‘lchash yo‘li bilan tekshiradilar. Ro‘yxatlarga boyliklar qoldig‘i haqidagi ma’lumotlarni moddiy javobgar shaxslar og‘zidan yoki haqiqatda

mavjudligini tekshirmasdan turib hisob ma’lumotlari bo‘yicha qayd etish qat’iyan taqiqlanadi.

201.  Inventarizatsiya  vaqtida  olinadigan  tovar-moddiy  boyliklar  moddiy  javobgar  shaxslar  tomonidan  inventarizatsiya  komissiyasi

a’zolari  hozirligida  qabul  qilinadi  va  inventarizatsiyadan  so‘ng  reyestr  yoki  tovar  hisoboti  bo‘yicha  kirim  qilinadi.  Ushbu  tovar-moddiy

boyliklar “Inventarizatsiya paytida tushgan tovar-moddiy boyliklar” nomi bilan alohida ro‘yxatga kiritiladi. Ro‘yxatda ular qachon, kimdan

tushgani,  kirim  hujjatining  sanasi  va  raqami,  nomi,  miqdori,  narxi  va  summasi  ko‘rsatiladi.  Ayni  vaqtda  kirim  hujjatida  inventarizatsiya

komissiyasi  raisining  imzosi  bilan  ana  shu  boyliklar  qayd  etilgan  ro‘yxat  sanasiga  havola  qilgan  holda  “inventarizatsiyadan  so‘ng”  belgisi

qo‘yiladi.

202.  Inventarizatsiya  uzoq  vaqt  o‘tkazilgan  taqdirda  favqulodda  hollarda  va  faqat  xo‘jalik  yurituvchi  subyekt  rahbari  va  bosh

buxgalterining  yozma  ruxsati  bilan  inventarizatsiya  jarayonida  tovar-moddiy  boyliklar  moddiy  javobgar  shaxslarga  inventarizatsiya

komissiyasi a’zolari hozirligida berilishi mumkin.

Ushbu boyliklar “Inventarizatsiya paytida berilgan tovar-moddiy boyliklar” deb nomlangan alohida inventar ro‘yxatiga kiritiladi. Bu

yozuv  inventarizatsiya  paytida  tushgan  tovar-moddiy  boyliklarga  oid  hujjatlarga  o‘xshab  rasmiylashtirilishi  kerak.  Chiqim  hujjatlarida

inventarizatsiya komissiyasi raisining imzosi bilan belgi qo‘yiladi.

203.  Boshqa  xo‘jalik  yurituvchi  subyektlarga  tegishli  bo‘lgan  va  mas’uliyatli  saqlanishda  bo‘lgan  tovar-moddiy  boyliklar  o‘zining

tovar-moddiy boyliklari bilan bir vaqtda inventarizatsiya qilinadi. Ana shu boyliklarga alohida inventarizatsiya ro‘yxati tuziladi, unda ushbu

boyliklarni mas’uliyatli saqlashga qabul qilingani tasdiqlanadigan tegishli hujjatlarga havola beriladi.

204.  Yo‘lda  bo‘lgan,  yuklab  jo‘natilgan,  xaridorlar  tomonidan  haqi  muddatida  to‘lanmagan,  boshqa  xo‘jalik  yurituvchi  subyektlar

omborlarida bo‘lgan tovar-moddiy boyliklarni inventarizatsiya qilish tegishli schyotlarda ko‘rsatilgan summalarning asosliligini sinchiklab

tekshirishni o‘z ichiga oladi.

Ushbu  tovar-moddiy  boyliklarni  (yo‘ldagi,  yuklab  jo‘natilgan  va  hokazo  tovarlar)  hisobga  olish  schyotlarida  tegishlicha

rasmiylashtirilgan hujjatlar bilan tasdiqlangan summalargina qolishi mumkin:

yo‘lda bo‘lganlari bo‘yicha — tovar yetkazib beruvchilarning schyot — to‘lov talabnomalari yoki ularning o‘rnini bosadigan hujjatlar

bilan;

yuklab jo‘natilganlari bo‘yicha — xaridorlar taqdim etgan hisobvaraq-fakturalar nusxalari va to‘lov talabnomalari nusxalari bilan;



to‘lash  muddati  o‘tgan  hujjatlar  bo‘yicha  esa  —  bank  muassasasining  kartotekalarda  to‘lov  talabnomalari  mavjudligini  albatta

tasdiqlashi bilan;

boshqa  tashkilotlarning  omborlarida  joylashganlari  bo‘yicha  —  inventarizatsiya  qilish  sanasiga  yaqin  bo‘lgan  sanaga  qayta

rasmiylashtirilgan saqlangan tilxatlar bilan;

bitta  shahardagi  tovar  yetkazib  beruvchilarning  omborlarida  bo‘lganlari  bo‘yicha  —  inventarizatsiya  qilishni  o‘tkazish  sanasida

qayta rasmiylashtirilgan saqlangan tilxatlar bilan.

Ushbu schyotlar (talabnomalar) boshqa korrespondensiyalanuvchi schyotlar bilan oldindan solishtirilishi kerak.

205.  Yo‘lda  bo‘lgan,  yuklab  jo‘natilgan,  xaridorlar  tomonidan  muddatida  to‘lanmagan  va  boshqa  xo‘jalik  yurituvchi  subyektlarning

omborlarida bo‘lgan tovar-moddiy boyliklarga alohida-alohida inventarizatsiya ro‘yxatlari (dalolatnomalar) tuziladi.

Yo‘lda  bo‘lgan  tovar-moddiy  boyliklarga  doir  ro‘yxatlarda  har  bir  jo‘natma  bo‘yicha  quyidagi  ma’lumotlar  keltiriladi:  nomi  (hujjat

bo‘yicha),  miqdori  va  qiymati  (hisob  ma’lumotlariga  binoan),  yuklab  jo‘natish  sanasi,  shuningdek,  ushbu  boyliklar  tegishli  schyotlarda

hisobga  olinishiga  asos  bo‘lgan  hujjatlarning  ro‘yxati  va  raqamlari.  Bunda  belgilangan  muddatda  tushmagan  hamda  hisobda  yo‘ldagi

materiallar va tovarlar sifatida qayd etilgan yuklar bo‘yicha ularni qidirib topish uchun qanday choralar ko‘rilganligini tekshirish zarur.

206.  Yuklab  jo‘natilgan  va  xaridorlar  haqini  muddatida  to‘lamagan  tovar-moddiy  boyliklarga  doir  ro‘yxatlarda  har  bir  alohida

jo‘natma  bo‘yicha  xaridorning  nomi,  tovar-moddiy  boyliklarning  nomi,  yuklab  jo‘natish  sanasi,  hisobvaraq-faktura  yozilgan  sana,

hisobvaraq-fakturaning raqami va hisobvaraq-fakturaga doir summa keltiriladi.

207.  Xo‘jalik  yurituvchi  boshqa  subyektlarning  omborlarida  saqlanayotgan  tovar-moddiy  boyliklar  ro‘yxatlarga  ushbu  boyliklar

mas’uliyatli  saqlashga  topshirilganligini  tasdiqlaydigan  hujjatlar  asosida  kiritiladi.  Ushbu  boyliklarga  doir  ro‘yxatlarda  ularning  nomi,

miqdori, navi, haqiqatdagi qiymati (hisob hujjatlari bo‘yicha), yukni saqlashga qabul qilish sanasi, saqlash joyi, hujjatlarning raqamlari va

sanasi ko‘rsatiladi.




Ushbu  boyliklar  mas’uliyatli  saqlanishida  bo‘lgan  xo‘jalik  yurituvchi  subyektlardan  inventarizatsiya  ro‘yxatlarining  nusxalari

olinganda  komissiya  boyliklarning  haqiqatda  mavjudligini  (inventarizatsiya  ro‘yxatlari  nusxalarining  ma’lumotlari  asosida)  hujjatlarga

binoan belgilangan miqdor bilan taqqoslaydi.

208.  Boshqa  xo‘jalik  yurituvchi  subyektlarda  qayta  ishlashda  bo‘lgan  tovar-moddiy  boyliklarga  doir  ro‘yxatlarda  qayta  ishlovchi

korxonaning  nomi,  boyliklar  nomi,  miqdori,  hisob  ma’lumotlari  bo‘yicha  haqiqiy  qiymati,  boyliklarni  qayta  ishlashga  berish  sanasi,

hujjatlarning raqamlari va sanasi ko‘rsatiladi.

209.  Foydalanishda  bo‘lgan  arzon  baholi  va  tez  eskiruvchan  buyumlar  ular  joylashgan  joy  va  mas’uliyatli  saqlanishida  bo‘lgan

shaxslar bo‘yicha inventarizatsiya qilinadi.

Inventarizatsiya  qilish  har  bir  buyumni  ko‘zdan  kechirish  yo‘li  bilan  o‘tkaziladi.  Inventarizatsiya  ro‘yxatlariga  arzon  baholi  va  tez

eskiruvchan buyumlar buxgalteriya hisobida qabul qilingan nomenklaturaga muvofiq nomlari bo‘yicha kiritiladi.

Shaxsan  foydalanish  uchun  xodimlarga  berilgan  arzon  baho  va  tez  eskiruvchan  buyumlar  inventarizatsiya  qilinganda  guruhli

inventarizatsiya  ro‘yxatlarini  tuzishga  yo‘l  qo‘yiladi,  ularda  ushbu  buyumlar  uchun  mas’ul  bo‘lgan,  ularga  shaxsiy  varaqchalar  ochilgan

shaxslar ko‘rsatilib, ro‘yxatlarda tilxatga imzo chektiriladi.

Ro‘yxatlarda buyumlarning dastlabki qiymati ko‘rsatiladi.

Yuvish  va  tuzatishga  yuborilgan  maxsus  kiyim  (korjoma)  va  sochiq-dasturxonlar  inventarizatsiya  ro‘yxatiga  maishiy  xizmat

ko‘rsatish korxonalarining qaydnoma-yukxatlari yoki kvitansiyalari asosida yozilishi kerak.

Yaroqsiz  holga  kelgan  va  hisobdan  o‘chirilmagan  arzonbaho  va  tez  eskiruvchan  buyumlarga  ishchi  inventarizatsiya  komissiyasi

tomonidan  belgilangan  shaklda  dalolatnomalar  tuzilib,  foydalanish  vaqti,  yaroqsiz  bo‘lish  sabablari,  ushbu  buyumlardan  xo‘jalik

maqsadlarida foydalanish imkoniyatlari ko‘rsatiladi.

210.  Idish  ro‘yxatlarga  turlari,  maqsadli  vazifasi  va  sifat  holatiga  (yangi,  ishlatilgan,  tuzatishni  taqozo  etadigan  va  h.k.)  binoan

kiritiladi.

Tekshirish oldidan bo‘sh idish (tara) turlari bo‘yicha tanlanishi kerak, ya’ni:

yog‘och idishlar (yashiklar, bochkalar);

karton idishlar;

metall idishlar (flyagalar, barabanlar);

to‘qimachilik idishlari (qoplar).

Yaroqsiz holga kelgan idishlarga ishchi inventarizatsiya komissiyasi tomonidan dalolatnoma tuzilib, sabablari va idish uchun mas’ul

shaxslar ko‘rsatiladi.

211. Tugallanmagan ishlab chiqarishni inventarizatsiya qilish uning hajmlari va haqiqiy tannarxini Vazirlar Mahkamasining 1999-yil

5-fevraldagi 54-sonli qarori bilan tasdiqlangan Mahsulot (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarish va sotish xarajatlari tarkibi to‘g‘risidagi nizom

bilan belgilangan tartibga va uning asosida ishlab chiqilgan tarmoq yo‘riqnomalariga muvofiq belgilashni taqozo etadi.

212. Inventarizatsiya boshlanishidan oldin sexlar uchun zarur bo‘lmagan barcha metallar, xarid qilingan detallar, shuningdek, ishlov

berilishi mazkur bosqichda tugallangan barcha detallar, uzellar va agregatlar omborlarga topshirilishi lozim.

Sexlarda bo‘lgan tugallanmagan ishlab chiqarish zaxiralari va yarim tayyor mahsulotlar ularning miqdorini to‘g‘ri va qulay usulda

sanashni ta’minlaydigan tartibga keltirilishi kerak.

213.  Tugallanmagan  ishlab  chiqarish  zaxiralari  (detallar,  uzellar,  agregatlar)  qoldig‘ini  tekshirish  amalda  sanash,  tarozida  tortish,

o‘lchash yo‘li bilan amalga oshiriladi.

Ro‘yxatlar:

har bir sex (uchastka, bo‘lim) bo‘yicha — zaxiralar nomi, ularning tayyorlik bosqichi yoki darajasi, miqdori yoki hajmini ko‘rsatib;

qurilish-montaj ishlari bo‘yicha — ularga doir hisob-kitoblar ularga doir ishlar to‘la tugallanganidan keyin, oraliq to‘lovlarsiz amalga

oshiriladigan  tugallanmagan  korxonalar,  ularning  navbatlari,  obyektlari,  ishga  tushiriladigan  majmualar  bo‘yicha  ishlar  hajmini  ko‘rsatib

konstruktiv elementlar va ish turlarining tugallanmagan qismlari bo‘yicha tuziladi.

Ish joylarida bo‘lgan, ishlov berilmagan xomashyo, materiallar va xarid qilinadigan yarim tayyor mahsulotlar tugallanmagan ishlab

chiqarish ro‘yxatiga kiritilmaydi, balki alohida inventarizatsiya qilinadi va alohida ro‘yxatlarda qayd etiladi.

Uzil-kesil brak qilingan detallar tugallanmagan ishlab chiqarish tarkibiga kiritilmaydi.

214.  Bir  xildagi  massa  bo‘lmagan  yoki  aralashma  bo‘lgan  (tegishli  sanoat  tarmoqlarida)  tugallanmagan  ishlab  chiqarish  bo‘yicha

inventarizatsiya  ro‘yxatlarida,  shuningdek,  solishtirish  qaydnomalarida  ikkita  miqdoriy  ko‘rsatkich  keltiriladi:  ana  shu  massa  yoki

aralashma  miqdori  va  uning  tarkibiga  kiradigan  xomashyo  yoxud  materiallar  (alohida  nomlar  bo‘yicha)  miqdori.  Xom  ashyo  yoki

materiallar miqdori texnik hisob-kitoblar bilan tarmoq yo‘riqnomalarida belgilangan tartibda belgilanadi.

215. Tugallanmagan kapital qurilishning mavjudligi va hajmi inventarizatsiya paytida uning to‘langan qismini naturada tekshirish

yo‘li bilan belgilanadi. Inventarizatsiya dalolatnomalarida obyekt nomi va ana shu obyektga doir bajarilgan ishlar hajmi har bir alohida ish

turi, konstruktiv unsurlar, uskunalar va hokazolar bo‘yicha ko‘rsatiladi.

Inventarizatsiya komissiyasi quyidagilarni:

tugallanmagan kapital qurilish tarkibida montajga berilgan, biroq haqiqatda montaji boshlanmagan uskuna bor-yo‘qligini;

konservatsiyalangan va vaqtincha qurilishi to‘xtatilgan obyektlarning holatini tekshirishi kerak.

Ana shu obyektlar bo‘yicha, xususan, ularni konservatsiyalash uchun sabablar va asosni aniqlash zarur.

216.  Qabul  qilinishi  va  foydalanishga  topshirilishi  tegishli  hujjatlar  bilan  rasmiylashtirilmagan,  qurilishi  tugallangan,  to‘liq  yoki

qisman  amalda  foydalanishga  topshirilgan  obyektlarga  alohida  dalolatnomalar  tuziladi.  Tugallangan,  biroq  nimagadir  foydalanishga

topshirilmagan  obyektlarga  ham  alohida  dalolatnomalar  tuziladi.  Dalolatnomalarda  ko‘rsatilgan  obyektlarni  foydalanishga  topshirishni

rasmiylashtirish nimaga cho‘zilganligi sabablarini ham ko‘rsatish lozim.

217.  Qurilishi  tugallangan  obyektlarga,  shuningdek,  amalga  oshirilmagan,  balansdan  o‘chirilishi  kerak  bo‘lgan  qurilish  bo‘yicha

loyihalash-tadqiqot ishlariga dalolatnomalar tuziladi, ularda qurilishni to‘xtatish sabablari ko‘rsatilgan holda bajarilgan ishlar xususiyati va

ularning qiymati to‘g‘risida ma’lumotlar keltiriladi.

Buning uchun tegishli texnik hujjatlar, ishlar, bosqichlarni topshirish dalolatnomalaridan, qurilish obyektlarida bajarilgan ishlarni

hisobga olish jurnallari va boshqa hujjatlardan foydalanilishi kerak.

218.  Binolar,  inshootlar,  mashinalar,  uskunalar,  energetik  qurilmalar  va  boshqa  obyektlarning  tugallanmagan  kapital  ta’mirlarini

inventarizatsiya qilish naturada ishlar holatini tekshirish yo‘li bilan amalga oshiriladi.

Tugallanmagan kapital ta’mirga dalolatnoma tuziladi, unda ta’mirlanayotgan obyekt nomi, ishlar nomi va bajarish foizi, bajarilgan

ishlarning smetadagi va haqiqiy qiymatlari ko‘rsatiladi.

219.  Hayvonlar  va  yosh  hayvonlarni  inventarizatsiya  qilish  vaqtida  katta  yoshli  mahsuldor  va  ish  hayvonlari  inventarizatsiya

ro‘yxatlarida qayd etiladi, ularda: hayvonning raqami (birka, tamg‘asi), hayvonning laqabi, tug‘ilgan yili, nasli, semizligi, hayvonning tirik

vazni (og‘irligi) (vazni (og‘irligi) ko‘rsatilmaydigan otlar, tuyalar, xachirlar, bug‘ulardan tashqari) va dastlabki qiymati ko‘rsatiladi.

Hayvonning nasli uni bonitirovkalash ma’lumotlari asosida ko‘rsatiladi.

Qoramol,  ish  hayvoni,  cho‘chqalar  (urg‘ochi  cho‘chqa  va  erkak  cho‘chqalar),  qo‘y  va  boshqa  hayvonlarning  alohida  qimmatli

nusxalari  (nasldor  o‘zagi)  ro‘yxatlarga  yakka  tartibda  kiritiladi.  Guruh  tartibida  hisobga  olinadigan  asosiy  podaning  boshqa  hayvonlari

ro‘yxatlarga yosh va jins guruhlari bo‘yicha kiritilib, har bir guruh bo‘yicha tuyoqlar soni va jonli vazni (og‘irligi) ko‘rsatiladi.

220. Yosh qoramollar, yosh nasldor otlar va ish hayvonlari inventarizatsiya ro‘yxatlariga yakka tartibda kiritilib, inventar raqamlari,

laqablari, jinsi, nasli va hokazolar ko‘rsatiladi.




So‘qimga boqiladigan hayvonlar, yosh cho‘chqalar, qo‘y va echkilar, parranda hamda guruh tartibida hisobga olinadigan boshqa xil

hayvonlar ro‘yxatlarga hisob registrlarida qabul qilingan nomenklaturaga ko‘ra kiritilib, har bir guruh bo‘yicha tuyoqlar soni va jonli vazn

(og‘irlik) ko‘rsatiladi.

Ro‘yxatlar  hayvon  turlari  bo‘yicha  sexlar,  fermalar,  bo‘limlar,  brigadalar  bo‘yicha,  hisob  guruhlari  va  moddiy  javobgar  shaxslarga

ajratib tuziladi.

221.  Kassa  inventarizatsiya  qilinganda  pul  mablag‘lari  va  kassada  bo‘lgan  boshqa  boyliklarning  haqiqatda  mavjudligi  tekshiriladi.

Qat’iy hisobdagi blankalar ham tekshiruvdan o‘tkaziladi.

Kassada  pul  mablag‘larining  haqiqatda  mavjudligi  hisob-kitob  qilinganda  pul  belgilari,  pochta  markalari  va  davlat  boji  markalari

hisobga qabul qilinadi.

Hech  qanday  hujjatlar  yoki  tilxatlar  kassadagi  naqd  pul  qoldig‘iga  kiritilmaydi.  Kassirning  kassada  mazkur  xo‘jalik  yurituvchi

subyektga tegishli bo‘lmagan pul mablag‘lari va boshqa boyliklar borligi to‘g‘risidagi bayonotlari e’tiborga olinmaydi.

222.  Naqd  pul  mablag‘larini  inventarizatsiya  qilish  dalolatnomasida  boyliklar  qoldig‘i  inventarizatsiya  kunida  naturada  va  hisob

ma’lumotlari bo‘yicha ko‘rsatiladi va inventarizatsiya natijasi belgilanadi.

Qat’iy  hisobdagi  blankalarning  haqiqatda  mavjudligini  tekshirish  blank  turlari  bo‘yicha  u  yoki  bu  blankalarning  boshlang‘ich  va

oxirgi raqamlarini hisobga olgan holda amalga oshiriladi. Mazkur tekshirish natijalari maxsus ro‘yxat bilan rasmiylashtiriladi.

223. Yo‘ldagi pul mablag‘larini inventarizatsiya qilish buxgalteriya hisobi schyotlarida qayd etilgan summalarni bank muassasalari,

pochta bo‘limi va hokazolarning kvitansiyalari ma’lumotlari bilan solishtirish vositasida amalga oshiriladi.

224.  Bankda  hisob-kitob  va  joriy  schyotlar,  akkreditivlar,  maxsus,  alohida  va  boshqa  schyotlarda  bo‘lgan  pul  mablag‘larini

inventarizatsiya  qilish  xo‘jalik  yurituvchi  subyekt  buxgalteriyasining  ma’lumotlari  bo‘yicha  tegishli  schyotlarda  qayd  etilgan  summalar

qoldig‘ini bank ko‘chirmasidagi ma’lumotlar bilan solishtirish orqali amalga oshiriladi.

225.  Banklar  bilan  ssudalar  bo‘yicha,  budjet,  xaridorlar,  tovar  yetkazib  beruvchilar,  hisobdor  shaxslar,  ishchi  va  xizmatchilar,

deponentlar  hamda  boshqa  debitor  va  kreditorlar  bilan  hisob-kitoblarni  inventarizatsiya  qilish  tegishli  hujjatlar  bo‘yicha  qoldiqlarni

aniqlash va buxgalteriya hisobi schyotlarida qayd etilgan summalarning asosliligini sinchiklab tekshirishga asoslanadi. Komissiya debitor va

kreditorlar schyotlari bo‘yicha qarzlarning paydo bo‘lishi, ularning realligi va shunday bo‘lgan taqdirda, da’vo etish muddatlarini o‘tkazib

yuborishda aybdor shaxslarni aniqlaydi.

“Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilar bilan hisob-kitoblar” schyotining yo‘ldagi tovarlar va faktura qilinmagan tovarlar bo‘yicha

tovar  yetkazib  beruvchilar  bilan  hisob-kitoblar  summalariga  doir  qismi  alohida  sinchiklab  tekshirilishi  kerak.  U  hujjatlar  bo‘yicha,

shuningdek,  korrespondensiyalanuvchi  schyotlar  bilan  solishtirilgan  holda  tekshiriladi.  Bunda  faktura  qilinmagan  tovarlar  tarkibida

to‘lanishi  “Turli  debitor  va  kreditorlar  bilan  hisob-kitoblar”  schyotida  aks  ettirilgan  summalar  yoki  haqiqatda  to‘langan  va  olingan,  biroq

yo‘lda deb hisoblanuvchi materiallar va tovarlar summalari aks ettirilgani yoki ettirilmagani aniqlashtiriladi.

Tovar yetkazib beruvchilarning schyotlarida faktura qilinmagan tovarlar bo‘yicha qolgan summalarga, ana shu schyot buxgalteriya

tomonidan tekshirilgach, tovar yetkazib beruvchilardan hisobvaraq-fakturalar talab qilinishi kerak. Tovar yetkazib beruvchilar xaridorlarga

hisobvaraq-fakturalar taqdim etishlari yoki ularni taqdim etmaslik sabablarini ma’lum qilishlari shart. Agar tovar yetkazib beruvchida qarz

bo‘lmasa, u buni xaridorga ma’lum qilishi kerak.

226. Ishchi va xizmatchilarga qarzlar bo‘yicha o‘z vaqtida talab qilib olinmagan, deponentlar schyotiga o‘tkazilishi kerak bo‘lgan ish

haqi summalari, shuningdek, ishchi va xizmatchilarga ortiqcha to‘lashlar summalari va buning paydo bo‘lish sabablari aniqlanishi kerak.

227. Hisobot beriladigan summalar inventarizatsiya qilinganda maqsadli foydalanilishini hisobga olgan holda hisobdor shaxslarning

berilgan bo‘naklar bo‘yicha hisobotlari, shuningdek, har bir hisobdor shaxs bo‘yicha berilgan bo‘naklar summalari, ularni berish sanalari va

maqsadli foydalanilishi tekshiriladi.

228. Maxsus inventarizatsiya komissiyasi hujjatli tekshirish yo‘li bilan quyidagilarni ham aniqlashi kerak:

banklar, xo‘jalik yurituvchi subyekt qismlari bilan hisob-kitoblarning aynanligi;

balans bo‘yicha qayd etilgan kamomad va o‘g‘irliklarga doir qarz summalari to‘g‘riligi va asosliligi hamda ana shu qarzni undirish

uchun qabul qilingan choralar;

balans  bo‘yicha  qayd  etilgan  debitorlik,  kreditorlik  va  deponentlik  qarzlari  summalarining  to‘g‘riligi  va  asoslangani,  shuningdek,

debitorlik qarzini majburiy tartibda undirishga da’volar taqdim etilgan yoki etilmagani;

muddati o‘tgan debitorlik qarzi mavjudligi sabablari.

229. Solishtirish qaydnomalari inventarizatsiya paytida hisob ma’lumotlarida tafovutlar aniqlangan boyliklar bo‘yicha tuziladi.

Solishtirish  qaydnomalarida  inventarizatsiya  natijalari,  ya’ni  buxgalteriya  hisobi  ma’lumotlari  bo‘yicha  ko‘rsatkichlar  va

inventarizatsiya ro‘yxatlari (dalolatnomalari) ma’lumotlari o‘rtasidagi tafovutlar aks ettiriladi.

Ortiqcha va kam chiqqan tovar-moddiy boyliklarning qiymati solishtirish qaydnomalarida ularning buxgalteriya hisobidagi bahosiga

muvofiq keltiriladi.

Inventarizatsiya  natijalarini  rasmiylashtirish  uchun  yagona  registrlar  qo‘llanishi  mumkin,  ularda  inventarizatsiya  ro‘yxatlari

(dalolatnomalari) va solishtirish qaydnomalarining ko‘rsatkichlari birlashtiriladi.

Korxonaga  tegishli  bo‘lmagan,  biroq  buxgalteriya  hisobida  qayd  etilgan  (mas’uliyatli  saqlanishda  bo‘lgan,  ijaraga  olingan,  qayta

ishlash uchun olingan) boyliklarga alohida solishtirish qaydnomalari tuziladi.

Solishtirish qaydnomalari hisoblash va boshqa texnika vositalaridan foydalanib, shuningdek, qo‘lda tuzilishi mumkin.

230. Qayta navlarga ajratish natijasida ortiqcha chiqish va kamomadlarning o‘zaro hisobga olinishiga birgina tekshirilayotgan davr

uchun, birgina tekshirilayotgan shaxsda, birgina nomdagi tovar-moddiy boyliklarga nisbatan va ishonchli shaxs ruxsatiga ko‘ra aynan bir xil

miqdorlarda istisno tarzida yo‘l qo‘yilishi mumkin.


Download 383.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling