Soliqlar va soliqqa tortish” kafedrasi “ ” fanidan mustaqil ishi mavzu: Bajardi


Download 69.28 Kb.
bet1/5
Sana05.04.2023
Hajmi69.28 Kb.
#1274939
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Byudjet ssudalari


O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI

TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI

SOLIQLAR VA SOLIQQA TORTISH” kafedrasi

_______________________________________” FANIDAN


MUSTAQIL ISHI
Mavzu: ________________________________________________


Bajardi: __-kurs BHA-_____ guruh talabasi
________________________
Ilmiy rahbar: prof__________________


TOSHKENT-2022
MUNDARIJA
Kirish …………………………………………………………………………… 3

  1. Ssuda berish shartlari …………………………………………..… 5

  2. Ssudani berish tartibi ………………………….…………….……. 7

  3. Ssudani qaytarish shartlari………………………………………… 10

Xulosa ………………………………………………………………................... 11


Foydalanilgan adabiyotlar ………………………………………………………. 13

KIRISH
Ssuda - (𝚛𝚞𝚜) — moddiy boyliklar garovi hisobiga foiz toʻlash va qaytarib berish sharti bilan muayyan muddatga qarzga beriladigan pul yoki moddiy boylik. Ssuda juda qadimdan mavjud boʻlib, natural ishlab chiqarish. hukmron boʻlgan jamiyatda, asosan, moddiy mahsulot tarzida berilgan. Pul paydo boʻlgach, Ssudaning pul shakli keng qoʻllanildi. Kredit munosabatlarida pul mablagʻlari kredit shartlari asosida qarzga berilsa, Ssuda munosabatlarida boshqa turdagi boyliklar tegishli shartlarga muvofiq qarzga beriladi. Aksariyat banklar muayyan maqsadlarni moliyalash uchun maqsadli Ssuda beradi. Qiska (1 yilgacha) va uzok, (bir necha yilga) muddatli Slar bor. Ssuda muddatida qaytarilmasa bank garov mulkni musodara qilishi va uni sotib, S. boʻyicha uzilmagan qarzni qoplaydi. Qimmatli qogʻozlarni ham garovga qoʻyib, ular evaziga Ssuda olish mumkin. Qarz toʻlangach, qogʻozlar qaytarib beriladi. Ssuda munosabatlari Oʻzbekiston Respublikasi Fuqaro lik kodeksi bilan tartibga solinadi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar budjetlari, tumanlar va shaharlar budjetlariga budjet ssudalarini berish va olingan budjet ssudalarini qaytarish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlanadi.
Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasiga ko‘ra, ssudalar shaklidagi budjetlararo transfert (budjet ssudasi) budjet manbalarining to‘liq safarbar qilinishi tegishli budjetlarda nazarda tutilgan xarajatlar qoplanishini ta'minlanmagan taqdirda, qaytarish sharti bilan va foizsiz beriladi.
Ssudalar:
a) O‘zbekiston Respublikasining respublika budjeti mablag‘lari hisobidan — Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika budjetiga, viloyatlarning viloyat budjetlariga, Toshkent shahrining shahar budjetiga, davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlariga;
b) Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika budjeti, viloyatlarning viloyat budjetlari, Toshkent shahrining shahar budjeti mablag‘lari hisobidan — tumanlar va shaharlar budjetlariga ularning daromadlari hamda xarajatlari o‘rtasidagi rejali yoki kutilayotgan vaqtinchalik kassa uzilishini qoplash uchun beriladi.
Ssudalar quyidagi muddatlarga beriladi:
a) prognoz qilingan daromadlar va rejalashtirilgan xarajatlar o‘rtasidagi rejali vaqtinchalik kassa uzilishini qoplash uchun — to‘qqiz oygacha bo‘lgan muddatga;
b) daromadlar tushumlari va xarajatlarni amalga oshirish o‘rtasida kutilayotgan vaqtinchalik kassa uzilishlarini qoplash uchun — olti oygacha bo‘lgan muddatga beriladi.
Rejali ssuda daromadlarning prognoz qilingan tushumlari, nazarda tutilgan subvensiya, o‘tkazib beriladigan daromadlarning summasi maqsadli ijtimoiy transfertlar, aylanma kassa mablag‘laridan va yil boshidagi erkin qoldiqlardan vaqtinchalik mablag‘ jalb qilish, dotatsiya tasdiqlangan tegishli budjetlarda nazarda tutilgan ayrim choraklardagi xarajatlar qoplanishini ta'minlanmagan hollarda beriladi.



  1. Download 69.28 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling