Soliqlar, ularning vazifalari va turlari


Download 273.71 Kb.
bet1/12
Sana31.03.2023
Hajmi273.71 Kb.
#1314232
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Abdusattorov Dilshod kurs ishi 2


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
SAMARQAND IQTISODIYOT VA SERVIS INSTITUTI
“IQTISODIYOT NAZARIYASI” KAFEDRASI
“MAKROIQTISODIYOT” FANIDAN

KURS ISHI

Mavzu: Soliqning mohiyati, vazifalari, to’liq soliq, funksiyasi va chegaraviy soliq stavkasi

Bajardi: Abdusattorov Dilshod


(talabaning ismi-sharifi, otasining ismi)
Iqtisodiyot fakulteti, 2-kurs 420-guruh
(fakultet,bakalavriat yo’nalishi, kursi, guruhi)

Ilmiy rahbar: Iskandarov B


(ismi-sharifi, ilmiy darajasi, lavozimi)


Reja:
1. Kirish.
Asosiy qism:
1. Soliqlar va ularning vazifalari, turlari tõg'risida
1.1 Soliq tushunchasi, uning mohiyati va ahamiyati
1.2 Soliqlarning funksiyalari, vazifalari va tamoyillari
2. Soliqlarning turlari va tasnifi
3. O’zbekistonda soliq tizimining hozirgi holati tahlili
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar


Kirish
Kurs ishi mavzusining dolzarbligi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida davlat o’zining ichki va tashqi vazifalarini, har xil ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun zarur bo’lgan mablag’larning asosiy qismini soliqlar orqali to’playdi. Jumladan, soliqlar respublika va mahalliy byudjetlar daromadlarini shakllantiradi, davlat ijtimoiy dasturlari uchun moliyaviy negiz yaratadi, soliq to’lovchi shaxslarning tadbirkorlik faoliyatini boshqaradi, ularning tabiiy resurslardan unumli foydalanishga bo’lgan intilishini rag’batlantiradi, narx belgilashga ta’sir ko’rsatadi, aholining turmush darajasini tartibga solib turadi, imtiyozlar yordamida esa aholining kam ta’minlangan qatlamlarini ijtimoiy himoya qilishni tashkil etishga yordam beradi. Soliqlarning iqtisodiy mohiyati davlat bilan huquqiy va jismoniy shaxslar o’rtasida vujudga keluvchi ob’ektiv majburiy to’lovlarga as oslangan moliyaviy munosabatlar orqali harakterlanadi. Bu moliyaviy munosabatlar maxsus ijtimoiy harakterga ega bo’lib, milliy daromadning bir qismi bo’lgan pul mablag’larini davlat ixtiyoriga safarbar qilishga xizmat qiladi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyev ta’kidlagnidek “Yangi soliq siyosati doirasida ish haqiga soliq yuki 1,5 barobar kamaytirildi. Natijada rasmiy sektorda ishlayotganlar soni yil davomida 500 mingtaga ko’paydi. Qo’shilgan qiymat solig’i stavkasi 20 foizdan 15 foizga tushirildi. Buning hisobidan o’tgan yili soliq to’lovchilar ixtiyorida 2 trillion so’m qoldi. Joriy yilda bu raqam 11 trillion so’mni tashkil etishi kutilmoqda. Bir yilda tadbirkorlar ixtiyorida shuncha mablag’ qolishi, albatta, ularga o’z bizneslarini rivojlantirish uchun juda katta qo’shimcha imkoniyatlar yaratadi”1.
Soliqlarning jamiyat hayotidagi rolini oshib borishi bilan davlat byudjeti daromad bazasini qay tarzda va darajada shakllanishiga bog’liqdir. Soliq bozor konyukturasini boshqarishga o’ziga xos vosita hisoblanadi. Soliq vositalari orqali iqtisodiy tarmoqlarini rivojlantirish va kerak bo’lsa ularni inqiroz holatiga tushib qolishiga sababchi bo’lishi mumkin. Shu bois moliyaviy resurslardan oqilona foydalanish va ularni to’g’ri yo’naltirish, samaradorligini oshirish, ijtimoiy – iqtisodiy taraqqiyotni ta’minlashda soliq munosabatlari muhim rol o’ynaydi. Soliq siyosatini oqilona yuritish nafaqat makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlashga, balki mukammal byudjet siyosatini yuritishga, aholi turmush darajasini yaxshilashga erishish mumkin bo’ladi. Shu nuqtai-nazardan mazkur bitiruv malakaviy ishi mavzusi dolzarbdir.

Download 273.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling