Soliq yoki va uning uzgarish oqibatlari Reja
Soliqlar va yig’imlarni hisoblab chiqarish va to’lash tartibi
Download 116.5 Kb.
|
Soliq yoki va uning uzgarish oqibatlari mustaqil ish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Soliq imtiyozlari.
- Soliq munosabatlarining sub’ektlari.
- Soliq solish tamoyillari.
Soliqlar va yig’imlarni hisoblab chiqarish va to’lash tartibi. Soliqni hisoblab chiqarish tartibi - soliq bazasidan, soliq stavkasidan, shuningdek mavjud bo’lgan taqdirda, soliq imtiyozlaridan kelib chiqqan holda soliq davri uchun soliq summasini hisob-kitob qilish qoidalarini belgilaydi. Soliqni hisoblab chiqarish soliq to’lovchi tomonidan mustaqil ravishda amalga oshiriladi.
Ayrim hollarda bu majburiyat soliq organiga yoki soliq agentiga yuklatilishi mumkin. Soliq to’lovchilar va soliq agentlari soliqlar hamda yig’imlarni mustaqil ravishda to’laydi. Soliqni to’lash soliqning to’liq summasi bo’yicha yoki joriy to’lovlar tartibda amalga oshiriladi. Agar soliq bo’yicha soliq davri bir necha hisobot davrini tashkil etsa, ulardan har birining natijalari bo’yicha joriy to’lovlar to’lanadi. Joriy to’lovlarni to’lash majburiyati soliqni to’lash bo’yicha majburiyatga tenglashtiriladi. Yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar soliqlarni banklar orqali naqd pulsiz shaklda to’laydi. Soliqlar va yig’imlarni turlari bo’yicha hisoblab chiqarish tartibi hamda to’lash muddatlari soliq kodeksi bilan belgilanadi. Soliq imtiyozlari. Soliq to’lovchilarning ayrim toifalariga boshqa soliq to’lovchilarga nisbatan soliq to’g’risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan afzalliklar, shu jumladan soliqni to’lamaslik yoki ularni kamroq miqdorda to’lash imkoniyati soliq imtiyozlari deb aytiladi. Soliq to’lovchiga soliqlarni to’lash bo’yicha muddatni kechiktirish (bo’lib-bo’lib to’lash) imkoniyati berilishi soliq imtiyozlari hisoblanmaydi va soliq imtiyozlari ushbu Kodeks bilan taqdim etiladi. Soliq munosabatlarining sub’ektlari. Soliq to’lovchilar, soliq agentlari va vakolatli organlar soliq munosabatlarining sub’ektlaridir. Soliq agentlari. Zimmasiga soliqlarni hisoblab chiqarish, soliq to’lovchidan ushlab qolish va byudjet tizimiga o’tkazish majburiyati yuklatilgan shaxslar soliq agentlari deb aytiladi. Soliq solish tamoyillari. Soliq solish tamoyillari soliq munosabatlarini amaliyotda tashkil etish, soliq solish, uni undirish amaliyotining mazmunini ochib beradi. Soliq solish tamoyillarini A.Smit o’zining “Xalqlar boyligining sabablari va tabiatlari” nomli kitobida (1776 y.) ilk bor asoslab bergan va unga ko’ra: -Davlat fuqarolari davlat xarajatlarini qoplashda o’zlari hukumat muhofazasida foydalanayotgan daromadlariga muvofiq tarzda qatnashishlari lozim. -Har bir odam to’laydigan soliq aniq belgilab qo’yilgan bo’lishi kerak bunda o’zboshimchalik ketmaydi. Soliq miqdori, to’lanadigan vaqti va tartibi uni to’lovchiga ham, boshqa har qanday odamga ham birday aniq va ma’lum bo’lishi zarur. -Har bir soliq to’lovchiga har jihatdan qulay bo’lgan vaqtda va tartibda undirilishi kerak. -Har bir soliq shunday tarzda o’rnatilishi kerakki, bunda soliq to’lovchining xamyonidan ketadigan pul davlat byudjetiga kelib tushadigan mablag’ga nisbatan ortiq bo’lishiga yo’l qo’yilmasin, deb ta’kidlab o’tilgan. Bugungi kunda soliq solish tizimining quyidagi tamoyillari mavjud: Download 116.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling