2.1. Yangi O‘zbekistonda ma’muriy islohotlarini amalga oshirish yo`llai
Davlatimiz rahbari Oliy Majlis va xalqimizga Murojaatnomasida mamlakatimizda katta ma’muriy islohotlar boshlanganini ma’lum qildi. Prezidentimizning shundan so‘ng imzolangan “Yangi O‘zbekiston ma’muriy islohotlarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoniga binoan, vazirlik va idoralar soni 61 tadan 28 tagacha kamaytirilishi, davlat xizmatchilari soni ham bosqichma-bosqich 30-35 foiz qisqartirilishi nazarda tutildi. Birinchi bosqichda vazirliklarni isloh qilish, hukumatning ish uslubini tubdan o‘zgartirish, davlat apparatidagi takrorlanish, keraksiz shtatlar, yuqori markazlashuvga barham berishga e’tibor qaratildi. Bu keyingi yillarda amalga oshirila boshlagan eng yirik institutsional o‘zgarish bo‘ldi. Har qanday jamiyat muayyan institutlar doirasida faoliyat yuritadi va rivojlana boradi. Mamlakatimizda mustaqillik davrida iqtisodiyotning yangi xo‘jalik yurituvchi subyektlari – yirik aksiyadorlik jamiyatlari, xolding kompaniyalar va xususiy mulkchilikning turli shakllari paydo etildi. Shu bilan birga, ular uchun faoliyat yuritish shartlarini belgilab beruvchi rasmiy qoidalar (konstitutsiya, qonunlar, farmonlar, qarorlar, ma’muriyhuquqiy hujjatlar) hamda milliy qadriyatlar, urfodatlar, mentalitet va boshqa norasmiy me’yorlarni o‘z ichiga oluvchi institutsional asoslar yaratildi. Bu jamiyatda mulkchilik, ishlab chiqarish, taqsimot va iste’mol munosabatlari takomillashuvi, moddiy, tabiiy va mehnat resurslaridan samarali foydalanishga kuchli ta’sir ko‘rsatdi.
Institutsional o‘zgarishlar muttasil takrorlanib, takomillashadigan dinamik jarayon. Birinchisi, yangi hayotiy zaruratlarning paydo bo‘lishidir. Masalan, yurtimizda yangi davlatchilik shakllanishi, bozor munosabatlariga o‘tish bilan qator yangi institutlarga ehtiyoj paydo bo‘ldi. Ikkinchisi, mavjud institutlarni takomillashtirish, ularning ixtisosligi va vazifalarini konkretlashtirishdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |