Soliqlar va soliqqa tortish” fakulteti “ Soliq ma’murchiligi asoslari ” fanidan O`quv-tadqiqot loyihasi mavzu


Download 62.5 Kb.
bet2/5
Sana19.11.2023
Hajmi62.5 Kb.
#1786931
1   2   3   4   5
Bog'liq
2 5375157137221628964

Asosiy qism.

  1. Oʻzbekiston Respublikasi Soliq idoralarida soliq hisobini avtomatlashtirilgan tizimi.

Soliq organlarida yaqin oʻtmishga qadar qogʻozda va baʼzida elektron shaklda taqdim etilgan hujjatlar va hisobotlarga tayangan davr OECD (Organization Economic Cooperation and Development) – Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti tomonidan “Tax Administration 2.0” deb nomlandi.
Hozirgi paytda esa “Tax Administration 3.0” – 3-soliq maʼmuriyatchiligi, yaʼni soliq maʼmuriyatchiligida raqamli texnologiyalardan keng foydalanish davri boshlandi.
Soliq idoralarida avtomatlashtirilgan tizim vazifasi - to‘langan soliqlar va yig‘imlar tushumi haqida ma’lumotlar statistikasini ishlab chiqilgan maxsus algoritmlar asosida olib borish va tegishli organlarga uzatish, tushumlar dinamikasini tahlil qilish, boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun tahliliy ma’lumotlarni berish, tahliliy ma’lumotlar asosida hisobotlar tayyorlash masalalarini yechishni ta’minlashdan iborat.
Maʼlumotlar tahlili, xususan biznes-tahlil soliq idoralariga huquqbuzar soliq toʻlovchilarni aniqlash va tegishli choralarni koʻrishga, soliq toʻlovchilarning xatti-harakatlaridagi tendensiyalar va qonuniyatlarni aniqlab, soliq nazorati boʻyicha mos strategiyalarni ishlab chiqishda yordam beradi.
Bulutli tizimlar soliq organlarining zarur maʼlumotlarga oson va xavfsiz kirishi va almashishini taʼminlab, toʻgʻri qarorlar qabul qilish imkonini beradi.
Soliq maʼmurchiligida avtomatlashtirilgan tizimni yoʻlga qoʻyish uchun keng koʻlamli ishlar amalga oshirildi.
Keng doiradagi ishlar samarasi natijasida yoʻlga qoʻyila boshlagan avtomatlashtirilgan tizim soliq organlarining texnik jihozlarini rivojlantirish uchun jiddiy katalizator boʻlib xizmat qila boshladi. Tizim sekin-astalik bilan oʻz natijasini bera boshladi. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi, soliq xizmati xodimlarining yukini kamaydi, soliq nazorati samaradorligini oshishiga va byudjetga soliq tushumlarini oshishga sabab boʻldi.
Oʻtgan soʻngi uch yil davomida bir nechta xizmat koʻrsatuvchi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari joriy etildi va joriy etilmoqda:
Elektron tizimlar;

  • Soliq majburiyatlarini bajarmaslik yoki toʻliq bajarmaslik xavfi darajasiga qarab soliq toʻlovchilarni segmentlash bilan soliq xavfini tahlil qilish;

  • Soliq toʻlovchining shaxsiy hisobvaragʻi orqali soliq hisoboti;

  • Soliq toʻlovchilarni roʻyxatga olish va ularning hisobvaraqlari;

  • QQS toʻlovchilarini roʻyxatga olishning maxsus tizimi;

  • Tovarlar va xizmatlarning identifikatsiya kodlari (MXIK),

Shuningdek

  • QQS soligʻi boʻyicha boʻshliq koyeffitsiyentlari toʻgʻrisida maʼlumot berish tizimi kiritilgan (e-elektron) elektron hisob-fakturalar;

  • QR kodlari asosida maxsus boshqaruv teglarini roʻyxatdan oʻtkazish va skanerlash tizimi;

  • Onlayn kassa apparatlari va onlayn terminallarning axborot tizimi;

  • E-ijara elektron xizmati (ijara.soliq.uz ), koʻchmas mulkni ijaraga berish

  • Shartnomalarini hisobga olish uchun moʻljallangan;

  • Asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar va inventarizatsiya resurslarini hisobga olishning elektron Aktiv axborot tizimi (e-ombor, virtual ombor), tahlil, onlayn hisobga olish va tushumlar va tovarlar balansini kuzatish.

Soliq tizimini avtomatlashtirish amaliyoti boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi soliq maʼmuriyatchiligida erishilgan yutuqlarga yana toʻxtaladigan boʻlsak, soʻngi 3 yillikda 50 ga interaktiv soliq xizmatlari yoʻlga qoʻyilgani va 41 ta avtomatlashtirilgan axborot tizimlari amaliyotga muvaffaqiyatli joriy etilgani, mana shunday qisqa bir davrda erishilgan juda katta yutuq. Bu avtomatlashtirilgan axborot tizimlarga quyidagilarni misol qilish mumkin:




  • Avtokameral dasturi

  • Tahlika-tahlil dasturi

  • EHF dasturi

  • Onlayn NKM

  • E-ijara

  • E-qaror

  • SIAIJ

  • Cashback

  • Soliq mobil ilovasi

  • MXIK

  • Raqamli markirovkalash

  • E-imtiyoz

  • E-aktiv

  • K-SAVDO

  • Ishonchli hamkor

Soliq to‘lovchilarga soliq majburiyatlarini bajarishda ko‘mak beruvchi “Soliq-servis” DUK tashkil etildi
Ushbu axborot tizimlari yoʻlga qoʻyila boshlashi bilan oʼtgan yil davomida soliq organlari tomonidan rasmiy veb saytining yangi talqini, elektron hisobvaraq-fakturalar, onlayn nazorat kassa mashinalari, tadbirkorlik subʼektlarning soliqqa oid huquqbuzarliklari toʼgʼrisida xabardor qilish imkonini beruvchi veb-portal va soliq toʼlovchilar uchun bir qator elektron davlat xizmatlari yoʼlga qoʼyildi. Аyni paytda maʼlumotlarni qayta ishlash markazini modernizatsiyalash, tarmoq tezligini oshirish, kompyuter va printerlar parkini yangilash, tizimli dasturiy taʼminotlarni kengaytirish, soliq toʼlovchilar uchun qulay boʼlgan xizmatlar sonini koʼpaytirish va ularni mobil versiyaga oʼtkazish, zamonaviy biznes tahlil BI – Business Intellegence tizimidan foydalanishni yoʼlga qoʼyish loyihalarini amalga oshirmoqda

Soliq hisobotlarini avtomatlashtirish natijasida hisobotlarni ixtiyoriy taqdim etish koʻrsatkichi 2022-yilda 99 foizga va soliqlarni ixtiyoriy toʻlab berish darajasi 96 foizga yetkazildi. 2022-yilda rasmiylashtirilgan elektron hisobvaraq-fakturalar soni 38,1 mln tani tashkil etib, oʻtgan yilga nisbatan 13 %ga koʻpaydi. Ularda aks ettirilgan tovar aylanmasi 1 402,7 trln soʻm boʻlib, oʻtgan yilga nisbatan 22 % ga ortgan, QQS summasi 134,2 trln soʻmni yoki oʻtgan yilga nisbatan 19 %ga oshdi. Onlayn nazorat kassa mashinalaridan foydalanuvchilar soni 145 332 taga yetib, oʻtgan yilga nisbatan 24 983 taga ortdi. Ular foydalanayotgan ONKT soni 246 267 ni tashkil etib, oʻtgan davrga nisbatan 9%ga koʻpaydi, ularda aks ettirilgan cheklar soni esa 720,8 mlntaga yetib, oʻtgan yilga nisbatan 88% ga oshdi. 2022-yilda “E-ijara” interaktiv xizmatida ijaraga beruvchilar soni 186 219 tani, roʻyxatga olingan shartnomalar soni 325 513 tani tashkil etdi. “Soliq” mobil ilovasidan foydalanuvchilar soni 1,8 mln taga yetdi. 2022-yilda QQS zanjiri uzilishi koeffitsenti 0,18 ni tashkil etib, oʻtgan yilgi koʻrsatkichga (0,37) nisbatan 0,19 punktga pasaydi. Xususan, 52 595 ta korxonada yil boshiga nisbatan soliq uzilishi koeffitsenti yaxshilandi. Shuningdek, yuqori soliq uzilish koeffitsentiga ega boʻlgan 10 376 ta subyektlarning 2,4 trln soʻmlik QQSʼdan ortiqcha toʻlovlari davlat byudjetidan asossiz qaytarib berilishining oldi olindi.


Keltirilgan bu raqamlar soliq sohasida raqamli texnologiyalardan foydalanishda ancha yuqori natijalarga erishildi va raqamli soliq maʼmuriyatchiligi rivojlanib boryapganini koʻrish mumkin. Soliq maʼmuriyatchiligining raqamlashtirilishi byudjetga soliq tushumlarining oʻz vaqtida va toʻliq kelib tushishini taʼminlash, soliqlarni undirilishida korrupsion holatlarning oldini olish va soliqlarni undirilishi bilan bogʻliq maʼmuriy xarajatlarning katta qismini tejash imkonini beradi, demak amalga oshirilayotgan bu faol ishlar tez orada byudjet tushumlarining oshishi va byudjetning maʼmuriy xarajatlari kamayishida yaqqol namoyon boʻladi.



  1. Download 62.5 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling