Soliqlar, ularning vazifalari va turlari
-rasm. Soliq stavkalarini belgilash me’zonlari19
Download 206.8 Kb.
|
Turopova 2
- Bu sahifa navigatsiya:
- O’zbekistonda soliq tizimining hozirgi holati tahlili
5-rasm. Soliq stavkalarini belgilash me’zonlari19
O’zbekiston Respublikasi soliq tizimida soliq stavkalarini tabaqalashtirishning quyidagi mezonlari mavjud (5-rasm): - Soliq to’lovchilarning joylashgan joyi (shahar, qishloq)ga ko’ra; - Soliq to’lovchilarning paydo bo’lishiga ko’ra (suv resurslardan foydalanganlik uchun soliq); - Qazib olinadigan foydali qazilmalar turlariga ko’ra (yer osti boy-n foy-k u-n soliq); - Daromad olinish manbaiga ko’ra (jismoniy shaxslar daromadiga soliq); - Soliq ob'ektining qayta baholanishiga ko’ra (jismoniy shaxslar mol-mulk solig’i); - Faoliyat turiga ko’ra (yagona soliq to’lovi va qat'iy soliq); - Yer uchastkalarining bonitetiga ko’ra (yer solig’i); - Soliq to’lovchining eksport salohiyatiga ko’ra (foyda solig’i va mol-mulk solig’i). Egri soliqlarning yana bir turi bo’lgan aksiz solig’i bo’yicha ham tabaqalashtirilgan soliq stavkalari qo’llanilgan bo’lib, bu soliq turidasoliq stavkalarini tabaqalashtirishdaboshqa soliqlardan farqli ravishda soliq stavkalari soliq to’lovchilarning ishlab chiqarish faoliyati sohalar yoki soliq to’lovchilarning joylanishiga qarab emas, balki aksiz solig’iga tortiladigan tovarlar ro’yxati bo’yicha tabaqalashtirilgan. Umumanolganda,soliq stavkalarini tabaqalashtirish soliq tizimining eng muhim asosiy muammolaridan biri bo’lib, o’ta nozik va katta ahamiyatga ega bo’lgan masala hisoblanadi, chunki unda davlat byudjeti va soliq to’lovchilarning manfaatlari aks etgan hisoblanadi. O’zbekistonda soliq tizimining hozirgi holati tahlili Respublikamizda asosan soliqlar budjet tizimi daromadlarini shakllantiradi. Davlat budjeti tizimi mamlakatning ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy va ma’naviy hayotini moliyaviy mablag’ bilan ta’minlaydi va buO’zbekiston Respublikasining budjet tizimida umumrespublika budjeti yetakchi bo’g’inidir. U umumdavlat resurslarining bir qismi bevosita davlat hokimiyatining ijro etuvchi va farmoyish beruvchi oliy organi-O’zbekiston Respublikasi hukumatida markazlashuvini ta’minlaydi. Markazlashgan resurslar umumdavlat ahamiyatiga molik bo’lgan, umuman olganda jamiyat manfaatlarini ifodalaydigan tadbirlarni (xalq xo’jaligi ahamiyatidagi qurilishlarni, eng muhim ijtimoiy tadbirlarni, mudofaa, boshqaruv, davlatning tashqi iqtisodiy aloqalari, davlatning moddiy va moliyaviy zaxiralarini) mablag’ bilan ta’minlashga ishlatiladi. Umumrespublika budjeti orqali milliy daromadni Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahriga taqsimlash va qayta taqsimlash jarayoniizga solib turiladi. Davlat umumrespublika budjetidan davlat budjetining bu bo’g’ini ijrosi yuzasidan respublikadagi hamma ishlarni muvofiqlashtirish uchun foydalanadi. Qoraqalpog’iston Respublikasining budjeti pul mablag’larini respublikaning tegishli davlat hokimiyati va boshqaruv organlari amalga oshiradigan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish tadbirlarini moliyalashtirish uchun markazlashtiradi. 1-jadval Download 206.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling