Soliqlar va soliqqa tortish” kafedrasi “ ” fanidan mustaqil ishi mavzu: Bajardi


Download 69.28 Kb.
bet4/5
Sana05.04.2023
Hajmi69.28 Kb.
#1274939
1   2   3   4   5
Bog'liq
Byudjet ssudalari

Ssudani qaytarish shartlari

Ssudani qaytarish muddatlarini uzaytirish ssudani oluvchida uni belgilangan muddatlarda o‘z vaqtida qaytarish imkoniyatini istisno etadigan moliyaviy qiyinchiliklar yuzaga kelgan hollarda amalga oshiriladi.
Ssudani qaytarish muddatlarini uzaytirish ssudani berish uchun ushbu moddada belgilangan tartibda va shartlar asosida amalga oshiriladi.
Ssudani oluvchi tegishli moliya organiga ssudani qaytarish muddatlarini uzaytirish to‘g‘risidagi yozma so‘rov bilan qaytarish muddati tugashidan kamida besh ish kuni oldin murojaat etadi.
Ssudalarni qaytarish muddatlarini uzaytirish Nizomda ssuda berish uchun belgilangan tartibda va shartlarda rasmiylashtiriladi. Bunda ssuda berish to‘g‘risidagi shartnomaga qonunchilikda belgilangan tartibda tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritiladi.
Keyingi moliya yiliga ssudalarni qaytarish muddatlarini uzaytirishda, qaytarish muddatlari uzaytirilgan ssudalardan foydalanish uchun to‘lov belgilanishi mumkin. To‘lov hajmi (foiz stavkasi) ssuda beruvchi moliya organi rahbari tomonidan belgilanadi.
Viloyatlar va Toshkent shahar, tuman va shaharlar hokimlari hokimlari va moliya organlari rahbarlari, hamda davlat maqsadli jamg‘armalarini taqsimlovchi organ rahbarlari ssuda berish to‘g‘risidagi so‘rovga taqdim etilayotgan hisob-kitoblarning to‘g‘riligi, xolisligi, va uning maqsadli ishlatilishi hamda o‘z vaqtida qaytarilishiga shaxsan javobgardirlar.
Ssudalardan maqsadli foydalanish ustidan nazorat O‘zbekiston Respublikasi Davlat moliyaviy nazorati departamenti va uning hududiy boshqarmalari tomonidan amalga oshiriladi.


XULOSA
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligi, Toshkent shahri va viloyatlarning moliya boshqarmasidan ssuda berish to‘g‘risidagi so‘rovni olgandan so‘ng O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Hududlar moliyasi bosh boshqarmasi Davlat budjeti bosh boshqarmasi bilan birgalikda hisob-kitoblarni, shuningdek ssuda berish uchun asoslarni ko‘rib chiqadi va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi rahbariyatiga ssuda berish yoki rad etish to‘g‘risidagi aniq takliflar bilan yozma xulosa kiritadi. Xuddi shunday tartibda quyi moliya organlaridan yuqori turuvchi moliya organlariga taqdim etilgan ssuda berish to‘g‘risidagi so‘rovlar yuqori turuvchi moliya organlarining budjet bo‘limlari tomonidan ko‘rib chiqiladi hamda tegishli moliya organi rahbariyatiga yozma xulosa kiritadi.
Ijobiy xulosada berilishi taklif etilayotgan ssuda hajmi, uning maqsadli yo‘naltirilganligi va uni to‘lash muddatlari ko‘rsatiladi.
Salbiy xulosada ssuda berilishi mumkin emasligi to‘g‘risida aniq sabablar va asoslar ko‘rsatiladi.
Yozma ijobiy xulosa asosida O‘zbekiston Respublikasi moliya vaziri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi moliya vaziri, viloyatlar va Toshkent shahri moliya bosh boshqarmalari boshlig‘i, shaharlar, tumanlar moliya bo‘limlari mudirlari ssuda bo‘yicha qaror qabul qiladilar.
Budjet ssudasini berish uchun asos va hisob-kitoblarni ko‘rib chiqish, shuningdek budjet ssudasini berish yoki rad etish to‘g‘risidagi qaror qabul qilish so‘rov kelib tushgan kundan boshlab o‘n kun muddatda amalga oshiriladi.
Xulosa asosida moliya organi rahbarining ssuda berish to‘g‘risidagi qarori bilan ssuda oluvchi moliya organi va ssuda beruvchi moliya organi o‘rtasida ssuda berish to‘g‘risidagi shartnoma rasmiylashtiriladi.
Ssuda berish rad etilganda so‘rov taqdim etuvchi yozma ravishda rad etishning aniq sabab va asoslarini ko‘rsatgan holda tegishli moliya organi tomonidan xabar beriladi.
Ssuda tegishli budjetdan ssuda berish to‘g‘risidagi shartnomada belgilangan muddatda mablag‘larni to‘lov topshiriqnomasi orqali ko‘chirish yo‘li bilan beriladi.



Download 69.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling