Soliqlar va soliqqa tortish” fakulteti “ Soliq ma’murchiligi asoslari ” fanidan O`quv-tadqiqot loyihasi mavzu
Download 62.5 Kb.
|
2 5375157137221628964
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tekshirdi: Toshkent 2023 Reja
DAVLAT SOLIQ QO`MITASI HUZURIDAGI FISKAL INSTITUTI “SOLIQLAR VA SOLIQQA TORTISH” fakulteti “ Soliq ma’murchiligi asoslari ” fanidan O`QUV-TADQIQOT LOYIHASI Mavzu: “ Soliq idoralarida soliq hisobini avtomatlashtirilgan tizimda yuritishdagi muammolar va ularni bartaraf etish ” SST 02/21 - guruh talabalari Nodirbek Tangriyev Ostonayev Toʻlqin Geldiyev Murod Axrorov Abror Maraimova Odina Xudayarova Bonu Tekshirdi: Toshkent 2023 Reja: Kirish Asosiy qism Oʻzbekiston Respublikasi Soliq idoralarida soliq hisobini avtomatlashtirilgan tizimi. Avtomatlashtirilgan tizimda yuzaga kelayotgan muammolar. Avtomatlashtirilgan tizimdagi muammolarni xorijiy davlatlar tajribasini oʻrgangan holda bartaraf etish choralari. Avtomatlashtirilgan tizimdagi muammolar bartaraf etilgandan keyingi afzalliklar. Foydalanilgan adabiyotlar Xulosa. Kirish. Mamlakatimizda bugungi kungacha olib borilgan islohotlar barcha sohalarni qamrab olib, sohalarning rivojlanishib borishiga sabab bo‘lmoqda. Ayniqsa, bir qancha sohalarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining qo’llanilishi va ulardan samarali foydalanish davlat siyosatining asosiy ustuvor yo‘nalishiga aylandi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 29-iyundagi "O‘zbekiston respublikasining soliq siyosatini takomillashtirish konsepsiyasi to‘g‘risida"gi PF-5468-sonli farmonida ham soliq tizimida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qoʻllash haqida bir qancha ustuvor vazifalar belgilab olingan: davlat organlari va tashkilotlari o‘rtasida axborot almashish mexanizmlarining, elektron soliq ma’muriyatchiligi hamda soliq nazoratini amalga oshirish shakl va uslublarining takomillashmaganligi; soliq nazoratining shakl va mexanizmlarini, shu jumladan soliq solish obyektlari hamda soliq to‘lovchilarni yanada to‘liq qamrab olish va hisobini ta’minlaydigan zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish hisobiga takomillashtirish, transfer narxlarni shakllantirish bilan bog‘liq operatsiyalarga soliq solish tartibini joriy etish; ma’lumotlar bazalari soliq organlarining Yagona integratsiyalashtirilgan axborotresurs bazasiga integratsiya qilinadigan davlat organlari va tashkilotlarining ro‘yxatini tasdiqlash; Mamlakat byudjet tizimini soliq toʻlovlari bilan toʻldirishning barqarorligi, soliq huquqbuzarliklarini aniqlash va oldini olishning oʻz vaqtida amalga oshirilishi va soliq toʻlovchilarga oʻz konstitutsiyaviy vazifalarini bajarishda qulay shart-sharoitlarni taʼminlash qanchalik yuqori ekanligiga bogʻliq. Hozirgi bosqichda soliq organlarining asosiy vazifasi soliq toʻlovchilar bilan bevosita oʻzaro munosabatlarni deyarli toʻliq chiqarib tashlash va barcha operatsiyalarni elektron formatga oʻtkazishdir. Avtomatlashtirilgan tizim samarasi o‘laroq bugungi kunda soliq to‘lovchilar va davlat soliq xizmati organlari o‘rtasidagi asosiy muloqot virtual platformaga ko‘chib ulgurmoqda. Bu esa soliq ma’muriyatchiligi jarayoniga zamonaviy avtomatlashtirilgan tizim texnologiyalari va ilg‘or avtomatlashtirilgan tahlil uslublarini keng joriy etish - soliq to‘lovchilarga soliq majburiyatlarini bajarishda har tomonlama ko‘maklashish, soliqqa oid huquqbuzarliklar profilaktikasining ta’sirchan mexanizmlarini ishlab chiqish va soliq nazoratini amalga oshirishning zamonaviy uslublarini joriy qilishni, asosiysi, iqtisodiyotda xufiyona faoliyatni qisqartirish, shaffoflik darajasini oshirishga xizmat qilmoqda. Soliq idoralarida axborot tizimlari va texnologiyalarini joriy etishning maqsad va vazifalari soliq xizmati organlari bajaradigan funksiyalar, vazifalar, bir xildagi operatsiyalarni yangi dasturlar bilan imkoni boricha kengroq qamrab olishni ta’minlashdir, zero bu dasturlar soliq ma’lumotlariga ishlov berish jarayonini jadallashtirish, soliq organi xodimlari ishining samaradorligini oshirish, ularning ishidagi bir tusdagi hisob-kitob va oxiri yo‘q yozuvlar bilan ishlash yukini kompyuter statistikasining zamonaviy vositalaridan foydalangan holda ijodiy tahlil qilish sohasiga chiqish imkonini beradi. Soliq hisobini avtomatlashtirish nafaqat soliqqa tortishning yangi obʼektlarning paydo bo‘lishini nazarda tutadi, balki soliq maʼmuriyatchiligida soliq to‘lovchilar bilan o‘zaro hamkorlik jarayonlarini soddalashtirish nuqtai nazaridan qo‘shimcha imkoniyatlar yaratadi. Avtomatlashtirilgan tizim toʻliq yoʻlga qoʻyilganda soliq maʼmurchiligi faoliyatini o‘zgartirib, jarayon samaradorligi va xizmatlar ko‘rsatishni yaxshilashga yordam beradi. Bu yo’nalishda katta ishlar amalga oshirildi va oshirilmoqda. Xususan, so’nggi uch yilda soliq nazorati bo’yicha axborot-kommunikatsiya texnologiyalari joriy etilmoqda Elektron tizimlar soliq to’lovchilar tomonidan soliq majburiyatlarini bajarmaslik yoki to’liq bajarmaslik xavfi darajasiga qarab ularni segmentlash bilan soliq xavfi tahlili soliq to’lovchining shaxsiy kabineti orqali soliq hisoboti, soliq to’lovchilar va ularning hisobvaraqlarini ro’yxatdan o’tkazish; QQS to’lovchilarni ro’yxatdan o’tkazishning maxsus tizimi, Tovarlar va xizmatlarning identifikatsiya kodlarini joriy etish bilan elektron hisobvaraq-fakturalar, shuningdek QQS bo’yicha soliq uzilishi koeffitsiyenti to’g’risida ma’lumot berish tizimi; QR-kodlari asosida maxsus nazorat belgilarini ro’yxatdan o’tkazish va skanerlash tizimi Onlayn-kassa apparatlari va onlayn-terminallarning axborot tizimi; Ko’chmas mulk ijara shartnomalarini hisobga qoʻyishga mo’ljallangan E- ljara (jara soliq uz) elektron servisi, asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar va tovar-moddiy resurslarni hisobga olish, tovarlarning kelib tushishi va qoldig’I tahlili, onlayn-hisobi va kuzatib borishni yuritish uchun “E-aktiv” (E-ombor, virtual ombor) axborot tizimi. Download 62.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling